II bob
ХVIII asrning birinchi yarmida Angliya.
2.1 Angilyaning ijtimoiy iqtisodiy ahvoli.
XVII asr burjua inqilobi Angliyada boshqarishning feodal-mustabid tizimini tugatdi
va bu bilan kapitalizmning bundan keyingi taraqqiyotiga xalaqit berib turgan eng
asosiy to'siqni bartaraf etdi. Shuning ychun ham XVII asrning oxiri va butun XVIII
asr Angliya uchun ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sish davri bo'ldi, bu esa
pirovard natijada ayni shu mamlakatda ishlab chiqarishning yangi shakilarini
yaratishga-mashinalashgan yirik kapitalistik ishlab chiqarishning g'alabasiga olib
keldi. Dunyo mamlakatlari orasida dastlab Angliyada kapilalistik fabrika bunyud
qilinib, bu fabrika undan oldin o'tgan mahufakturaga qaraganda kapitalistik
xo'jalikning xiyla etuk va rivojlangan ko'rinishi edi. Ammo Angliya tarixida XVIII asr
boshqa jihatdan ham muhim bo'ldi. XVIII asrda ingliz parlamentar tizimi, ya'ni
yangi zamondagi burjua davlatiga xos shakli tashkil topdi. Bu hukumatning oldida
mas'uliyatli ekanligida, umumpalatasida qaysi siyosly partiya ko'pchilikka ega
bo'lsa, o'sha siyosiy partiya rahbarlaridan ministrlar tayinganligida o'z ifodasini
topdi. Keyinchalik ministrliklarning parlament oldida javobgarligi prinsipini
Yevropadagi hamda dunyoning boshqa qit'alaridagi burjua mamlakatlarining
ko'pchiligi biror shaklda qabul qildilar. ХVIII asrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ikki
o'ta muhim jarayon ro'y berdi: ХVI asrda boshlangan agrar inqilob yakunlandi;
g'ov tutish va dehqonlarni erlardan haydab chiqarish ulkan ko'lamda amalga
oshirildi. G'ov tutishlarga qarshi kurashganlar qattiq jazolanardi. Ko'plab
xonavayron bo'lgan dehqonlar, yollanma qishloq ishchilari va qishloq
xunarmandlari shaharlarga ish qidirib kelardilar, qashshoqlar va daydilar safiga
qo'shilardilar.
6
Dehqonlar va mayda xunarmandlarning xonavayron bo'lishi
oqibatida arzon ishchi kuchi bozori paydo bo'ldi, bu esa, o'z navbatida, yollanma
mehnatning rivojlanishiga ko'maklashdi. Qishloq xo'jaligida dehqonlarning mayda
6
Иглз Р. История Англии. Пер. с англ. Г. В. Горевцова. – М. , 2008.
История дипломатии в 5-ти томах. М.: Наука, 1959-1960.
12
egaliklari o'rniga o'rta va yirik fermerlik xo'jaliklari shakllandi. Xonavayron
dehqonlarning qo'plari Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarga yo'l oldi.
Mamlakatda moliyaviy doiralarning qudrati oshib bordi. 1694 yilda Ingliz bankiga
asos solindi. Ushbu muassasaning zayomlari va pul operasiyalari tufayli ХВИИИ
asrda sertarmoqli moliyaviy tizim vujudga keldi.ХVIII asr sanoatida ham sezilarli
o'zgarishlar ro'y berdi. Mayda ishlabchiqarish o'rnini manufakturalar egalladi.
Ingliz sanoatining qiyofasini o'zgartirib Yuborgan ixtirolar qilindi: Dj. Keyning
uchuvchi (tezkor) mokisi (1733 y.), Dj. Xargrivsning “Djenni” nomli mexanik
yigiruvchi charxi (1765 y.), R.Arkraytning suv dvigateli bilan harakatga
keltiriladigan stanok (dastgoh) (1769 y.), G.Kortning mineral yonilg'ida po'lat
eritish usuli (1784 y.) va boshq.1765 yilda Djeym Uatt bo'g' mashinasini qurdi,
1771 yilda esa uni takomillashtirdi. Bu ixtiro fabrika ishlab chiqarishi uchun ulkan
ta'sirga ega bo'ldi. Sanoat korxonalarining daryolar energiyasiga bog'liqligiga
barham berildi va bu holat fabrikalarning barcha joylarda qurilishiga olib keldi.
Mamlakatda yangi sanoat markazlari Yuzaga keldi – Manchester, Birmingem,
Liverpul va boshq. Sanoatning rivojlanish fabrikalarida ishlaydigan yollanma
ishchilar qatlamini shakllantirdi. Fabrikalardagi mehnat o'zining og'irligi va bir
xilligi bilan ajralib turardi. Ish kuni 14-18 soatdan iborat bo'lib, maosh o'ta kam
miqdorda to'lanardi.
7
Fabrikalarda ko'plab ayollar va bolalar mehnat qilardilar.
Yangi mashinalarning ixtiro qilinishi ko'plab ishdan bo'shatishlarga olib kelardi.
Mashinalarni sindirish va majaqlab tashlash (luddchilik) ishchilar noroziligining
dastlabki shakllaridan biri edi
8
.XVIII asrning ikkinchi yarmida stachka (ish tashlash)
harakati Yuzaga keldi. Ishchilar asta-sekin birlashdilar va o'z huquqlari uchun
kurashni boshladilar.ХVIII asrda ingliz Ma'rifatchiligi gullab - yashnadi. Dj. Lokk, Dj.
Toland, G.Bollingbrok va boshqalarning asarlari bunga zamin yaratdi. Ingliz
ma'rifatchilari shaxs erkinliklarining ustunligini, xalq suvereniteti va uning siyosiy
7
Айзенштат М.П. Британия нового времени: политическая история . - М., 2007.
13
hayotda ishtirok etish huquqini e'tirof qilardilar.Iqtisodiy o'sish talablariga mos
ravishda iqtisodiy nazariyalar ham paydo bo'ldi. Adam Smit davlatning iqtisodiy
boyishi, erkin raqobat va qiymat nazariyalarini yoqlab chiqqandi. Yangi siyosiy
ta'limot ham Yuzaga keldi. T.Men, Dj.Pristli, U.Goldvinning qarashlari radikal-
demokratik yo'nalishga ega edi.Bundan tashqari, Dj. Svift, L.Stern, O.Goldsmit,
L.Staun o'zlarining original asarlari bilan ajralib turardilar. Rassomlik san'atida
atoqli ustalar U.Xagart, Dj.Reynolds, T.Geynsboro ulkan cho'qqilarni
egalladilar
.
Yangi ip yigiruv mashinalarining qo'llanilishi natijasida endi
to'qimachilik ishi orqada qolib ketdi. Endi Keynning uchar mokisini
takomillashtirish kerak edi. Bu muammoga Endmund Karlrayt 1785 yilda ixtiro
qilgan mexanik to'quv stanogi barham berdi. Muayyan vaqt ichida 40 ta to'quvchi
qo'l kuchi bilan qancha mato to'qib chiqarsa, Kartrayt stanogi ham shuncha mato
to'qib chiqarar edi. Ammo Kartrayt stanogi XIX asrda qo'shimcha ravishda
takomillashtirilgandan so'ng qo'lda to'qishni keng ko'lamda siqib chiqara
boshladi.Dasllabki yirik mashinalarning dvigateli sifatida asosan suv kuchidan
foydalanildi. Fabrikalarning kopchiligi katta yo'llardan va bozorlardan uzoq bolsa
ham, odalda, daryolarga yaqin joylarga qurildi. Rivojlanib kelayotgan mashina
sanoati uchun yangi, universal dvigatel zarur edi. Bu xildagi dvigatel bug'
mashinasi tarzida angliyalik Jems Ualt tomonidan ixtiro qilindi. U bug' mashinasi
uchun patentni birinchi marta 1769 yilda, ikki tomonlama bug' beradigan
mashinasi uchun 2-patentni 1784 yilda oldi. Bug' dvigateli bilan ishlaydigan
birinchi
ip
yigiruv
fabrikasi
ham
1784
yilda
qurilgan
edi
9
.
XVIII asr ingliz sanoatida metallurgiyaning yirik sanoatga aylanishiga yordam
bergan boshqa bir qancha ixtirolar qilindi. 1735 yilda Abragam Derbi cho'yan
critish uchun toshko'mirdan foydalanish usulini ochdi. 1750 yilda Benjamin
Xentsman mineral yonilg'i bilan po'lal eritish usulini ixtiro qiSdi. Sanoatga
mashinalarning joriy qilinishi mehnat unumdarligini oshirdi. 1720 yilda Angliyada
9
Бугашев С.И. Уильям Питт Старший: политическая биография. – СПб., 1998.
14
18 ming tonna, 1802 yilda esa 250 ming tonna cho'yan ishlab chiqarilgan. Yirik
fabrika sanoalining rivojlanishi Angliyaning iqtisodiy gcografiyasini keskin
o'zgartirib yubordi. Agar ilgari mamlakalning aholosi zich va savdo-sotiq cng
rivojlangan qismi janubi-sharq bo'lgan bo'lsa, sanoat to'ntaruvi jarayonida ishlab
chiqaruvchi kuchlarning ko'p qismi u erdan shimoli-g'arb tomonga ko'chib o'tdi.
Manchester, Birmingem, Liverpul, Glazgo kabi shaharlar asosiy sanoat
markazlariga,aylandi.
Fabrikalarda mehnat og'ir bo'lib, ish vaqti sutkasiga 14-18 soalni tashkil qilar edi.
Yangi mashinalarning ixtiro qilinishi koplab ishi kuchlarini keraksiz qilib qo'ydi,
o'rtacha ish haqining kamaytirilishiga, ayollar va bolalarning arzon mchnatidan
foydalanishni csa kengaytirilishiga olib keldi. Ularning hammasi ishchilar o'rtasida
norozilikni kcltirib chiqardi. Bu norozilik masinalarni buzish, mehnat qurollarini
sindirish ko'rinishida ro'y berdi. 1769 yilda parlament mashinalarni buzganlar
uchun o'lim jazosi berish to'g'risida maxsus qonun qabul qildi. Mashinalarni
buzuvchilar - ludchilar - deb ( birinchi stanokni buzgan afsonaviy Hed Lud nomi
bilan) ataldi. Dastlabki paytlarda ishchilarning mashinalarga qarshi keskin kurashi
tabiiy hoi edi. Sanoat to'ntarishi davrida mashinalarni sindirish va majaqlab
tashlash, ishchi g'alayonlarining o'ziga xos shakllaridan biri bo'lib, bu davrda
ishchilar o'z kulfatlarining haqiqiy sababi kapitalistik munosabatlarning o'zida
ekanligini hali tushinib etmagan edi. Ludchilar harakati keyinchalik, XVIII asrning 2-
yarmidan ishchilarning ish tashlash harakati shaklini oldi. Sanoat inqilobi 1825
yilda J.Stefenson tomonidan paravozning ixtiro qilinishi bilan nihoyasiga etdi.
Mamlakatda temiryo'l qurilishi avj olib, 1850 yilda butun mamlakat temiryo'l to'ri
bilan o'rab tashlandi va ularning umumiy uzunligi 50 ming km.ga etdi
10
. Temiryo'l
qurulishi metallurgiya. mashinasozlik, tog'-kon qurilishi ishlariga turtki berdi. 20 yil
ichida cho'yan eritish 3 barobarga etib, 2 million tonnadan oshib ketdi.
Temiryo'llar qurilishi paravoz va vagonsozlikka ham keng yo'l ochdi. Sanoat
10
Иглз Р. История Англии. Пер. с англ. Г. В. Горевцова. – М. , 2008.
15
to'ntarishi katta ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar keltirib chiqardi. Yirik fabrika ishlab
chiqarishning g'laba qilishi natijasida Angliyada sanoat ishchilari paydo bo'ldi.
Sanoat to'ntarishi oddiy, qo’l bilan harakatlanadigan qurollarni mashinalarga,
ustaxonalarni fabrikalarga, hunarmandlarni ishchilarga, sobiq yirik savdogarlarni
fabrikantlarga,aylantirdi.
Sanoat to'nlarush shunday qilib, kapitalistik jamiyat taraqqiyotida muhim marra
edi. Bu ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi borasidagi juda katta sakrash va
ayni paytda kapitalizm ishlab chiqarilishi munosabatlarining shakllanishida yangi
bosqichedi.
30-40-yillarda Angliyada vigi va tori hukumatlari almashib hukmronlik
qilar edilar. 1830 yili vigilar g'olib chiqqan bo'lsa 1834-1835 va 1841-1846 yillarda
torilar hukumatni boshqardilar. 1832 yil parlament islohotlaridan so'ng tori
Do'stlaringiz bilan baham: |