2.2 XVIII asrda Angliyada siyosiy jarayonlar.
ХVIII asrda hokimiyat tulaligicha ikki palata - lordlar palatasi va jamoalar
palatasidan iborat parlament qo'lida edi. Jamoalar palatasi aholi tomonidan
saylansa-da, mamlakatning 5,5 mln. aholisidan faqat 250 ming kishigina
saylov xukukiga ega edi. Kupgina yirik sanoat shaharlari parlamentda yoki
buto'nlay uz deputatlariga ega emas yoki deputatlar soni juda kam edi.
Masalan, 500 ming aholiga ega bo'lgan London shahri 4 ta deputatlik
o'rnigagina ega edi. Asr oxiriga kelib qirolning parlamentda ko'pchilik o'ringa
ega bo'lgan partiyalar vakillaridan vazirlarni tayinlashi odat tusiga kirdi. Bu
paytda parlamentda o'ringa ega bo'lgan asosiy partiyalar ikkita - tori va vigi
edi. 1707 yili parlament Angliya bilan Shotlandiya o'rtasidagi uniyani
qonunlashtirdi. Endi mamlakat BuYuk Britaniya deb atala boshladi.
Shotlandiya parlamenti tugatilib, uning deputatlari Angliya parlamenti
tarkibiga qushildi.1716 yili parlament vakolatining uch yillik muddati o'rniga
olti yillik muddat o'rnatildi. 1714 yili Angliya taxtida turgan Oranskiylar
sulolasining oxirgi vakili vafot etdi. 1701 yili kabul qilingan «Taxt vorisligi
tug'risida bill» StYuartlarning taxtga kaytishi uchun imkoniyat koldirmagan
edi. Bill Yakov II-ning kizi Annani taxt vorisi deb e'lon qildi va uning vafotidan
sung (agar u farzandsiz bulsa) taxt Yakov I nevarasining avlodlari bo'lgan
gannoverliklar sulolasiga o'tishi tartibini o'rnatdi. Sudyalarni tayinlash va
ishdan olish parlament ixtiyoriga o'tdi.
12
Vazirlarning parlament oldida
mas'ulligi tamoyili kiritildi. Shunday kilib, davlat siyosatining muxim
masalalarini hal kilish buyicha amalda parlament ustuvorligi o'rnatildi.Yakov
II StYuartning taxtga kelishidan qurqib (u katolik edi) va Yuqorida aytilgan
«Taxt vorisligi tugrisida bill»-ga asoslanib parlament gannoverlik nemis
knyazlari sulolasidan, Yakov I-ning ajdodi Georg I (1660-1727)-ni Angliya
taxtiga taklif kildi. Gannoverliklar protestantlar edi va ingliz taxtini butun
12
Бондарчук В.С., Кирсанова Н.В., Медяков А.С. и др. История стран Европы и Америки в Новое время. В 2
частях. Часть 2. 1700-1815 годы. - М., 2011.
19
ХVIII asr davomida va ХIХ asr boshlarigacha egallab turdilar. Bu suloladan
bo'lgan dastlabki qirol Georg I inglizcha suzlashmas va davlat ishlariga
aralashmas edi. Gannoverliklarni viglar qo'llab-quvvatlaganligi tufayli Georg I
xam, Georg II (1683-1760) ham shu partiyaga suyanardi. Amalda hokimiyat
viglar partiyasining Robert Uolpol singari yulboshchilari qo'lida edi. R. Uolpol
20 yildan ortikroq (1721-1742) viglar partiyasiga, parlamentga, xukumat va
mamlakatga boshchilik kildi. Uolpol olib borgan nisbatan tinch tashki siyosat
viglarning asosan mustamlakalar hisobiga boyib borayotgan qismini
qanoatlantirmas edi. Ular yangi erlarni bosib olishni, yangi bozorlarni
egallashni talab qilardi. Muxolifatga Katta Uilyam Pitt boshchilik qildi. Uolpol
xukumatning siyosati parlamentni qanoatlantirmay qattiq tanqidga uchray
boshlaganda butun kabineti bilan iste'foga chiqqan birinchi bosh vazir bo'ldi.
1756-1761 yillari bosh vazir lavozimini Katta Pitt egallab turdi.
1760 yili
hokimiyatga kelgan Georg ИИИ (1738 –1820) otasi va bobosidan farqli
o'laroq hokimiyatni amalda boshqarishga harakat qildi. U vazirlarni shaxsan
tayinlash huquqidan foydalanib, bu lavozimlarga qirolga sodiq va asosan
bo'ysunuvchi kishilarni tanladi. Bu kishilar «qirolning do'stlari» nomini
oldi.1773 yili hukumatga Kichik Pitt boshchiligidagi yangi torilar keldi. Kichik
Pittning parlamentni isloh qilish borasidagi harakatlari deputatlarning
qarshiligiga uchradi. Shunda Kichik Pitt parlamentni tarqatib Yubordi va yangi
saylovlar e'lon qilib, unda g'alaba qozondi. Biroq Kichik Pittning parlament
islohoti qirol va viglar qarshiligi tufayli amalga oshmadi. Keyin esa boshlanib
ketgan Fransuz inqilobi va uning oqibatlari islohotga to'sqinlik qildi.Tashqi
siyosatida ikkita bosh yo'nalish bor edi: birinchidan, qit'adagi biron-bir
davlatning kuchayib ketishiga yo'l qo'ymaslik va ikkinchidan, yangi
mustamlakalarni egallash. Angliyaning bu yo'ldagi bosh raqibi Fransiya edi.
Ikkala davlat o'rtasidagi ispan taxti uchun bo'lgan urush (1701–1714) Angliya
uchun foydali bo'lgan Utrext sulhi bilan yakunlandi. Angliya Gibraltar,
Minorka oroliga, Fransiyaga qarashli bo'lgan Gudzon ko'rfazi qirg'oqlaridagi
20
keng erlarga, ispan mustamlakalari bilan savdo qilish huquqiga hamda
Amerika mustamlakalariga qullar etkazib berish huquqi – «asiento»ga ega
bo'ldi.
Qirol «remonstrasiyani» imzolashdan bosh tortdi va aksilinqilobiy
to'ntarish uYushtirmoqchi bo'ldi. Lekin buning ustudan chiqaolmadi.
Londonga etib kelgan minglab xalq ommalari parlamentni saqlab qoldilar.
1642 y. yanvarida qirol unga sodiq bo'lgan shimolga jo'nab ketdi va
parlamentga urush e'lon qildi.1642-1647 yy. birinchi fuqarolar urushi bo'lib
o'tdi. Qirol shimoliy grafliklarga tayangan bo'lsa, parlament iqtisodiy jihatdan
rivojlangan janubiy-sharqiy grafliklarga tayanar edi. Yaxshi tayyorgarlik va
jangovorlikka ega bo'lmagan, qisman yollanma askarlardan iborat parlament
armiyasi 1644 yilgacha mag'lub bo'lib kelaverdi. Parlament va armiya
boshqaruvida ko'pchilikni tashkil etgan presviterianlar urushni jadal olib
borishmadi. Urushdagi burulish parlamentdagi radikal kamchilik-
independentlar faoliyati bilan bog'liq. Independentlar etakchisi Oliver
Kromvel (1599-1658) boshchiligida yangi turdagi inqilobiy armiya tuzildi. Bu
armiya 1644 yildan boshlab royalistlarni mag'lub qila boshladi. Hal qiluvchi
jang 1645 yil iYun oyida Neyzbi yonida bo'lib o'tdi va bu jangda royalistlar
mag'lub bo'lishdi.
Shunday qilib, ХВИИИ asrning 60-yillaridayoq BuYuk
Britaniya qo'pgina mustamlakalarga ega bo'ldi: Shimoliy Amerikada 13 ta
shtat, Kanada, NYufaundlend oroli, Karib dengizidagi orollar, Hindistonning
bir qismi va Afrikadagi faktoriyalar shular jumlasidan edi. Shu tariqa BuYuk
Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos solindi. Angliya «dengiz
hukmroni»-ga aylandi.ХIХ asrning o'rtalariga kelib Angliyada sanoat
to'ntarilishi yakunlandi. Texnik ixtirolar va turli mashinalar ingliz sanoatining
barcha tarmoqlarida qo'llanardi. To'qimachilik va ip-gazlama sanoati ilg'or
sanoatlardan edi. Lekin, 30-40-yillarda og'ir sanoati va ayniqsa uning Yuragi
bo'lmish mashinasozlik jadal rivojlanardi. Angliya boshqa davlatlarga turli
mashinalarni eksport qila boshladi.Avvalroq Angliya Portugaliyaning iqtisodiy
va siyosiy tobeligiga erishgan edi. Ispaniyadan Yamayka orolini hali
21
protektorat paytidayoq tortib oldi, Ispaniya va Gollandiya bilan raqobat ham
Angliya foydasiga hal bo'ldi.Butun ХVIII asr davomida Angliya Fransiya bilan
qizg'in kurash olib bordi. O'sha davr kishilari bu kurashni «ikkinchi Yuz yillik
urush» deb atadilar. 40-yillarda savdo raqobati Amerikaga ko'chib, Kanada
uchun urushga aylandi. 1760 yilga kelib inglizlar Fransiyaning Kanadadagi
asosiy tayanch nuqtalari – DYuken, Kvebek va Monrealni egallab oldilar, 1763
yili esa fransuzlarni Kanadadan umuman siqib chiqardilar.Hindistondagi
kurash esa shiddatliroq bo'lib, uzoqroq davom etdi
13
. Angliyaning Ost-Indiya
kompaniyasi hali ХVII asrdayoq Bombey (Mumbay) ni egallab, bir nechta
mustahkamlangan portlarni barpo qildilar. Fransuzlar ham bir nechta dengiz
bazalari va mustahkamlangan punktlarni qurdilar. Boburiylar imperiyasi
qulagandan so'ng paydo bo'lgan hind knyazliklari o'rtasidagi ziddiyatdan
foydalanib, ikkala davlat ham ularning ichki ishlariga faol aralasha boshladi.
Fransuzlar bilan inglizlar o'rtasida ochiq urush ХVIII asr o'rtalarida boshlanib,
inglizlar Hindistonning shimoli-sharqi – Bengaliyani tortib oldi. Keyinchalik
esa Bengaliya, Bixar, Madras va boshqa bir qator viloyatlar ham inglizlar
qo'liga o'tdi. Qator yirik hind knyazliklari Angliyaga qaram bo'lib qoldilar.
Fransiya esa Hindistonda beshta punktni, uni ham mustahkamlamaslik sharti
bilan qo'lda ushlab qoldi.
Shunday qilib, ХVIII asrning 60-yillaridayoq Buyuk
Britaniya qo'pgina mustamlakalarga ega bo'ldi: Shimoliy Amerikada 13 ta
shtat, Kanada, Nyufaundlend oroli, Karib dengizidagi orollar, Hindistonning
bir qismi va Afrikadagi faktoriyalar shular jumlasidan edi. Shu tariqa BuYuk
Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos solindi. Angliya «dengiz
hukmroni»-ga aylandi.ХIХ asrning o'rtalariga kelib Angliyada sanoat
to'ntarilishi yakunlandi. Texnik ixtirolar va turli mashinalar ingliz sanoatining
barcha tarmoqlarida qo'llanardi. To'qimachilik va ip-gazlama sanoati ilg'or
sanoatlardan edi
14
. Lekin, 30-40-yillarda og'ir sanoati va ayniqsa uning Yuragi
13
Бондарчук В.С., Кирсанова Н.В., Медяков А.С. и др. История стран Европы и Америки в Новое время. В 2
частях. Часть 2. 1700-1815 годы. - М., 2011.
14
Бовыкин Д.Ю., Уваров П.Ю., Чудинов А.В. История Нового времени: 1600-1799 годы.- М., 2007.
22
bo'lmish mashinasozlik jadal rivojlanardi. Angliya boshqa davlatlarga turli
mashinalarni eksport qila boshladi.Mamlakatda temir yo'llar qurilishi ham
rivojlandi. Parovoz 1814 yili Dj.Stivenson tomonidan ixtiro qilindi. Dunyodagi
birinchi temir yo'li Stokton-Darlington yo'nalishi bo'yicha 1825 yilda qurib
bitkazildi. 1849 yilga kelib mamlakatdagi temir yo'llar uzunligi 9,5 ming km.
tashkil etdi.Amerikalik R.Fulton tomonidan paroxod (bo'g' kemalari) ixtiro
qilinishi (1807 y.) kanallardan transport yo'llari sifatida keng foydalanishga
imkoniyat yaratdi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |