Metan-CH4-dastlabki to'yingan uglevodorod.
Galogenlash reaksiyasi-organik birikma molekulasiga galogenni kiritish reaksiyasi.
Nitrolash reaksiyasi-organik birikma molekulasiga nitro guruhini kiritish reaksiyasi.
Sulfoxlorlash reaksiyasi-organik birikma molekulasiga sulfo va xlorlarni kiritish reaksiyasi.
Degidrogenlash reaksiyalari-organik birikma molekulasidan ikkita vodorod ajralib chiqadigan reaksiya.
Izomerlar-tarkibi va molekula og'irligi bir xil, lekin molekulalarining tuzilishi har xil, shu sababli xossalari ham turlicha bo'lgan moddalar.
Takrorlash uchun savol va masalalar.
Uglevodorodlar deb qanday turdagi organik birikmalarga aytiladi, ular nechta sinfga bo'linadi?
Alifatik uglevodorodlar deb qanday turdagi uglevodorodlarga aytiladi, ular qanday sinflarga ajratiladi?
Qanday turdagi uglevodorodlar to'yingan metan qatori uglevodorodlari deb ataladi, ularning gomologik qatorini sanab bering.
Radikal deb nimaga aytiladi va ularning gomologik qatorini sanab bering.
Alkanlar ratsional va xalqaro nomenklaturaga ko'ra qanday nomlanadi?
Laboratoriya sharoitida va sanoatda alkanlar qanday usullar bilan olinadi?
Alkanlar qanday turdagi fizik-kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?
Xalq xo'jaligida alkanlar qanday maqsadlar uchun ishlatiladi?
Etan va 2, 3, 4-trimetilpentanning tuzilish formulasini yozib bering.
Vyurs reaksiyasi bo'yicha geksanning olinish reaksiya tenglamasini yozing.
Geksan va geptanning barcha izomerlari formulalarini yozing.
Semyonov reaksiyasi bo'yicha etanga brom ta'sir ettiring, reaksiya tenglamalarini yozing.
Konovalov reaksiyasi bo'yicha propan, butan va pentanga nitrat kislota ta'sir ettiring, reaksiya tenglamalarini yozing.
Propan, butan, pentan va geksanlarning degidrogenlanish reaksiya tenglamalarini yozing.
Izomerlar deb qanday organik birikmalarga aytiladi, qanday izomeriya turlari mavjud?
Mavzuga oid adabiyotlar.
G. P. Xomchenko. «Kimyo», Oliy o'quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2007.
A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. «Umumiy kimyo», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2002.
M. M. Abdulxayeva, O'. M. Mardonov. «Kimyo», Toshkent, «O'zbekiston» nashriyoti, 2002.
A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. «Organik kimyo», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 2002.
I. M. Primuhamedov. «Organik ximiya», Toshkent, «Meditsina» nashriyoti, 1987.
S. I. Iskandarov, A. A. Abdusamatov, R. A. Shoymardonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1979.
O. S. Sodiqov, O. Y. Yo'ldoshev, K. S. Sultonov. «Organik ximiya», Toshkent, «O'qituvchi» nashriyoti, 1971.
Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Neft. Alkanlarning tibbiyotdagi
ahamiyati.
Reja.
Uglevodorodlarning tabiiy manbalari;
Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari;
Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlari;
Toshko'mir va uni qayta ishlash mahsulotlari;
Qishloq va q'rmon xo'jaligi mahsulotlari.
Neft, tabiiy gaz, toshko'mir, qishloq va o'rmon xo'jaligi mahsulotlari organik birikmalarning asosiy xomashyo manbalari hisoblanadi.
Mamlakatimizda D. I. Mendeleyev davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlar mavjud. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma'dan konlari namoyon bo'lgan istiqbolli joylar mavjud.
Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari.
Neft-to'q qo'ng'ir yoki deyarli qora rangli o'ziga xos hidli moysimon
-5
suyuqlik. U suvdan yengil, zichligi 0,73-0,97 g/cm , suvda amalda erimaydi.
Tarkibi jihatidan neft-molekulyar og'irliklari turlicha bo'lgan gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iboratdir. Odatda, bu uglevodorodlar parafin uglevodorodlar, sikloalkanlar, aromatik uglevodorodlardan uborat bo'lib, turli konlardagi neftlar tarkibida ularning nisbati turlicha bo'ladi. Neft tarkibida uglevodorodlardan tashqari kislorodli, oltingugurtli va azotli organik birikmalar ham bo'ladi.
Mamlakatimizning Andijon, Farg'ona, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo va boshqa mintaqalarida 160 dan ortiq neft konlari mavjud. Respublikamizda Buxoro (Qorovulbozor) va Farg'ona neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat yuritadi.
Neftning o'zi shunday holda odatda ishlatilmaydi. Neftdan texnikada qimmatli bo'lgan mahsulotlar olish uchun u qayta ishlanadi. Neftni ikki xil usul bilan qayta ishlanadi: birlamchi va ikkilamchi qayta ishlash usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |