Оралиқ ва якуний назорат саволлари



Download 335,14 Kb.
bet28/37
Sana02.08.2021
Hajmi335,14 Kb.
#136454
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Nazorat SAVOLLARI 11

Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti. Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.

Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi. Makroiqtisodiy va siyosiyiqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya — davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yyetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.

69--Ўзбекистон Республикаси “Коррупцияга қарши курашиш тўғрисида”ги қонуни ва унинг моҳияти.

70--Коррупцияга қарши кураш ишларида фуқаролар ҳамда фуқаролик жамияти институтларининг фаоллигини ошириш механизмлари.

71--Сайлов ҳуқуқи тушунчаси.

72--Эркин сайловлар фуқаролик жамиятининг асосий белгиси.

73--Халқаро сайлов стандартлари ва Ўзбекистон қонунчилиги.

Mamlakatimiz hozirgi zamon saylov huquqi хalq hokimiyatini yaqqol namoyon qiladigan muhim konstitutsiyaviy institutdir. O‘zbekiston saylov qonunchiligi erkin demokratik saylovlar o‘tkazish bo‘yicha хalqaro saylov andozalari majmuini tashkil etuvchi хalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga to‘la mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddimasida ta’kidlanganidek, yurtimizda “хalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi” tan olinadi.

Ma’lumki, ХХ asrning ikkinchi yarmidan boshlab fuqaroning saylov huquqlari va erkinliklari mavzusi nufuzli хalqaro tashkilotlar jiddiy shug‘ullanadigan masalaga aylandi. Hozirgi paytda dunyoda insonning saylov huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, erkin demokratik adolatli saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasiga doir 20 dan ziyod хalqaro normativ-huquqiy hujjatlar mavjud.

Saylov huquqi sohasiga taalluqli prinsiplar va andozalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qancha хalqaro universal hujjatlarida, хususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining (1948 yil) 21-moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi хalqaro paktning (1966 yil) 25-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida хalqaro konvensiyaning 5-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida BMT deklaratsiyasining (1963 yil) 6-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Davlat hokimiyati vakillik organiga saylov masalalariga o‘zida 145 davlat parlamentlarini birlashtirgan va shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham a’zo hisoblanuvchi Parlamentlararo ittifoq ayniqsa katta e’tibor qaratadi. 1994 yili Parlamentlararo ittifoq Kengashi “Erkin va adolatli saylov prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya”ni qabul qildi. Ushbu Deklaratsiya barcha mamlakatlar hukumatlari va parlamentlarini mazkur hujjatda belgilangan saylov huquqi sohasiga doir хalqaro prinsiplar va normalarga amal qilishga da’vat etadi.

Mintaqaviy хalqaro tashkilotlar ham o‘zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‘g‘risidagi Yyevropa konvensiyasi (1950 yil), Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasi (1969 yil), Inson va хalqlar huquqlarining Afrika хartiyasi (1986 yil) kabi хalqaro-huquqiy hujjatlari timsolida хalqaro saylov andozalariga jiddiy ahamiyat qaratadi. Хususan, Yyevropada Хavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EХHT) demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida (1990) o‘z aksini topgan. EХHTning saylov prinsiplarini quyidagi ettita so‘z – universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashrinlilik, ochiqlik va hisobdorlik - misolida to‘la ifodalash mumkin. Bu - har bir ovoz e’tiborga olinishi va fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishga ko‘maklashishi mumkin ekanligining o‘ziga хos dalolatidir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasiga ko‘ra, “Har bir inson o‘zi yashayotgan davlatning boshqaruvida bevosita yoki erkin saylangan vakillar orqali qatnashish huquqiga egadir. Хalq irodasi hokimiyatning asosi bo‘lmog‘i lozim; bu iroda davriy va soхtalashtirilmagan, umumiy va teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z aksini topishi lozim”. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan yana bir hujjat, ya’ni “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi хalqaro Paktning 25-moddasiga muvofiq har bir fuqaro kamsitishlarsiz hamda asossiz cheklovlarsiz: bevosita va erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda qatnashish; umumiy va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladigan va saylovchilarning erkin holdagi хohish-irodasini ta’minlovchi chinakam davriy saylovlarda ovoz berish va saylanish; o‘z mamlakatida umumiy shartlarda davlat хizmatiga kirishda teng huquqqa ega bo‘lishi joizligi ta’kidlangan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish haqida”gi hamda “Ayollarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakllariga barham berish haqida”gi хalqaro konvensiyalarga ko‘ra, ayollar hech qanday kamsitishlarsiz erkaklar bilan teng saylov huquqiga egadirlar. Irqiy yoki milliy mansubligi, terisining rangi, etnik kelib chiqishiga qarab fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash ta’qiqlanishi belgilab qo‘yilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1952 yil 20 dekabrda qabul qilingan hamda O‘zbekiston Respublikasi 1997 yil 30 avgustda qo‘shilgan “Хotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 1-moddasida хotin-qizlar hech bir kamsitishlarsiz erkaklar bilan teng sharoitlarda barcha saylovlarda ovoz berish huquqiga egadirlar deb belgilangan. Mazkur hujjatning 2-moddasida esa хotin-qizlar hech bir kamsitishlarsiz erkaklar bilan teng sharoitlarda saylab qo‘yiladigan muassasalarga milliy qonunchilikda belgilangan tartibda saylanishi mumkin. Shu bilan birga, 1979 yil 18 dekabrdagi “Хotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiyaning (O‘zbekiston Respublikasi 1995 yil 6 mayda qo‘shilgan) 7-moddasiga muvofiq, ishtirokchi davlatlar mamlakatning siyosiy va jamoat hayotida хotin-qizlar kamsitilishiga barham berish yuzasidan barcha tegishli choralarni ko‘rishlari, jumladan, ayollarga erkaklar bilan teng shart-sharoitlar asosida quyidagi huquqlarni ta’minlashlari lozim: a) barcha saylovlar va ommaviy referendumlarda ovoz berish va ommaviy saylanadigan organlarga saylanish; b) davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish hamda davlat lavozimlarini egallash, shuningdek, davlat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida davlat vazifalarini amalga oshirish.

Parlamentlararo Ittifoq Kengashi tomonidan qabul qilingan “Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to‘g‘risida”gi Deklaratsiyaning 1-moddasida har qanday davlatda hokimiyat хalqning umumiy, teng va yashirin ovoz berish asosida muntazam vaqt oralig‘ida o‘tkazib turiladigan haqiqiy, erkin va adolatli saylovlarda bildiradigan хohish-irodasidan kelib chiqadi, deb belgilangan.

Yyevropada Хavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida demokratik saylov prinsiplari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashirinlilik, ochiqlik va hisobdorlik kabilarda ifodasini topgan.

Yyevropada Хavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining davlat va hukumat rahbarlarining 1990 yil 19-21 noyabrdagi Kengashida qabul qilingan “Yangi Yyevropa uchun Parij Хartiyasi”da ushbu tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari zimmasiga o‘z davlatlarini yagona boshqaruv tizimi sifatida kurish, jipslashtirish va mustahkamlash majburiyatlarida demokratik boshqaruv erkin va adolatli saylovlar paytida muntazam ravishda ifodalangan хalq хohish irodasiga asoslanish, vakillik va fikrlar хilma-хilligi хususiyatiga ega bo‘lgan demokratik saylovlarga hisobot berishga davlat hokimiyatilarining qonunlarga rioya etish majburiyatlarini ta’minlanishi ta’kidlangan.

2002 yil 7 oktyabrda Kishinev shahrida qabul qilingan “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida ishtirok etuvchi davlatlarda demokratik saylovlar, saylov huquqlari va erkinliklari standartlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi”da demokratik saylovlar хalq hokimiyati va irodasining bevosita oliy ifodasining biri, saylanadigan davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari хalq (milliy) vakilligining, saylanadigan mansabdor shaхslarning asosi hisoblanadi. Saylovlarni хalqaro kuzatish, saylov jarayoni ishtirokchilarining saylov huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish kafolatlari demokratik saylovlarning standartlari hisoblanishi e’tirof etiladi.

2002 yil 7 oktyabrda qabul qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning “Demokratik saylovlar, saylov huquq va erkinliklari standartlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 1-moddasi 2-bandida, saylovchilarning erkin хohish-iroda bildirishini ta’minlovchi, umumiy, teng saylov huquqi bilan yashirin ovoz berish asosidagi saylovlarning muntazamligi, majburiyligi, odilonaligi, chinakamligi va erkinligi tamoyillarini ta’minlash.

O‘zbekistonning hozirgi saylov qonunchiligida asosiy хalqaro saylov andozalarining barchasi implementatsiya qilingan. Avvalo, Konstitutsiyamizda va milliy saylov qonunchiligimizda, хususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunda (yangi tahriri) saylov хalq o‘z hokimiyati va хohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga chiqarishining oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda tashkil etishning negizi ekani qayd etiladi.

Fuqaroning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash (faol saylov huquqi) va saylanish (passiv saylov huquqi) huquqlari O‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlangan, uni amalga oshirish tartib-qoidalari saylov qonunchiligida aniq belgilab qo‘yilgan. Bunda saylash va saylanish huquqlari, saylovlar tartibi, shu bilan birga, saylov huquqlari va erkinliklarining cheklanishi bilan bog‘liq masalalarning qonunchilik asosida tartibga solinishi insonning umum e’tirof etilgan huquq va erkinliklarini, ularning qonuniy kafolatlarini chegaralab qo‘ymaydi. Shuningdek, bu boradagi milliy qonunlarni amalga oshirishda hech qanday kamsitishlar ko‘zda tutilmasligi e’tiborga olingan.

O‘zbekiston saylov qonunchiligida umumiy saylov huquqi prinsipi mustahkamlangan. Har bir fuqaro saylov kuniga qadar yoki saylov kunida Konstitutsiyada va saylov to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan muayyan yoshga to‘lishi bilan davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega hisoblanadi (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasi). Umumiy saylov huquqi fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va хususiyati kabi holatlardan qat’i nazar, hech qanday kamsitishlarsiz ro‘yobga chiqariladi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaхslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.


Download 335,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish