239
etiladi. Bunday denaturatlarning yuzga yaqin turi bo’lib, bulardan metil spirti va aviatsiya
benzini qo’shish keng foydalaniladi.
95 % - spirt: azeotron aralashma
.
Ichimlik spirtidan tashqari barcha etil spirti 95 % li
suvli eritma holida ishlatiladi va 95 % spirt deyiladi. Sof (absolyut) spirt olish mumkin, ammo
bunday spirt qimmat va zarur holatlarda ishlatiladi.
Nima uchun aynan 95 % li? Etil spirti dastlab suvli aralashma holida olinadi; so’ngra bu
aralashma fraktsion xaydash orqali ajratiladi. Barcha xaydash usullarida bo’lgani kabi avval
yengil uchuvchan, past qaynay xaroratiga ega bo’lgan modda haydaladi. Etil spirti va suv
aralashmasida etil spirtining qaynash xarorati t
qay.
78,3°S, suvniki esa 100°S, 95 % spirt va 5%
suv aralashmasiniki esa 78,15°S. Effektiv rektifikatsion kolonnalardan foydalanilganda avval
95% li spirt, so’ngra spirtning kontsentratsiyasi past bo’lgan oraliq fraktsiya va undan so’ng suv
xaydaladi. Demak, 95% etil spirtini yanada kontsentrlash rektifikatsion kolonnaning effektivligi
bilan bog’liq emas.
Malumki, aralashmani xaydash orqali ajratish, bug’ tarkibi suyuqlik tarkibidan farq
qilishi bilan bog’liq; bug’ yengil uchuvchan komponentlarga boy. 95 % spirt xaydash orqali
aloxida komponentlarga ajratilishi mumkin emas, chunki bug’ ham suyuqlik ham bir xil tarkibga
ega; xaydash vaqtida 95 % spirt individual bitta modda kabi xususiyat namoyon qiladi.
Bir xil tarkibli bug’lar hosil qiluvchi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan suyuq
aralashmalar
azeotroplar
yoki
doimiy qaynovchi aralashmalar
deyiladi. 95 % li spirt ikki
komponentdan iborat bo’lgani uchun
binar azeotrop
deyiladi.
95 % li etil spirtiniki kabi, ko’pchilik azeotrop aralashmalarning qaynash xarorati,
tarkibiga kiruvchi komponentlarning qaynash xaroratidan past. Bunday azeotroplar qaynash
xarorati
minimum bo’lgan aralashmalar
deyiladi: qaynash xarorati tashkil etuvchi
komponentlarining qaynash xaroratlaridan yuqori bo’lgan azeotroplar
maksimum qaynash
xaroratiga
ega aralashmalar deyiladi.
Absolyut spirt.
Agar 95 % li spirtni xaydash usulida yanada kontsentrlash imkoniyati
bo’lmas,
absolyut spirt
deb ataluvchi 100 % etil spirtini qanday olish mumkin? Bunday spirtni,
boshqa uch komponentli azotrop hosil qilish orqali olish mumkin. 75 % suv, 18,5 % etil spirti va
74 % benzoldan iborat aralashma – 64,9
o
S da qaynaydigan (minimum qaynash xaroratiga ega
bo’lgan) azeotrop hosil qiladi.
Misol uchun 150 gramm 95 % etil spirti (141,5 gramm spirt va 7,5 gramm H
2
O) va 74
gramm benzoldan iborat aralashmani ajratishni kuzataylik. Dastlab uch komponentli azeotrop
xaydaladi: bu azeotropning 100 grammi 7,5 gramm suv, 18,5 gramm spirt va 84 gramm benzol
saqlaydi. Tajribalar orqali, dastlab bunday aralashmadagi barcha suv va benzol haydalishini,
spirt esa qisman haydalib, 124 gramm sof suvsiz spirt hosil bo’lishini ko’rishimiz mumkin.
Odatda benzol ortiqcha miqdor olinib, uch komponentli aralashmani haydashdan so’ng binar
azeotrop (t
qay.
68,3°S) holida haydaladi va bu bilan yanada toza spirt olish imkoniyatiga ega
bo’linadi.
Ba’zi hollarda absolyut spirt tarkibidan suvning xatto izlarini yo’qotish talab etiladi.
Bunga spirtni magniy metalli bilan qayta ishlash orqali erishi mumkin; bunda suv erimaydigan
Mg(OH)
2
ga o’tadi va so’ng spirt xaydab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: