Shuningdek, ular tarkibida xujayradagi energiya almashinuvida ishtirok etuvchi ko‗pgina
fermentlar saqlanadi. Mitoxondriyalarda ATF (adenozintrifosfat kislota) xosil bo‗ladi.
Tayanch-trofik yoki biriktiruvchi tо‗qima.
But то‗qima asosan organizmning ichki qismini tashkil etib, mezenxima kurtagidan hosil
bо‗ladi. Biriktiruvchi tо‗qima uch guruhga: qon va limfa tо‗qimasi, tog‗ay va suyak tо‗kimasi
(zich biriktiruvchi tо‗qima), silliq muskul tо‗kimasiga bо‗linadi.
Qon va limfa tо‗qimasi embrional rivojlanishda tomirlar bilan birga бir vaqtda paydo
bо‗ladi. Qon suyuq biriktiruvchi tо‗kima bо‗lib, kon plazmasi-suyuq qismi va konning shaklli
elementlaridan iborat. Kоn plazmasi rangsiz, tinik, biroz yopishqok suyuqlik bо‗lib, uning
tarkibida oqsillar, uglevodlar, yog‗lar, mineral tuzlar va boshka moddalar saqlanadi. Qon
plazmasi qon shaklli elementlarining ichki muxiti hisoblanadi. Qonda uch xil elementlar:
qizilqontanachalari (eritrotsitlar), oqqontanachalari (leykotsitlar) va qon plastinkalari
(trombotsitlаp) bо‗ladi. Eritrotsitlar ikki tomoni botiq disk shaklidagi xujayralar bо‗lib, tarkibida
gemoglobin moddasini saqlaydi.
IX Leykotsitlar har xil shakldagi rangsiz hujayralar bо‗lib, 1 mm konda 6-8 ming dona
bо‗ladi. Leykotsitlar ikkiga bо‗linadi: donador (granulotsitlar) va donasiz (agrotsitlar). Donador
leykotsitlar sitoplazmasida maxsus donalar bо‗ladi. Ular bо‗yalishiga qarab, neytrofil, eozinofil
va bazofil leykotsitlarga bо‗linadi.
Donasiz leykotsitlarga limfotsitlar bilan monotsitlar kiradi.
Zichlashgan biriktiruvchi tо‗kima. Bu tо‗qimaning hujayralar aro modda kollagen elastik
moddasi tolalardan va shu tolalarni qamrab oluvchi amorf moddadan iborat. Asosiy moddada
asosan fibroblastlar joylashadi.
Suyak tо‗qimasi. Suyak tо‗qimasining asosiy moddasida oxak tuzlari shimilganligi uchun
ular ancha qattiq bо‗ladi. Bu tо‗qimada organik moddalar kо‗pligi uchun ham juda qattiq bо‗ladi.
Suyak tо‗qimasi plastinkalardan va ingichka kollagen tolachalardan tuzilgan. Suyak tо‗qimasida
osteon kanallari bо‗lib, bu kanallar konsentrik shaklda joylashgan suyak plastinkalaridan
tuzilgan bо‗ladi.
Suyak xujayralari osteotsitlar deb nomlanib, ularning yulduzsimon shakldagi juda kо‗p
о‗siklari bо‗ladi. Suyakdagi osteon kanallardan qon tomirlari va nervlar о‗tadi.
Muskul tuqimasi.
Bu tо‗qima tolalarining protoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bо‗lgan, tabaqalangan
maxsus ingichka tolalar (miofibrillar) bо‗lishi bilan boshqa tо‗qimalardan farq kiladi.
Organizmda ikki xil: silliq va kо‗ndalang-targilmuskul tо‗qimalari bо‗lib, silliq muskul tо‗qimasi
ichki organlar, tomirlar sistemasida bо‗ladi, kо‗ndalang targ‘il muskul tо‗qimasi skeletdagi
suyaklarni qoplab oladi. Muskul tо‗qimasi mezenximadan rivojlanadi. Silliq muskul
tо‗qimasining hujayralari uzunasiga chо‗zilgan dikshaklda bо‗lib, hujayralar sitoplazmasida oval
shakldagi yadro bor. Miofibrill tolalari bir-biriga parallel joylashgan bо‗lib, qisqarish
xususiyatiga ega.
Kо‗ndalang-targ‘il muskul tо‗qimasi ichki organlardan ba‘zilar (halkum, qizilо‗ngach, til,
xiqildoq muskullari) devorida ham uchraydi. Bu tо‗qimaning bо‗yi bir necha smga yetadi.
Kо‗ndalang targ‗il muskul tolalari mikroskopda kо‗rilganda, qisqaruvchi modsasi kо‗ndalang-
targ‗il bо‗lib kо‗rinadi, chunki muskul tolalarining miofibrillarda izotrop va anizotrop
zarrachalar joylashgan. Bu zarrachalar nurni turlicha sindiradi.
Yurak muskul tо‗qimasi ham kо‗ndalang-targ‗il muskul tо‗qimasiga о‗xshaydi. Biroq
ixtiyorimizdan tashqari qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: