ia, io, ai, oi, ea – unlilari orasiga qisqa y tovushini qo`shib talaffuz etish orfoepik me’yordir: tabiat – tabiyat, shariat – shariyat, radio – radiyo, stadion – stadiyon, said – sayid, ukrain – ukrayin, doim – doyim, oila – oiyla, teatr – teyatr, laureat – laureyat kabi.
Samarqand, Toshkent, xursand, qand, baland, go`sht, past kabi so`zlar oxiridagi d, t undoshlarini tushirib talaffuz etish, orfoepik me’yordir.
Matbaa, metall, kilogramm, kilovatt, kongres singari o`zlashma so`zlarning talaffuzida qo`sh unli (undosh)larning faqat bittasi talaffuz etiladi.
Shartli qisqartmalarni kengaytirilgan holatda o`qimaslik adabiy talaffuz normasiga ziddir: AQSH – Amerika Qo`shma Shtatlari, BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, A. Navoiy – Alisher Navoiy, A.Qod. – Abdulla Qodiriy kabi.
Oftob, kitob, adab, maktab, Tolib, hisob singari so`zlar oxiridagi b undoshi jarangsiz jufti bilan almashtirilib, n tarzida yalaffuz ‘tilishi deyarli barcha sheva vakillari nutqiga xosdir va bu hol orfoepiya uchun me’yoriy hodisa hisoblanadi.
Orfoepiya notiqlik san’ati, nutq madaniyatidagi barcha talaffuz xususiyatlarining yig`indisini, radio, televideniyeni adabiy normaga solib turuvchi mezon hisoblanadi. Angliya, Buyuk Britaniya, Amerika kabi o`nlab rivojlangan mamlakatlarda matbuot sohasida, ayniqsa, televideniyeda orfoepik me’yorlarga qat’iy amal qilish talab etiladi. Talaffuz normalaridan chetga chiqish hollari ro`y bergan ko`rsatuvlar (u har qanday dolzarb masalalar bilan bog`liq bo`lishidan qat’iy nazar) efirga berilmaydi, mabodo bunday ko`rsatuvlar tasodifan efirga uzatilsa, ko`rsatuvni tayyorlagan jurnalistga televideniye muharririga katta miqdorda jarima solinadi, ba`zi holatlarda ular ishdan chetlatilishi ham mumkin.
O`zbekiston televideniyesi, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari haqida hamma vaqt ham bunday gapni aytib bo`lmaydi. Ba’zi radio eshittirishlarida, televideniye ko`rsatuvlarida shevaga berilib, bu holatni “xalqona soddalik”, “dehqontabiatlilik” sifatida izohlab, adabiy talaffuz me’yorlarini qo`pol ravishda buzish madaniyatsizlikning bir ko`rinishi ekanligini unutmasligimiz lozim.
Orfografiya grekcha so`z bo`lib, orthos – to`g`ri va grafo – yozaman, “to`g`ri yozuv” degan ma’noni ifodalaydi. Orfografiya tovush va harflar, so`z va uning ma’noli qismlari, qo`shma, juft, takroriy, qisqartma (jumladan, shartli qisqartmalarning ham) so`zlarning qo`shib, ajratib va chiziqcha orqali yozilishi, bo`g`in ko`chirish, bosh hamda kichik harflardan foydalanish o`rinlari haqidagi yagona qoidalar tizimidan iboratdir. Orfografiya og`zaki nutqni yozuv orqali to`g`ri ifodalash uchun har bir tilning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yozuv qoidalarining umumiyligini ta’minlaydi.Bu esa og`zaki nutqni imloda bir xil yozish imkoniyatini tug`diradi. Odatda, adabiy til ma’lum me’yorlarga ega ekanligi bilan shevalardan farqlanib turadi. Og`zaki nutqda ham, yozma nutqda ham muayyan me’yorlarga rioya qilish nutq (og`zaki va yozma)ning aniq, ravon va tushunarli bo`lishiga yordam beradi. Adabiy tilni to`liq egallash uchun esa til va nutq me’yorlarini bilish hamda unga rioya qilish shart. Orfografiya to`g`ri yozish qoidalarini belgilashda ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Tilshunoslikda orfografiyaning quyidagi prinsip (tamoyil) lari qayd qilinadi: fonetik, morfologik, tarixiy - an’anaviy va shakliy (simvolik yoki ideografik) prinsiplar.
Do'stlaringiz bilan baham: |