SIKLOALKANLAR
1. Siklik to'yingan uglevodorodlar qanday umumiy nomlar bilan ataladi?
J: Sikloalkanlar, alisiklik birikmalar, sikloparafinlar, naftenlar, siklanlar, polimetilenlar
2. Molekulasi 2 ta halqadan iborat bo'lgan naftenlar...
J: Bisiklik birikmalardir
3. Trimetilen deb qaysi moddaga aytiladi?
J: Siklopropanga
4. Pentametilen deb qaysi modda nomlangan?
J: Siklopentan
5. Siklobutanning yana bir nomi qanday?
J: Tetrametilen
6. Metilsiklogeksanning toluoldan farqi nima?
J: U sikloalkan; 6 ta H atomi ko‘p
7. Sikloalkanlar... bilan izomerdir.
J: Alkenlar
8. Sikloalkanlarda halqadagi С atomlar qanday gibridlangan
bo'ladi?
J: sp3
9. Qaysi birikmalarda С atomi sp3 gibridlanib, lekin burchak 109,28° bo'lmaydi?
J: Sikloalkanlarda
10. Sikloalkanlarda C-C bog' uzunligi qancha?
J: 0,154 nm
11. Siklopropandan siklogeksanga o'tish qatorida bog' barqarorligi qanday o'zgaradi?
J: Ortadi
12. Birikish reaksiyalariga eng oson kirishadigan siklan qaysi?
J: Siklopropan
13. Trimetilenda C-C orasidagi burchakni aniqlang.
J: 600C
14. Tetrametilenda burchak qancha?
J: 900C
15. Faqat birikish reaksiyalariga kirishuvchi polimetilenlarni aniqlang.
J: Siklopropan va siklobutan
16. Faqat o'rin olish reaksiyalariga kirishuvchi sikloalkan ...
J: Siklogeksan
17. Asosan o'rin olish, ba’zan birikish reaksiyalariga ham kirishuvchi modda ...
J: Siklopentan
18. 5 va 6 a’zoli sikloalkanlar birinchi marta kim tomonidan va nimadan olingan?
J: V.Markovnikov tomonidan neftdan olingan
19. Terpenlar nima?
J: Siklogeksan qatorining to'yinmagan uglevodlari
20. Terpenlaming kislorodli hosilalari ... deyiladi.
J: Kamforalar
21. Digalogenli hosilalardan sikloalkan olish uchun galogenlar zanjirda qanday joylashgan bo'lishi lozim?
J: 2 tasi ham bitta С da yoki yonma-yon С da bo'lmasligi kerak
22. Parafinlami to‘g‘ridan to‘g‘ri sikllab naften olishda qaysi katalizator ishlatiladi?
J: Pt
23. Oddiy sharoitda suyuq holatda bo'ladigan siklanlar qaysilar?
J: Siklopentan va siklogeksan
24. Sikloalkanlaming suvda erimasligiga sabab nima?
J: Molekula qutbsiz bo'lishi
25. Qaysi siklik uglevodorodlar oddiy sharoitda gazsimon bo'ladi?
J: Siklopropan va siklobutan i
26. N.Zelinskiy usuli bo'yicha benzol qanday olinadi?
J: Siklogeksanni degidrogenlab
27. Siklogeksanonni oksidlab qaysi kislotani olish mumkin?
J: Adipin kislotani
28. Sikloalkanlar oksidlanishining alkanlardan farqi bormi?
J: Bor; alkanlar oksidlansa, zanjir uzilib ketadi, sikloalkanda esa nechta С atomi bo'lsa, oksidlanishdan yuzaga kelgan kislotada ham shuncha С atomi bo‘ladi
29. Nitrobirikmalar hosil bo'lishi parafinlarniki kabi kechadigan sikioalkanlarni ko'rsating.
J: 5 a’zoli va undan ortiq a’zoli sikloalkanlar
30. Yuqori harorat ostida ushlangan siklopropan qanday o'zgarishga uchraydi?
J: Propilenga aylanadi
31. Amaliy ahamiyatga ega bo'lgan sikloalkanlar qaysilar?
J: Siklogeksan va metilsiklogeksan
32. Siklopropandan qanday maqsadda foydalanish mumkin?
J: Narkoz
33. Erituvchi sifatida ishlatiladigan siklik birikma qaysi?
J: Siklogeksanol
34. Kapron va neylon tola tayyorlashda ishlatiladigan adipin kislota qaysi xomashyodan olinadi?
J: Siklogeksanol
Do'stlaringiz bilan baham: |