Tashqi pardaning ichkari tomonida о‗rta (tomirli) parda bor. Bu pardada qon tomirlar va
pigment kо‗p. Turli kishilarda pigment miqdori har xil bо‗ladi. Ba‘zi odamlarda kuzning о‗rta
pardasi pigmentsiz bо‗lib, qon tomirlar kо‗rinib turadi. Shuning uchun ularning kо‗zi qizqish
Tomirli parda oldingi rangdor (kamalak parda) о‗rta kipriksimon tana va orqa xususiy
tomirli qismga bо‗linadi. Rangdor pardada ikki xil radial va xalqa shaklidagi silliq muskullar
joylashgan bо‗lib, xalqa muskullar qisqarganda kо‗z qorachigi torayadi, radial muskullar
qisqarganda esa qorachig‗ kengayadi. Rangdor pardaning о‗rtasi teshik bо‗lib, bunga qorachig
deb ataladi. Kipriksimon tana tomirli pardaning qalin tortgan о‗rta qismini egallaydi.
Kipriksimbn tananing ichki kismida silliq muskul tolalaridan iborat kipriksimon muskullar
bо‗ladi. Kipriksimon muskullar kipriksimon boylamlar yordamida gavhar pay va xaltachasiga
Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and
Kо‗z soqqasi ichki pardasi yoki tо‗r parda murakkab tuzilgan bо‗lib, taraqqiy etish jihatdan
kо‗ruv nervi bilan bir butun hisoblanadi.
Tо‗r parda kо‗zning butun bо‗shligini qoplab turadi. Tо‗r pardaning retseptorlari bо‗lib,
turli ta‘sirotlarni qabul qilib oluvchi 130 mln tayoqcha va yetti million kolbochka shaklidagi bir
necha qavat hujayralar hisoblanadi. Tayoqcha hujayralarining tashqi a‘zosida kо‗rish purpuri
yoki radopsin moddasi saqlanadi. Tayoqcha va kolbochka hujayralarining ichki a‘zosi ikki
о‗simtali bipolyar neyronlar bilan boglangan bо‗ladi. Kо‗z soqqasining yadrosi suvsimon,
gavhar va shishasimon tanadan iborat. Rangdor pardaning orqasiga tamomila tiniq yasmik
shaklidagi ikki tomoni qavariq linza-gavhar joylashgan. Gavharning orqa tomoni oldingi
tomoniga qaraganda qavariqroq bо‗ladi. Gavhar moddasi yarim suyuq bо‗lib yupqa tiniq
kapsulaning ichida turadi. Gavharda qon tomirlari bо‗lmaydi. Uni kо‗z kameralarini tо‗ldirib
turadigan maxsus suyuqlik oziqlantiradi. Shox parda bilan rangdor pardaning о‗rtasida kichkina
bо‗shliq bо‗lib, bunga kо‗zning oldingi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavharning
о‗rtasida ham bushliq bо‗lib, bunga kо‗zning orqadagi kamerasi deyiladi.
Kо‗zning nur sindiruvchi muhitlari.
Har bir kо‗ruv nervida 1 mln. ga yaqin nerv tolalari bor. Tо‗r pardada kо‗ruv nervining
kirish joyi - kо‗r dog‗ va narsalarning yaxshiroq kо‗radigan sariq dog‗, dog‗ning markazida
chuqurcha bо‗lib, bunga markaziy chuqurcha deyiladi. Kо‗zning ayrim qismlari (shox),
shoxparda, gavhar, kо‗zning shishasimon qismi о‗zidan о‗tuvchi yoruglik, nurlarini singdira
oladi. Kо‗zga yorug‗lik nurlari ta‘sir etganda. radopsin va iodopsin moddalari parchalanib
ximiyaviy reaksiya vujudga keladi. Kо‗zning nur singdiruvchi qismlariga shox parda, suvsimon
suyuqlik, kо‗zning oldingi kamerasi, gavhar va shishasimon qism kiradi. Kо‗zning nur singdirish
kuchi kо‗prok shox parda va gavharni nur singdirishga bog‗liq bо‗ladi. Nur singdirish dioptriya
bilan о‗lchanadi. Bir dioptriya degaxda fokus oraligi 1 m bо‗lgan linzaning nur sindirish kuchi
tushuniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa fokus oralig‗i qisqaradi.
Fokus oraliqi 50 sm bо‗lgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) teng
bо‗ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43 D, gavharning nur sindirish kuchi kamroq bо‗lib,
о‗zgarib turadi. Yaqin masofaga qaralganda - ZZD, uzoq masofaga qaralganda esa - 19D.
Kо‗zning butun optik sistemasini nur sindirish kuchi uzoqqa qaralganda 59D, yaqin masofada
esa - 70 D.
Parallel yorug‗ nurlari shox parda va gavharda singandan sо‗ng, markaziy chuqurlikning
bir nuqtasida tо‗planadi. Shunday qilib, narsaning fokusi markaziy chuqurlikda hosil bо‗ladi.
Kо‗rish analizatorlarining yoshlik xususiyatlari.
Bolalarning kо‗zi katta odamning kо‗z tuzilishidan farq qiladi.
Bolalarda kо‗z kosa chuqurligi va kо‗z soqqasi tanasiga nisbatan kattalarga qaraganda
kattaroq bо‗ladi. Sklera va tomirli pardalar katta odam kо‗zini shu pardalariga nisbatan
yupqaroq, shox parda qalinroq bо‗ladi.
Qovoqlarning kelishilgan harakati bolaning bir oyligidan boshlanadi, bolaning 2 oyligidan
esa kо‗z soqqasi turli predmetlarga va yorug‗likka nisbatan harakatlanadi. Bola 2 haftaligidan
boshlab yaltiroq narsaga kо‗zini boshi bilan birlikka aylantirib qaray boshlaydi.
Kо‗zning koordinatsiyalashgan harakati mashq qilish tufayli bolaning b oyligidan yoki bir
yoshidan boshlanadi. Kо‗rish analizatorining avval periferik, sо‗ng markaziy qismi taraqqiy
etadi.
Yangi tug‗ilgan bolada kо‗ruv nervi tolalari kam differensiyalashgan bо‗ladi. Kо‗ruv
nervining mielinlashuvi bolaning 1-1,5 yoshigacha davom etadi.
Yangi tug‗ilgan bola kо‗zining nur sindirishi katta kishilar kо‗zining nur sindirish
xossasidan farq qiladi. Yangi tug‗ilgan bolaning kо‗zi uzoqdan yaxshi kо‗rolmaslik xususiyatiga
ega bо‗ladi. Tug‗ilgandan to 4-7 kungacha yaqini kо‗rolmaslik xususiyatiga ega bо‗ladi.
Yangi tugilgan bolaning kuziga kuchli yorug‗lik ta‘sir ettirilsa kо‗z qorachigi torayadi.
Kо‗pincha bogcha va maktab yoshidagi bolalarda gavhar yassiroq shaklda bо‗lgani uchun,
uning oldingi - orqa о‗qi kattalarniksh a nisbatan kaltaroq bо‗ladi. Shuning uchun bolalarda
uzoqni yaxshi kо‗rolmaslik xususiyati uchrab turadi. Yosh bolalarda gavhar nihoyatda elastik,
shuning uchun ularda kattalarga nisbatan akkomodatsiya xususiyati asta-sekin rivojlanib boradi.
Odamning yoshi ortishi bilan gavharning elastikligi kamayib boradi. Bolalarning yoshi
ortishi bilan kipriksimon muskullarpkng qisqaruvchanlik xususiyati kamayib boradi, shuning
uchun aniq kо‗rishning yaqin nuqtasi ortib boradi. Shuning bilan bir vaqtda akkomodatsiya
chegarasi kamayadi. Masalan, 9-11 yoshda 14D, 12-14 yoshda 12.9D; 15-1? yoshda 12,3 D; 18-
20 yoshda 12D; 21 -22 yoshda 11,5D bо‗ladi.
Bolalarda yaqindan va uzoqdan kо‗rish yaxshi kо‗raolmaslik kasalligi har xil sabablarga
kо‗ra paydo bо‗ladi.
Odam kо‗z о‗tkirligi yoshiga qarab о‗zgaradi. Bolalar vaо‗smirlarning kо‗rish о‗gkirligi
kattalarga nisbatan yuqori bо‗ladi. Bola uzoq vaqt mayda narsalar bilan shugullansa kо‗zning
kо‗rish о‗tkirligi kamaya boradi. Katta bog‗cha yoshdagi bolalarda kо‗rish о‗tkirligi 1,00 va
1,20D teng bо‗ladi. О‗quvchiga о‗qiyotgan yoki yozayotgan vaqtda xonaga yoruglik chap
tomondan tushishi kerak. Kitob bilan kо‗zning orasi 30-35 sm dan kam bо‗lmasligi kerak.
Eshitish analizatori.
Eshitish analizatorining tuzilishi.
Eshituv organi turli tovushlarni eshitish va muvozanat funksiyasini bajaradi. Eshitish
analizatori chakka suyagida joylashgan bо‗lib, uch qismga, tashqi, О‗rta, ichki quloqqa
bо‗linadi. Tashqi quloq suprasi tashqi eshituv yо‗lidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: