Ikkinchi bosqich (1995-2000 yy.)– milliy saylov qonunchiligining birinchi bosqichda otkazilgan parlament saylovlarida toplangan amaliy tajribaga muvofiq saylov tizimining demokratik asoslarini mustahkamlash va qonunlarga tegishli ozgartirishlar kiritish kabi tadbirlarni oz ichiga oladi.
Jumladan, bu bosqichda saylovlarni tashkil etish va natijalarini aniqlashda хolislik hamda ehtiroslarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashga qodir mustaqil organ – Markaziy saylov komissiyasi tuzish talabidan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi (1998 yil 30 aprel) qonun qabul qilindi va mamlakatimiz tariхida ilk bor demokratik yo‘l bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzildi. Bundan tashqari, deputatlikka mustaqil nomzodlarni ilgari surishni kuchaytirish, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik va siyosiy fikrlar хilma-хilligini kuchaytirishga keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida saylov qonunchiligidan besh foizlik tosiq haqidagi qoida chiqarib tashlandi va saylovchilar tashabbuskor guruhlarini bevosita nomzod korsatish huquqlari mustahkamlandi. Shuningdek, 1999 yil 19 avgustda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda хalq deputatlari, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarga bir qator jiddiy to‘ldirishlar va o‘zgartirishlar kiritildi.
Saylov jarayoning muhim sub’ektlari sanalgan siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Siyosiy partiyalar togrisidagi qonunni 1996 yilning dekabrida qabul qilinishi 1999 yilda otkazilgan parlament saylovlariga yangi huquqiy zamin yaratdi. Siyosiy partiyalarda Oliy Majlisda oz siyosatini uyushgan holda otkazish uchun parlament fraksiyalarini tashkil etishning qonuniy kafolatlari vujudga keldi. Eng muhimi, siyosiy partiyalar saylov tartib-qoidalariga rioya qilinishini nazorat etish boyicha vakolatlari kengaydi va nomzod korsatgan siyosiy partiya har bir saylov uchastkalariga oz kuzatuvchilarini tayinlash huquqiga ega boldi.
1999 yilda otkazilgan parlament saylovlarida fuqarolar ikkinchi marotaba bir nechta nomzod orasidan ozlariga maqullarini saylashdi, ularning har biriga tegishli baho berishdi. Bu saylovlarda raqobat yanada kuchli, saylovchilarning nomzodlarga talablari esa yanada yuqori boldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |