Qalqonsimonbez. Bu bez hiqildoq bilan kekirdakning ikki tomonida joylashgan. Uning
chap va о‗ng bо‗lagi va shu bо‗laklar orasidagi bо‗yincha qismi tafovut qilinadi. Bu bez qon
tomirlarga boy, juda kо‗p simpatik va parasimpatik nerv tolalariga ega, 7-8 yashar bolalarda bez
og‘irligi 6,5 g, 11-15 yashar bolalarda 13,2 gkeladi. Qalqonsimon bezda tiroksin degan gormon
ishlanib chiqadi. Gormon chiqishi bola tutilgan zahotiyoq boshlanadi. Bu bez organizmda
moddalar almashinuvi boshqarib boradi, markaziy nerv sistemasi qо‗zg‗oluvchanligini
boshqarib turadi. Simpatik nervsistema qо‗zgoluvchanligini ortiradi, gipofiz faoliyatiga ta‘sir
Qalqonsimon bez gormoni – tiroksin tarkibida 65,3 foizgacha yod bо‗ladi. Katta odam
organizmida 25 mg yоd bо‗ladi, shundan 15 mg qalqonsimon bezda saqlanadi. Tiroksinning
qonga kо‗p yoki kam tushishi nerv sistemasining normal funksiyasi bilan bog‗liq.
Tog‘lik tumanlarda ichimlik suvda yod yetarli bо‗lmaganidan oddiy buqoq kasalligi
uchraydi. Oddiy buqoqning kasallikdan farqi shundaki, bunda qalqonsimon bez sekret
chiqaruvchi tо‗qima о‗sib ketadi. Diffuztoksik buqoqda bez diffuz kattalashadi DifFU
3
kattalashgan buqoqda qalqonsimon bezdan qonga kо‗p tiroksin ajratadi. Ortiqcha tiroksin
ta‘sirida yurak urishi
tezlashadi, puls minutiga 180-200 martagacha yetadi. Moddalar
almashinuvi ancha kuchayadi, bemor oza boshlaydi. Bemor isib ketaveradi, ishtaxasi
yaxshi bо‗ladi. Gormon ortiqcha miqdorda , ishlanib chiqaradigan bо‗lsa, ba‘zida kasalligi avj
oladi. Bazed yoki diffu
3
buqoq kasaligida bemorning tinka madori quriydi. Kо‗zlari chaqchayib
qoladi. Bunday holat tireotoksikoz deb ataladi. Qalqonsimon bezning kam tiroksin ajratishi
gipotiruoz
deb
ataladiki,
kasallikning
rivojlanishiga
sabab
bо‗ladi.
Bukasallikdateriqoplamalariquruqshaydi, bola bо‗shang bо‗lib, qoladi, ichi qotadi, kam
harakatqiladi. Qorni ochganda bezovta bо‗lmaydi. Nerv sistemasi juda ham susayib ketadi,
puls sekinlashadi.
Qalqonsimonbez oldidagi bezchalar. Bu bezchalar ikki juft bо‗lib, har birining vazni
taxminan 0,1 g. Bu bezchalardan tetoniya degan og‘ir kasallik kelib chiqadi. Bu kasallikda
qonda kalsiyning miqdori kamayib ketadi. Talvasa tutganda qonga kalsiy yuborilsa talvasa
tutish tо‗xtaydi.
Me‘daostibezi. Bu bez me‘da orasida, о‗nikkibarmoqichakyonida joylashgan bо‗lib,
vazni 60-70 g. Bu bez ichki va tashqi sekretsiyaga ega.
Me‘daostibez tashqi sekretsiya organ sifatida hazm yо‗liga me‘daosti shirasi ajratadi.
Bezning Langersgans orolchalari deb atalgan qismidan insulin gormoni ishlab chiqariladi.
Odamda me‘daosti bezi kasallanib, insulin ishlanib chiqishi susayib qolganda qonda qand
miqdori kо‗payib ketadi, qandli diabet deb shunga aytiladi. Qandli diabet hamma yoshda ham
uchrashi mumkin, biroq kо‗pincha 6-12 yoshgacha bо‗lgan bolalarda paydo bо‗ladi. Buyrakusti
bezlari.
Buyrakusti bezlari bir juft bо‗lib, buyraklarni ustki qismida joylashgan og‗irligi 10-14 g.
Bu bezki: pо‗stloq va mag‗iz qavatlardan tuzilgan bо‗lib, pо‗stloq qavati mezodermadan,
mag‘iz qavati ektodermadan hosil bо‗ladi.
Yangi tug‘ilgan bolada bezning og‗irligi 6-8 g, 1-5 yoshda 5,6 g, 10 yoshda 6,5 g, 11-15
yoshda 8,5 g, 16-20 yoshda 13,2 gbо‗ladi. Yangi tug‗ilgan bolada pо‗stloq qavati mag‗iz
qavatiga nisbatan yaxshi rivojlangan bо‗ladi.
Buyrakusti bezining pо‗stloq qavati ximiyaviy tuzilishi jihatdan jinsiy gormonlarga
о‗xshash bо‗lib, bu bezlarda kortikosteroid gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar 40 dan '
ortiqbо‗lib, uglevodlar mineraltuzlar, oqsillar almashinuvini
kuchaytiradi, muskullarni ish
qobiliyatini oshiradi va boshqa Funksiyalarga ta‘sir etadi.
Mag‘iz qismida adrenalin gormoni ishlabchikariladi. Bu gormon buyrak qisqarishini
tezlashtiradi, teri, ichkiorganlar, muskullarni ta‘minlovchi qon tomirlarini toraytiradi,
ichak harakatlarini tormozlaydi, modda almashinuvini orttiradi. Buyrak .ustki bez|
simpatik nerv tolalari bilan ta‘minlangan.
Buyrakusti bezlari surunkali yetishmovchiligining keskin formalarida Addison yoki
bronza kasalligi rivojlanadi. Bukasallikda teri qoplamalari bronza tusiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: