Sovunning tozalovchi xususiyati – murakkab jarayondir. Bu jarayonni soddalashtirib –
quyidagicha tasavvur qilish mumkin: sovun molekulasi qutblangan –
SOONa
+
va qutblanmagan – uzun
uglerod zanjiri (12 – 18 uglerod atomlaridan iborat bo’lgan) saqlaydi; molekulaning qutblangan qismi
suvda, qutblanmagani esa – moyda eriydi. Odatda moy tomchilari suv bilan qo’shilishidan ikki qatlamga
– moy va suvga ajraladi, lekin sovun ishtirokida bu holatni boshqacha kuzatish mumkin. Sovunning
qutblanmagan qismi moy tomchilarida eriydi va bu vaqtda sovunning karboksilat qismi suv muhitida
qoladi.
Karboksilat guruhning manfiy zaryadi tufayli moyning har bir tomchisi ionlar buluti bilan
qamrab olinadi. Bir xil zaryadlardagi itarilish tufayli moy tomchilari o’zaro qo’shilishdan –
birlashishdan saqlanadi, natijada suvdagi moy barqaror emulsiyasi hosil bo’ladi. Sovunning yuvush
xususiyati, kir tarkibidagi moy yoki yog’larni emultsiyalash bilan bog’liq. Bunday emultsiyalash va bu
bilan yuvish xususiyati nafaqat karbon kislotalar, balki uzun qutblanmagan qoldiq va qutblangan
guruhlarni bir molekulada mujassam etgan barcha birikmalar uchun xosdir.
Qattiq suv kaltsiyli va magniyli tuzlar saqlaydi, ular o’z navbatida sovun bilan ta’sirlashib,
karbon kislotalarning kaltsiyli yoki magniyli tuzlarini hosil qiladi. Shuning uchun sovunlar qattiq
suvlarda o’z xususiyatini qisman yo’qotadi. Yog’lar karbon kislota va spirtlarning manbai sifatida
xizmat qiladi: natriyli sovun mineral kislotalar bilan qayta ishlanganda yoki kislota sharoitida gidrolizga
uchratilganda erkin karbon kislotalar aralashmasi hosil bo’ladi, hozirgi vaqtda bunday aralashmalardan
individual karbon kislotalar olishning sanoat usuli – fraktsion xaydash o’ta takomillashtirilgan (bunda
karbon kislota sof holda, asosiy maxsulot 90 % kam bo’lmagan miqdorlarda olinadi).
Ba’zan yog’ kislotalari pereeterifikatsiya yordamida ajratilib, buning uchun kislota yoki asos
katalizatorligida glitseridlarning metil spirt bilan reaktsiyasini olib borish talab etiladi.
Metil efirlari aralashmasi fraktsion xaydash orqali alohida efirlarga ajratilishi mumkin, ular o’z
navbatida gidroliz orqali individual karbon kislotalarga o’tkaziladi. Bundan tashqari metil efirlari
alohida yoki aralashma holida katalitik qaytarish orqali tarmoqlanmagan birlamchi spirtlarga o’tkazilishi
mumkin; ulardan o’z navbatida turli tuman birikmalar sintez qilish imkoniyati paydo bo’ladi.
Shunday qilib, yog’lar tarmoqlanmagan karbon kislotalar (juft uglerod atomi saqlagan
Do'stlaringiz bilan baham: