3) Tuzilish nazariyasi davri. 18-asrning 60-yillardan to 20 asr boshlarigacha bo’lgan davr (1860-1900 yilgacha) - 3) Tuzilish nazariyasi davri. 18-asrning 60-yillardan to 20 asr boshlarigacha bo’lgan davr (1860-1900 yilgacha)
- 1861-yilda Butlerov organik birikmalarning tuzilish nazariyasini kash etadi.
- Butlerov tuzilish nazariyasini 5 ta qoidasini tariflab beradi.
- Molekulada atomlar tartibsiz joylashgan emas balki ular bir-biri bilan valentliklariga mos ravishda malum izchillikda birikkan.Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishini Butlerov kimyoviy tuzilish deb atadi.
- Molekulaning kimyoviy hossalari ular molekulasining tarkibiga va kimyoviy tuzilishiga bog’liq.Bu qoidasi orqali izomeriya hossasini tushuntirib bergan.
- Molekulaning xossasiga qarab uning tuzilishini,tuzilishiga qarab uning xossasini oldindan aytib berish mumkin.
- Modda molekulasidagi atomlar va atomlar gruppasi o’zaro bir biriga tasir ko’rsatadi. M; NaOH, C2H5OH, NO2OH, SO2(OH)2 larda gidroksil guruhlar bor.bularning hossalari turlicha; NaOH – kuchli asos; C2H5OH – neytral; NO2OH va SO2(OH)2 – kuchli kislota. Xossasini turlicha bo’lishi atomlar va atomlar grupasini bir-biriga tasiri
- Kimyoviy reaksiyalarda modda molekulasini tashkil etgan barcha atomlar emas, balki ayrim atomlar yoki atomlar gruppasi ishtirok etadi.
M; C2H5OH + Na = C2H5ONa + H2 4) Davr. Organik kimyoning hozirgi davri. 4) Davr. Organik kimyoning hozirgi davri. - Organik moddalarning o`ziga xos xususiyati va anorganik moddalardan farqi.
1. Organik birikmalar molekular tuzilishiga ega bo'lgan birikmalar bo'lib, ularning molekulalari kovalent bog'lanish asosida vujudga keladi. Shu sababli, organik birikmalar elektrolitmas moddalar hisoblanib, ko'pchiligi suvda erimaydi yoki yomon eriydi va anorganik birikmalarga qaraganda past temperaturada suyuqlanadi. - 2. Organik birikmalar anorganik birikmalarga nisbatan barqaror emas, qizdirilganda oson parchalanadi. Ular 400—500°C atrofida qizdirilganda to'liq parchalanadi, kislorod ishtirokida esa yonadi.
- 3. Anorganik birikmalar ion bog'lanishli birikmalar bo'lib, ular suvda ionlarga oson parchalanadi va ular orasida reaksiyalar tez boradi. Organik birikmalar orasidagi reaksiyalar esa sekin boradi, ba'zilari faqat katalizator ishtirokida ketadi.
- Ko'pgina organik birikmalar orasidagi reaksiyalar oxirigacha bormaydi, ya'ni reaksiya mahsulotining unumi yuz foiz bo'lmaydi.
- 4. Organik birikmalar molekulasida turli funksional gruppalar va bog'lanishlarning mavjudligi hamda reaksiyaning borish sharoiti (temperatura, reagentning konsentratsiyasi, katalizator) bir vaqtning o'zida bir nechta parallel va ketma-ket reaksiyalarning sodir bo'lishiga imkon yaratadi.
- 5. Anorganik birikmalar turi 400 000 dan ortiq bo`lsa, Organik birikmalar juda ko'p (hozirgacha 10 mln. dan ortiq) va turli-tumandir. Bunga sabab, birinchidan, uglerod atomlarining bir-biri bilan o'zaro birikib uzun uglerodli ochiq va halqali zanjir hosil qilish xususiyati bo'lsa, ikkinchidan, organik birikmalarda izomeriya hodisasining keng tarqalganligidir. Organik birikmalar hammasi yonadi va CO2 va H2O hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |