Internet saytlari
1.http://english. peopledaily.com.cn/90001/90778/90859/703 0782.html
2.http://economictimes.indiatimes.
3.com/articleshow/6068129.cms
4. http://eastwest.com.ua/content/kitai
MAVZU 2. MINTAQA IQTISODIYOTINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (SHIMOLIY-SHARQIY OSIYO)
Darsning maqsadi: Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotining rivojlanish xususiyatlarini undagi mamlakatlar misolida tahlil etish va o’zlashtirish.
Tayanch iboralar: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, eksport, import, savdo balansi, Yalpi ichki mahsulot, daromad, iqtisodiy siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar.
Reja:
Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasining iqtisodiy siyosati.
Mintaqa mamlakatlarining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari. Tarmoqlari tarkibi.
Mintaqadagi Ichki va tashqi aloqalar. Mintaqaning jahon iqtisodiyotidagi o’rni va roli
Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasining iqtisodiy siyosati.
Yoqorida ta’kidlaganimizdek, Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari qatoriga quyidagilar kiradi: Моngoliya, XXR, Koreya xalq demokratik respublikasi, Коreya Respublikasi, Yaponiya, Gonkong, Tayvan, Makao. Mana shu mamlakatlar iqtisodiy siyosatiga kelsak, ko’pgina mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotlarini rivojlantirishda eksportga yonaltirilgan modelni tanlagan bo’lib, mazkur model esa, iqtisodiyotni sekin-astalik bilan erkinlashtirishni va unda davlatning rolini chegaralashni ko’zlaydi.
Avval boshda mazkur strategiyaga Yaponiya, Tayvan, Janubiy Koreya, Gonkonglar otishdi. Bunda iqtisodiyotni yanada rivojlanishi uchun mamlakatda xususiy sektorni rivojlantirish, an’anaviy mehnat talab tovarlarni (tekstil, kiyim-kechak, oyoq-kiyim, o’yinchoqlar) ishlab chiqarish va eksport qilishda ularni qo’llab-quvvatlashga urg’u berildi. Mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga kelib tushayotgan valyuta tushumining ko’payib borishi bilan, ulardagi infratuzilma ob’ektlairning rivojlanishi, aholining yashash va ta’lim darajasining o’sishi natijasida capital va texnika sig’imi katta bo’lgan rivojlanishga o’tish ro’y berdi. (telekommunikatsiya, avtomobilsozlik, robot texnikasi, kemasozlik, kompyuterlashtirish). An’anaviy mehnattalab tarmoqlar va yig’ish ishlari Xitoyga ko’chirildi, uning yatijasida boshqa mamlakatlar ham 1980-90 yy.ga kelib, qo’shni Xitoydagi “Ochiq eshiklar”siyosati va iqtisodiy islohotlardan ruxlanib, Mongoliyada bozor iqtisodiyotini tashkil toptirishga yonaltirilgan o’zgarishlar yuz bera boshlsdi. Mintaqa mamlakatlaridan faqat Shimoliy Koreyaning iqtisodiyoti hanuzgacha markazlashgan holda amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |