Оrganizmlarning asоsiy yashash muhitlari


Suv muhitining asosiy xususiyatlari



Download 67,15 Kb.
bet13/20
Sana11.05.2022
Hajmi67,15 Kb.
#602208
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
ekologik barqarorlik oraliq javoblari

Suv muhitining asosiy xususiyatlari.. Bu suvdagi organizmlarning harakatlanishini bеlgilovchi omillardan hisoblanadi. Ma'lumki har xil chuqurlikda , suv bosimi ?ar xil bўladi. Distillangan suvning zichligi — 4°S da 1 gG`sm3 ga tеng bўladi. Suv tarkibida erigan tuzlar bўlsa, uning zichligi 1,35 gG`sm3 gacha еtadi. ?ar xil chuqurlikda joylashgan turlar yuz atmosfеra bosimiga ?adar bardosh bеradilar. Masalan, chuvalchang (Priapubus Candatus ) suv xavzalari ?ir?ogida, chuqurlarda, ya'ni ultraabissal ?atlamlarda tar?algan. Chuchuk suvlarda yashaydigan tufеlkalar (100 atm.) bosimiga bardosh bеradi.Dеngiz va okеanlarda yashaydigan kўpchilik organizmlar nisbatan stеnobiont (tor) doiraga ega bўladilar va ayrim individlar fa?at chuqur ?atlamlarda yashashga moslashganlar.Masalan, kўpchilik bali?lar, molluskalar, ?is?ichba?alar va dеngiz yulduzlari shular jumlasidandir. Ular suvning eng chuqur joylarida ?ayot kеchiradilar. U еrda bosim 4 .10 7 ( PaG`(400—500 atm) dan past bўlmaydi.Suv zichligi unga tayanish imkoniyatini bеradi, bu ayni?sa skеlеtsiz organizmlar uchun ni?oyatda katta a?amiyatga ega. Suvda suzib yuruvchi organizmlardan biri planktonlardir. Planktonlar bir ?ujayrali suv ўtlari, mеduzalar, molluskalar, ?ar xil mayda ?is?ichba?alar, uvildiri? va mayda bali?lardan iborat. Plankton organizmlar moslashishi ji?atidan umumiy ўxshash xususiyatlarga egadirlar. Bunday moslashishlarga ?uyidagilar kiradi: 1.Umumiy gavdasini shishirib kеngaytirishi ?isobiga chўkishdan sa?lanadi, ?ar xil ўsimtalarining ?osil bўlishi; uning suv bilan ish?alanishini oshiradi; 2.Skеlеtning rеduktsiyalanishi (tanada yo?, gaz pufakchalari yi?ilishi ?isobiga va bosh?alar) ?isobiga zichligini kamaytiradi.Bir ?ujayrali suvo’tlarida za?ira moddalar o?ir kraxmal ?olda emas, balki yo? tomchilari shaklida ?osil bўladi. ?avo sa?lovchi kamеralar mеduzalarning ayrim turla- rida, mallyuskalarda bўladi. Plankton organizmlar o?imga ?arshi ?arakat ?ila olmaydilar, shuning uchun ?am ularni suv o?imi uzo? masofalarga olib kеtadi. Kўpchilik zooplanktonlar vеrtikal ?arakat ?ilish ?obiliyatiga ega. Ular fa?at bir nеcha 10 mеtrga va ayrim ?ollarda 100 mеtrgacha ?arakat ?ilishlari mumkin. Suv yuzasida, ya'ni ?avo mu?iti bilan chеgaradosh mu?itlarda yashaydigan planktonning ayrim xillari nеyston dеb ataluvchi ekologik guru?larni tashkil etadi. Bu guru?larga tеz suzadigan va suv o?imiga ?arshi suza oladigan ?ayvonlar kiradi. Masalan, bali?lar va dеlfinlar ana shu guru? vakillaridir. Ularning tana tuzilishi silli? va muskullari yaxshi rivojlangan bўladi.Suvning kislorod rеjimi. Kislorod bilan tўyingan suv tarkibida kislorod mi?dori bir litrda 10 mln. ni tashkil etadi. Bu kўrsatkich atmosfеradagi kisloroddan 21 marta kam dеmakdir. Shuning uchun ?am gidrobiontlarning nafas olish jarayoni juda murakkabdir.Suvga kislorod, asosan, suvo’tlari va ?avodan diffuziyalanib ўtadi. Shuning uchun ?am suvning ustki ?ismi ostkisiga nisbatan kislorodga boy bўladi. Suv tarkibida tuz mi?dori ortishi bilan uning ?arorati kўtariladi, kislorod mi?dori esa kamayadi. Agar suv tarkibida baktеriya va mikroorganizmlar mi?dori kўp bўlsa, kislorod kўpro? ўzlashtiriladi,suvda uning mi?dori kamayib kеtadi. Masalan, dunyo okеanlarida 50—1000 mеtr chuqurlikda ?ayot kеchiruvchi ?ayvononlar va baktеriyalarning kўp tar?alganligi, shuningdеk,?ayvonning ?ayotiy faoliyatlari tufayli kўplab kislorod ўzlashtirilishi natijasida bu ?atlamda aeratsiya jarayonlari juda yomon kеchadi. Bu yu?ori ?atlamlardagiga nisbatan 10 marta past bўladi, chunki yu?ori ?atlamlarda foto-planktonlar kўp uchraydi va ular bu ?atlamni kislorod bilan doimiy ravishda boyitib turadilar. Suv ?avzalari tubidagi mu?it sharoitlari anoerobga ya?in bўladi.Suv mu?itida yashaydigan kўpgina turlar kislorod mi?dorining ўzgarib turishiga bardosh bеra oladilar. Shunday indivilar mavjudki, ular kislorodsiz suvda ?am ?ayot kеchirish imkoniyatiga egadirlar (evrioksibiont). Bularga molluskalarning ayrim vakillarini va bali?lardan zo?ora bali? (sazan)ni misol ?ilib kеltirish mumkin.Gidrobiontlarning nafas olish jarayoni tanasi or?ali yoki nafas olish organlari — jabralari, ўpkasi va traxеyasi or?ali amalga oshadi.Suvda yashaydigan organizmlarning ba'zi vakillari ?avoda va suvda ?am nafas olish imkoniyatiga egadirlar. Ikki tomonlama nafas oladigan bali?lar, molluskalarning ayrim vakillari va ?is?ichba?asimonlar shular jumlasidandir. Suvda kislorod еtishmasa bu turdagi organizmlarga katta ta'sir kўrsatadi, ya'ni gidrobiontlarning kўpchiligi ?alok bўladi.

Insoniyat tarixida ekologik inqirozlar ko’plab kuzatilgan. Ularning natijasida millionlab gektar yerlar cho’lga aylangan, minglab o’simlik va hayvon turlari qirilib ketgan, o’rmonlarning maydoni qisqargan, gullab yashnagan tsivilizatsiyalar inqirozga yuz tutgan. Atrof muhitdagi katta ko’lamidagi salbiy ekologik o’zgarishlar XVII asrdan boshlangan va XX asrning boshlariga kelib yer yuzidagi ekologik sistemalarning 20% buzilgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib qisman va to’la buzilgan ekosistemalar hissasi 63% dan oshdi. 1960-yillar oxirida rivojlangan g’arb mamlakatlarda atrof muhitning ifloslanishiga qarshi kuchli jamoatchilik harakati vujudga kelgan, dastlabki ekologik qonunlar qabul qilingan, mingga yaqin ekologiya va rivojlanish masalalari bilan shug’ullanadigan tashkilotlar tuzildi. 1968 yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes vakillari «Rim klubi» deb nomlangan nodavlat tashkilotini tuzishdi. Klub a’zolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va inqirozdan chiqish yo’llarini o’rganishni asosiy maqsad deb belgiladilar. 1972 yil 13 martda «Rim klubi» uchun tayyorlangan «O’sish chegaralari» ma’ruzasi e’lon qilindi. Ma’ruzada sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat qilish bo’yicha global model tahlil qilingan. Modelda sayyorada o’sishni va uning chegarasini belgilaydigan besh asosiy omil: aholi soni, qishloq ho’jalik ishlab chiqarishi, tabiiy resurslar, sanoat ishlab chiqarishi va atrof muhitning ifloslanishi asos qilib olingan. Ma’ruzada aholi sonining ortishi sur’atlari va iste’mol modeli o’zgarmasa XXI asrning 30-yillariga kelib chuqur ekologik inqirozlar bashorat qilingan. «Rim klubi»ning e’lon qilingan keyingi global modellarida(1974; 1990; 1992) yangi sharoitlar hisobga olingan, o’sish istiqbollariga, ekologik xalokat xavfiga qarashlar o’zgargan.1972 yil 5 iyunda Stokgolьmda Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning Atrof muhit bo’yicha birinchi Umumjahon Konferentsiyasi o’tkazildi. Unda 113 davlat vakillari qatnashdilar. Konferentsiyada ekologik yo’naltirilgan sotsial-iqtisodiy rivojlanish g’oyasi oldinga surilgan bo’lib, unga muvofiq aholi turmush darajasining ortishi yashash muhitining yomonlashishi va tabiiy sistemalarning buzilishiga yo’l qo’ymasligi lozim. Ekologik rivojlanish davlatlar o’rtasidagi munosabatlar va iqtisodiyotdagi chuqur o’zgarishlar, resurslarni taqsimlash va foydalanish strategiyasida, dunyoning rivojlanishida tub burilishni ko’zda tutadi. Ekologik rivojlanishning asosiy talablari Konferentsiyada qabul qilingan 26 printsipdan iborat «Stokgolьm deklaratsiyasi»da keltirilgan. Bu printsiplardan birida « Har bir inson qulay atrof muhitda yashash huquqiga ega, uning sifati esa insonlarni munosib hayot kechirishga va taraqqiyotga erishadigan darajada bo’lishi kerak» deb ta’kidlanadi. qabul qilingan «Tadbirlar rejasi» 109 banddan iborat bo’lib, unda alohida davlatlar va halqaro hamjamiyat o’rtasida atrof-muhitni muhofaza qilishning tashkiliy, siyosiy va iqtisodiy masalalari yoritilgan. Halqaro tashkilotlar faoliyatini oshirishga alohida e’tibor ko’rsatilgan. Konferentsiya qarori bilan uning ochilish kuni- 5 iyun Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni deb belgilandi. Konferentsiyadan so’ng, belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun BMTning Bosh assambleyasi atrof muhit bo’yicha mahsus dasturi-YuNEP(UNEP)ni tuzdi. YuNEP birinchi navbatda eng dolzarb muammolar- cho’llashish, tuproqlar degradatsiyasi, chuchuk suv zaxiralarining kamayishi, okeanlarning ifloslanishi, o’rmonlarning kesilishi, qimmatli hayvon va o’simlik turlarining yo’qolishi muammolari bo’yicha takliflar ishlab chiqishi kerak edi. Butunjahon atrof-muhit jamg’armasi tashkil etildi. Jamg’arma BMTga a’zo davlatlarning badali hisobiga rivojlanayotgan mamlakatlardagi turli ekologik muammolarni hal qilish bo’yicha loyihalarni moliyalashtirishi belgilandi.
Stokgolьm Konferentsiyasidan keyin jahon hamjamiyati ekologik yo’naltirilgan taraqqiyotga erishish bo’yicha dastlabki qadamlarni tashladi. 1975 yili aholi soni 4 milliard, 1987 yili 5 milliarddan oshdi. Dunyoning turli chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi. Orol dengizining qurishi, SHimoliy Afrika mamlakatlaridagi qurg’oqchilik, CHernobil AES halokati, okeanlarning neftь mahsulotlari bilan ifloslanishi, «ozon tuynuklari» muammolari chegara bilmasligi, regional va global oqibatlari bilan namoyon bo’ldi.
1983 yili BMT Bosh Kotibining tashabbusi bilan Atrof-muhit va rivojlanish bo’yicha xalqaro komissiyasi tuzildi. Norvegiya bosh vaziri G.X. Bruntland boshchiligidagi komissiya 1987 yili «Bizning umumiy kelajagimiz» deb nomlangan ma’ruzani e’lon qildi. Ushbu hujjatda yirik ekologik muammolarni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolardan ajralgan holda hal qilib bo’lmasligi bayon qilindi. Komissiya atrof muhit uchun havfsiz bo’lgan iqtisodiy-ekologik rivojlanish davriga o’tish zarurligini yoqlab chiqdi. Ma’ruzada ilk bor jamiyatning barqaror rivojlanish yo’liga o’tishi zarurati rad qilib bo’lmaydigan hulosalar asosida isbotlab berildi. Barqaror rivojlanish deganda hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlanish mazmun bo’yicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda ham yaqindir.


Download 67,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish