Оралиқ ва якуний назорат саволлари



Download 335,14 Kb.
bet26/37
Sana02.08.2021
Hajmi335,14 Kb.
#136454
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
Nazorat SAVOLLARI 11

Davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boыщa barcha normativhuquqiy hujjatlarida fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlash va insonparvar huquqiy demokratik davlat barpo etish asosiy mak,sad qilib qo‘yilgan. Buning uchun mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilaetgan islohotlar  davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash yaqqol misoldir. Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq, etishda yuridik xizmat muhim rol uynaydi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi qisqa davr ichida yuridik xizmat hodimlarining huquq va burchlarini tartibga solish, qonuniylikni ta’minlashda ularning roli va mas’uliyatini oshirish zaruriyatidan kelib chiqib, bir qator qonunlar va boshqa normativhuquqiy hujjatlar qabul qilindi.

YUridik xizmatning shartnomaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish sohasidagi vazifalari va huquqlari O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviyhuquqiy oazis i to‘g‘risida»gi Qonunida belgilab qo‘yilgan.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jamiyatda qonunchilikka rioya etilishida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi, shartnomaviyhuquqiy va talabnomada’vo ishlarini amalga oshiradigan yuridik xizmatlari doimiy ko‘maklashib kelmoqda.

SHu bilan birga, yuridik xizmatlarning hodimlari qonun buzilishining oldini olish hamda ular bo‘yicha o‘z vaqtida choralar qurish uchun etarli va ta’sirchan vakolatlarga ega emasliklari sababli ularning faoliyati kutilgan samarani, yuridik xizmatlarni tashkil etishning tartibi, ularning shtat birliklarini belgilash me’yor va mezonlarining mavjud emasligi turli davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning tashkiliy shtat tuzilmasini oqilona belgilashni ta’minlashga imkon bermayapti.

YUridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlari samarali tashkil etilmagan. Mazkur sohadagi ishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan aniqlangan kamchilik va qonun buzilishlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni qurish bilan cheklanmoqda.

YUqoridagilardan kelib chiqib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, salbiy holatlarning to‘g‘ri qonuniy echimini togshsh maqsadida harakatlar strategiyasida bu masalaga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish, yuridik xizmat sohasini yanada takomillashtirish maqsadida 2017 yil 19 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «YUridik xizmat faoliyatshsh tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2733-son Qarori qabul qilindi. Qarorda yuridik xizmatlar tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va umumlashtirish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ishlarini samarali tashkil etish, yuridik xizmat hodimlarining moddiy ta’minot darajasi, mazkur sohaga oliy yuridik ma’lumot va amaliy tajribaga ega yuqori malakali qadrlarni jalb qilish, yuridik xizmatlar ishining sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni hamda davlat or­ganlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligini izchillik bilan kuchaytirish kabi masalalar begilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Kons­titutsiyam, «Advokatura to‘g‘risida»gi, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunlari, shuningdek, Jinoyat protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqa normativhuquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi asosida advokatura instituti takomillashtirilishi nazarda tutilgan.

Jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarining qurilishida advokat­ning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi ishlar ko‘zda tutilmoqda:

Advokat tomonidan dalillarni tuplash vaularni jinoyat ishi materiallariga kushish mexanizmы takomillashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi «Advo­katlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi tutrisida»gi qonunining 4moddasida, «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasida advokatlar sudlarda, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chikayotgan organlarda dalil sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tuplash huquqi egadirlar, deb belgilangan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 87-moddasida «himoyachi dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni: ishga taalluqli axborotga ega bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnoma­lar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali tuplashga xaqli» ekani qayd etilgan. Endilikda Harakatlar strategiyasi asosida advokatlarning dalillarni tuplash va ularni jinoyat ishi materiallariga kushish tartibi takomil­lashtiriladi.

Sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshsa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumotmaslax,atlarini surash va olish tartibi aniqlashtiriladi, O‘zbekiston Respublikasi «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunining 6moddasida, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida advokatlarning huquq, va vakolatlari keltirilgan bo‘lib, ushbu huquqlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida aniq berilmagan. Masalan, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunining 4moddasida «Muayyan ishni olib borishga advokatning vakolatli ekanligi order bilan tasdiqlanadi» deb keltiriladi. Advokatlar so‘rovnoma bilan davlat organlari, tashkilotlari yoki muassasalariga murojaat qilganida so‘rovnomaga advokatlik orderi ilova qilinmaganligi vaji bilan yuk,orida keltirilgan qoidaga asoslanib, so‘rovnomani javobsiz koldirish holatlari uchrab turadi. SHu kabi tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida Harakatlar strategiyasi asosida sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha davlat organi va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnoma va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma’lumotmaslahatlarini surash va olish tartibi aniqlashtiriladi.

Advokatura institutini yanada musta\kamlash maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:

1.           Advokatlarga hakamlik sudlarida %akam sifatida ishtirok etish huquqini berish. Advokatlarni nizolashuvchi taraflarning o‘zaro kelishuviga muvofiq nizoni hakamlik sudida ko‘rib chiqish uchun hakamlik sudi sudyasi sifatida tanlash imkoni berilmoqda. Natijada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi nizolarga davlat aralashuvi minimallashadi, nizolarni sudgacha xal qilish tartibi keng kullanilishiga erishiladi.

2.           Advokat so‘rovini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish.

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) organlari tizimini isloh etish, bu borada qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish fuqarolikhuquqiy va xo‘jalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida notarial idoralarni yanada rivojlantirishga, aholiga qulay va sifatli huquqiy yordam ko‘rsatilishiga, notarial idoralarni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga, notarial idoralar va FXDYO organlari faoliyatiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishga xizmat qilishi shubxasiz.

42--Макроиктисодий баркарорликни янада мустахкамлаш

O‘tgan 26 yillik mustaqil taraqqiyot davrida iqtisodiyotda ma’muriybuyrukbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pulkredit siyosati puxta uylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va kulan sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

SHularni e’tiborga olib, Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishnnng quyidagi vazifalari belgilab olindi:

-    makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish xdsobidan yalpi ichki maxsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

-    harajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan xolda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

-    soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;

-    ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;

-    bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;

-   sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;

-   xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan alokdlarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.

43--Юкори иқтисодий ўсиш суръатларини саклаб колиш.

Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tupitganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi.

YUzaga kelayotgan noiqtisodiy kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 2017-2021 yillar davomida nakd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish hamda bozor mexanizmlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish belgilangan. Ikkinchidan, maxsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020 yilda uni bekor qilish vazifasi belgilangan. Uchinchidan, nakdsiz hisobkitoblar xajmi va kamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida to‘lovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy etish va tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanishini qisqartirish lozim. Buning uchun aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablag‘lari hisobidan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga kiritish; bank plastik kartalari orqali hisob raqamlarga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan («SMSbanking», «Internetbanking», «Mobilbanking») foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; bank plastik kartalari orqali jismoniy shaxslarning depozit hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini kengaytirish; to‘lov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi mivdorini ikki martaga qisqartirish; plastik kartadagi mablag‘larni boshqa kartaga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish; valyuta va soliq nazoratinn soddalashtnrishni o‘z ichiga olgan elektron tijoratni rivojlantirishni rag‘batlantirish, plastik kartalar bo‘yicha o‘zaro hisobkitob qilish tizimida olinmagan tovar va foydalanilmagan xizmat uchun to‘lovni qaytarishning tartibtaomillari va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash, pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish, nakd pul muomalasi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativhuquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bugungi vokelik nuqtai nazaridan dolzarb bo‘lib qolmoqda. Buning uchun davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni davlat sektorida hisobga olishning xalqaro standartlariga moslashtirish orqali ularning shaffofligini ta’minlash hamda pulkredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, shu jumladan, iqtisodiyotning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qayta moliyalashtirish stavkasini tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xalqaro globallashuv jarayonlarining chuqurlashib borayotgani mamlakatlarning valyuta siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda va qator davlatlarda «golland kasali»ning yuzaga kelishiga turtki bermoqda. «Golland kasalligi» tabiiy resurs manbalarining kashf etilishi natijasida mamlakat sanoatlashuv darajasining pasayib ketishi, dav­lat milliy valyutasining kuchli revalvatsiyalanishi va natijada mamlakat eksport tovarlari raqobatdoshligining sezilarli darajada pasayishini anglatadi. «Golland kasalligi»ga uchragan davlatda asosiy eksport tovarlarini ishlab chiqarishga asoslangan mamlakat qayta ishlash sanoatida ksskin pasayish yuz beradi va mamlakatning an’anaviy eksport tushumlari manbai bo‘lgan qayta ishlash sanoatiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir vujudga keladi. Tabiiy resurslar uchun qulay baholar sharoiti yo‘qolgach, mamlakatning kuchsizlangan an’anaviy sanoati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi ancha og‘ir kechadi.

YUqoridan ta’kidlangan «kasallik»ning oldini olish uchun Harakatlar strategiyasida bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l kuymayotgan to‘siqdarni bartaraf etish uchun 20182019 yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, jumladan, quyidagi vazifalar belgilanmoqda:

 bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari etarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash;

-    boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, shu jumladan, xorijdagi ilg‘or tajribalar asosida tijorat banklarida menejment tavakkal­chiligi samaradorligini yanada oshirish;

-    tijorat banklari faoliyatiga, shu jum­ladan, kredit siyosatiga davlat hokimiyati organlari tomonidan ma’muriy aralashuvlarning

oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik;

-    tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli mikdorini doimiy oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsiyaviy loyihalarni moliyalash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko‘lamini yanada oshirish;

-    banklarga xos bo‘lmagan vazifalarni istisno etish bo‘yicha amaliy choralarni qurishni nazarda tutuvchi dastur loyihasini ishlab chiqish.

Moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasini yaratish va bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyixdeida quyidagilarning aks etishi rejalashtirilgan:

-    mustahkam moliyaviy institutlar (banklar, sugo‘rta kompaniyalari, yirik davlat kompaniyalari, aksiyadorlikjamiyatlari)ga kimmatli kogozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish;

-    kimmatli kogozlar bozorini muvofiqdashtirish bo‘yicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki kimmatli kogozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatidagi faoliyati samaradorligini oshirish;

-    kimmatli kogozlarni dastlabki va qo‘shimcha emissiya qilishni davlat ruyhatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish;

-    sugo‘rta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, sug‘o‘rta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning xajmini kengaytirish;

-    alohida milliy korxonalar aksiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlash.

Ushbu hujjatlarning kuchga kirishi oqibatida byudjet harajatlarini yanada optimallashtirish, mahalliy byudjetlar tasarrufida koladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarning ruyhati va mikdorini qayta ko‘rib chiqish orqali shahar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mintaqalar mablag‘larini boshqarish bo‘yicha mustaqilligini oshirgan xolda, fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish imkoni yaratiladi.

Harakatlar strategiyasida ko‘tarilgan yana bir muhim masala bu soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yaxshilashdan iboratdir. Ushbu masalani xal etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1) soliq qonunchiligini tanqidiy o‘rganish va tahlil qilish, huquqni qo‘llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqka tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash;

2)     soliq yukini, xususan: yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq mikdorini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatish (masalan, uzok va borish qiyin bo‘lgan) joylarini hisobga olgan xolda, qayta ko‘rib chiqish; yirik korxonalar uchun soliq yukini maqbullashtirish hisobidan uni izchil pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda kullanilayotgan soliqka tortish tartiblari ular faoliyatiga bevosita ta’sir etib, kelgusi moliya yiliga nisbatan tegishli qarorlarni qabul qilishlarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Aynan davlat soliq siyosati instrumentlari orqali ularning iqtisodiy faollik darajasini oshirishga erishilmoqda. CHunki kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligini belgilovchi omillarga korxona to‘laydigan soliqlar va yigimlarning ta’sir doirasi yuqoridir.

44--ЯИМ тушунчаси ва унинг давлат иқтисодий ҳаётидаги роли.

45—Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyosv tomonidan qabul qilingan zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat kamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamkatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi[1]. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkibiy o‘zgartirishlarni chutsurlashtirish, milliy itstisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish masalasi turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga \guljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida «Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘anievich Karimov bugun oramizda yo‘q,. Biroq Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz uz ishimizda doimo suyanamiz», deb ta’kidlab utildi[2].

Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqdarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyik.

2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 164ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug‘gaz turbinasi va Angren IESda kumir kukunidan foydalanishga mo‘ljallangan 130150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, «Indorama Kuksj tekstil» xorijiy korxonasi va «Fanteks» MCHJda yigiruv ishlarini tashkil etish, «GM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida «T250» rusumidagi engil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish». shu bilan birga, «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo‘shma korxonasida steril shpritslar ishlab chiqarish» va boshqa loyixdlar shular jumlasidandir.

Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2017-2021 yillarda aholining energiya ta’minotini yaxshilash uchun kumir kazib olish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobidan kumir kazib olishni yiliga 7,8 million tonnaga oshirish imkonini bsruvchi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mamlakatimizda iqtisodist tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan say-harakatlar, ularning natijalari atroflicha muxrkama qilinmoqda.

46--Milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish.

Milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish masalasini xal etish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini yuksaltirish asosida ishchilar sonini ko‘paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar natijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va ishchilar soni ko‘payadi.

Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanish dinamikasidagi muhim o‘zgarish korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyaning amalga oshirilgani hisoblanadi.

Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvor ahamiyat institutsional islohotlarning sifatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, sanoat ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotining real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘rta va uzok muddatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.

SHu bilan birga, Harakatlar strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatdosh muhitni shakllantirish hamda maxsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Mazkur yo‘nalishda avvalambor ushbu sohani tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish nazarda tutiladi. Mazkur qonunda quyidagilar aks ettirilishi rejalashtirilgan:

-   korxonalarning birlashishi va kushib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;

-   raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi ko‘rash mexanizmlarini takomillashtirish;

-   ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik sub’ektlarining hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish;

 manfaatlar tuknashuvini bartaraf etish maqsadida shu’ba korxonalar tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shu’ba korxona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini taqiqlash.

Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda turizm indo‘striyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistiq xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga olib keladigan o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, shuningdek, 2017-2021 yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Mazkur vazifaning amalga oshirilishi turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistiq xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi. SHu bilan birga, «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunning yangi taxririni ishlab chiqish natijasida turistiq sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab beriladi, mazkur sohada tadbirkorlikning keng rivojlanishiga zamin yaratiladi.

Mamlakatimiz eksport salohiyatidan samarali foydalanish va uni kengaytirishda eksportchi korxonalarning maqsad va vazifalarini aniq belgilash, ularni amalga oshirish yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, eksport strategiyasini shakllantirish korxonalarning hozirgi paytda kuchli raqobat sharoitida uz o‘rni va mavqeni to‘g‘ri belgilab olishiga yordam beradi. Jahon bozorlarida raqobatning keskin tue olishi shuni ko‘rsatmoqdaki, endilikda korxonalar uz maqsad va vazifalarini belgilashda nafaqat max,sulotga bo‘lgan oddiy talab va taklifdan kelib chiqishlari kerak, balki birinchi navbatda, salox,iyatli iste’molchilarining ex,tiyojlari, x,oxlshistaklari hamda maqsadlarini doimo dikkat markazda to‘tib, ularni chuqur o‘rganishlari va shu sharoitga mos keladigan strategiyani amalga oshirishlari muhim bo‘lib qolmoqda.

Oxirgi yillar davomida diversifikatsiya qilish va iqtisodiyot sohalarining raqobatdoshligini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida jaxrn iqtisodiyotida inkiroz x,olatlari hamon saqlanib turgan va jax,on bozoridagi narxlar darajasi pastligi mamlakatimizning asosiy eksport sohalariga ta’sirini kamaytirishga erishildi.

YUrtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda mamlakatning salohiyatini kuchaytirish maqsadida xorijga maxsulot etkazib berish xajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan maxsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida «Mamlakatimiz

iqtisodieti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017 yilda so‘zsiz xal qiluvchi faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur», deb ta’kidlagani bu borada kelgusida ulkan ishlar amalga oshirilishidan darak beradi[3].

Ushbu ma’ruzada davlatimiz rahbari mazkur sohaning holatiga tanqidiy baho berib, mashinasozlik kompleksida import xajmi eksportdan bir necha barobar yuqori bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi esa importga nisbatan 20 foizdan kam ekanligi hamda ayni vaqtda mashinasozlik kompleksi, «Uzfarmsanoat» konserni va «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda import xajmi eksport xajmidan unlab marta ko‘p ekanini aytib utdi. SHu bilan birga, «Uzqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida mahalliylashtirilgan maxsulotlar xajmi import mikdoriga nisbatan 2530 foizdan oshmasligi ta’kidlab utildi.

YUqoridagilardan kelib chiqib, Harakatlar strategiyasidagi mamlakatimizning 2017 yil uchun dasturida eksportga mo‘ljallangan maxsulotlarni yuqori darajada mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini rivojlanti­rish dasturini tasdiqdash ko‘zda tutilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va modernizatsiya qilish, raqobatdosh, eksportbop maxsulot hamda materiallarni ishlab chiqish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

2018-2021 yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini qabul qilish ham 2017 yildagi asosiy vazifa bo‘lib unda quyidagilar nazarda tutiladi;

-     yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan maxsulotlarni eksport qilishni kengaytirish;

-     O‘zbekiston uchun savdo aloqalarini ri­vojlantirish borasidagi maqsadli bozorlarni aniqlash;

-   tashqi bozorlar kon’yunkturasini o‘rganish asosida katta xajmdagi eksportbop tovarlarni ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish;

-   tashqi bozorlarni marketingga xos o‘rganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

-   belgilangan bozorlarni asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o‘zaro hamkorlik o‘rnatish orqali milliy maxsulotlar bilan ta’minlash;

-   xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish, ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda maxsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish.

Transport-kommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilishi mamlakatimizning xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda. 2015-2019 yillarda muxandislikkommunikatsiya va yo‘ltransport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturiga muvofiq 2016 yilda Respublika Iul jamg‘armasi tomonidan 520,1 kilometr avtomobil yo‘llari qurilishi va ta’mirlanishi yakunlandi.

Fargona vodiysini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan ishonchli tarzda boglovchi, Qamchiq dovonidan 19,2 kilometr uzunlikdagi er osti yo‘li orqali utuvchi yangi Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i kurildi. Mazkur temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oluvchi yagona temir yo‘l tizimi to‘liq yaratildi.

Toshkent-Buxoro va Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» yo‘lovchi elektr poezdlari katnovi yo‘lga qo‘yildi. 291,5 kilometr uzunlikdagi Samarkand-Buxoro temiryo‘l qismini elektrlashtirish loyidasi yakunlandi. Havo kemalari parki 2 ta zamonaviy «Boeing 787800 Dreamliner» samolyoti bilan to‘ldirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2016 yilda kj tashish xajmi 5 foizga, shundan avtomobil transportida 5,3 foizga, xavo transportida 8,8 foizga oshdi.

SHu sababli yo‘ltransport, muxandislikkommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat kiliщ hamda ularga erishish lozim.

YAkuniy maqsad  iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishonchli infratuzilmani shakllantirish, shahar va qishloq aholisiga qulay shart-sharoit yaratib berishdir»[4].

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish doirasida 2017 yilda axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududlarida 2300 kilometr optik tolali aloqa tarmoqlarini qurishga 5,7 million dollar mablag‘ jalb etiladi. Buning natijasida mamlakatimiz aholisining yuqori tezlikda Internetga ulanishi, multime­dia va IPTV xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

20172018 yillar davomida «O‘zbektelekom» kompaniyasi mablag‘lari, xorijiy investorlar kreditlari hisobidan kommutatsiya markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilishga 44,7 million dollar investitsiyalar kiritish rejalashtirilgan bo‘lib, uning amalga oshirilishi shaharlararo avtomatik telefon stansiyalar sig‘imini 17152 ta E1 portga oshirilishiga yordam beradi.

Mobil aloqa operatorlarining tarmoqlari kamrovi hududlarini kengaytirishga erishish maqsadida «O‘zbektelekom» AK va mobil aloqa operatorlari tomonidan 115,2 million dollar mablag‘ evaziga 1843 ta tayanch stansiya o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Dastur doirasida 2017 yilda mamlakatimiz aholisini, shu jumladan, togli va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi ax.olini raqamli televidenie bilan qamrab olish darajasini 100 foizga etkazish ko‘zda tutilgan. Bu maqsadlar uchun YAponiya xalqaro hamkorlik banki va YAponiya tijorat banklari mablag‘lari hisobidan 62,5 million dollar jalb etiladi va mamlakatimiz hududlarida 66 ta yuqori quvvatli va 328 ta kam quvvatli raqamli televidenie uzatgichlari o‘rnatiladi va ishga tushiriladi.

Keyingi yillarda qishloq joylarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uyjoylar kurit bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 20092016 yillarda qishloq joylarda 1308 turarjoy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uyjoy kurildi. Qishloqdardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.

SHu bilan birga, ushbu sohaii o‘rganish aholining real extiyojlari va harid kobiliyatini, shuningdek, milliy mentalitetni va qishloq joylarda yashash sharoitlarining xususiyatlarini to‘liq hisobga olib, qurilish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilinishi tufayli amalga oshiriladigan ishlar natijalari quyidagilarda aks etadi:

♦   kapital qurilish sohasidagi normativ bazani bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish;

♦   loyihalash va qurilish tashkilotlariga moddiytexnik bazasini mustahkamlash uchun hamda yangi qurilish texnologiyalarini joriy etishga yo‘naltirilgan soliq va boshqa turdagi imtiyoz va engilliklar berish;

♦ milliy loyihalash va qurilish tashkilotlarining tashqi bozorlarga kirib borishga keng jalb etishni ta’minlovchi kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

♦ loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish;

♦ loyihalarni moliyalashtirishning turli zamonaviy usullarini va boshqa moliyaviy vositalarini joriy etish;

♦   pudrat tashkilotlarida mavjud bo‘lgan mutaxassislarni saqlab qolish, malakali qadrlarni jalb etish imkonini beradigan sharoitlarni yaratish;

♦   qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chщish;

♦ loyihalash va qurilish tashkilotlari assotsiatsiyalarini tashkil etish.

47--Қишлок хўжалигини модернизация килиш ва жадал ривожлантириш

48--Идтисодиётда давлат иштирокини камайтириш.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta usguvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq va demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat ekan, bu boradagi asosiy shartlardan biri iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish hisoblanadi. Milliy taraqqiyot modelimizning asosiy tamoyillaridan biri  davlatning bosh islohotchilik roli hisoblanib, mavjud iqtisodiy salohiyatdan to‘liq, foydalangan holda, barcha kuchlarni yagona maqsad sari yo‘naltirishda davlatning tartibga soluvchi vazifasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Zamonaviy bozor tizimini davlatning aralashuvisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biroq, aralashuvning uz chegarasi bo‘lib, uning mazkur chegaradan oshib ketishi bozor jarayonlarining izdan chiqishiga ta’sir etib, ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi. Natijada iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, xo‘jalik yuritishni tashkil etish va boshqaruv jarayonlarida davlatning me’yoridan ortiq ishtirokini pasaytirish masalasi maydonga tushadi.

Davlat aralashuvi miqyosini tartibga solish uchun muhim cheklovlar mavjud. Masalan, davlat tomonidan bozor mexanizmini izdan chiqaruvchi har qanday xattiharakatlarga yo‘l kuyib bo‘lmaydi (umumiy direktiv rejalashtirish, narxlar ustidan yalpi nazorat va boshqalar)[5].

Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk .ukini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va usiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi.

SHunga ko‘ra, Harkatlar strategiyasida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya ki shishi ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji nulidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2017 ning I choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik subektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish belgilandi.

Ombudsman (kadimgi skandinavchada umbop «vakolat», «zimmasiga yuklash»)  qator davlatlarda ijro hokimiyati idoralari va mansabdor shaxslar faoliyatida ma’lum fuqarolar guruhining adolat va manfaatlari ta’minlanishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs.

Huquqshunoslar xalqaro assotsiatsiyasi fikriga ko‘ra, ombudsmen instituti  bu konstitutsiya yoki qonunchilik hokimiyati hujjatlarida ko‘zda tutilgan hamda mustaqil jamoatchilik asosidagi yuqori darajadagi mansabdor shaxs tomonidan boshqariluvchi xizmat. Mazkur shaxs davlat boshligi oldida mas’ul bo‘lib, tadbirkorlardan davlat idoralari, xizmatchilarining noqonuniy xattiharakatlari bo‘yicha shikoyatlarni qabul qiladi hamda tadbirkorlik sub’ektlari huquq va qonuniy manfaatlarini namoyon etish, ta’minlash va himoya qilish maqsadida harakat qiladi.

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimining tashkil etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimidagi asosiy yangiliklardan biri sifatida ta’kidlash mumkin. Davlat boshqaruvining mazkur usuli ko‘plab xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlar uz xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida tuknash keluvchi byurokratik muammolarni xal etishdagi samarali vosita sifatida ijobiy rol uynamoqda.

Xozirgi vaqtda ombudsman instituti boshqaruvning turli shakllari  prezidentlik respublikasi (Finlyandiya, Fransiya, AKD1), parlament respublikasi (SHveysariya, Avs­triya, GFR), konstitutsiyaviy monarxiya (Daniya, Norvegiya, SHvetsiya, Ispaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Kanada) xukmron bo‘lgan 50 dan ortiq mamlakatda mavjud[6].

Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutining joriy etilishi bu boradagi faoliyatning jahon andozalariga muvofiqligini ta’minlash borasidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi

49--Хусусий мулк ҳуқуқини ҳимоя қилиш ва унинг устувор мавкеини янада кучайтириш,

:

Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk .ukini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va usiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi



SHunga ko‘ra, Harkatlar strategiyasida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya ki shishi ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji nulidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2017 ning I choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik subektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish belgilandi

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari tugfisida»gi qonunining qabul qilinishi mamlakatimizda xususiy mulk himoyasiga oid qonunchilikni yangi bosqichga ko‘tardi. Xususan, qonunning 17-moddasida «Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkni, shu jumladan er uchastkasini natsio­nalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qo‘yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga etkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi», 24-moddaga ko‘ra esa «Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi va bekor qilinmaydi», deb belgilab qo‘yilishi xususiy mulkdorlar manfaatini himoya qilish va kafolatlashda muhim rol uynadi

50--Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик ривожланишини рағбатлантиришга қаратилган институтционал ва таркибий ислохотларни давом эттириш.

Javob: : Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-4725-son Farmoni bilan tasdiqdangan Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish, qurilishning barcha bosqichlarida shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashdan boshlab ob’ektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan bosqichlarda tadbirkorlik faoliyati soxdsidagi ruxsat berish tartiblari doirasida yagona qoida va talablarni belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxdamasining 2015 yil 7 KIVoktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida er uchastkalari berish tartibotlarini va qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbir­lari to‘g‘risida»gi 285son qarori qabul qilingan edi

51--Вилоят, туман ва шахарларни комплекс ва мутаносиб ижтимоий-иктисодий ривожлантириш.

Javob: ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash; 

hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish; 

yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo‘jalik birlashmalarining mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish; 

sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish; 

sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish. 

So’nggi yillarda mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash turmush darajasida sezilarli ijobiy o’zgarishlarga erishish bo’yicha izchil chora tadbirlar amalga oshirilmoqda . Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga bo’lib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yo’lga qo’yilishiga imkon yaratdi.

52--Вилоят, туман ва шахарларнинг мавжуд салохиятидан самарали ва оптимал фойдаланиш.

53-- Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.

Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uyjoylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari hodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.

   Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida harid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2753-sonli qarori[1] qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevral oyidan boshlab:

barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda beriladi;

58 ta tog‘li va olis tumanlardagi byudjet tashkilotlari hodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;

oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.

Bundan tashqari, hududlarda shakllangan ish haqini naqd shaklda hamda plastik kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashda odamlar o‘z ish haqidan foydalanishda muammolarga duch kelmasligi va o‘zlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin harid qilishlari uchun mavjud to‘lov terminallari infratuzilmasi hisobga olinadi.

Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan.

Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududiy kesimlarda mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinayapti.

Milliy mehnat bozorining e’tiborli o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi (har yili yarim milliondan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makga muhtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi; ayrim tumanlarda ishsizlikning va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqoriroq darajasi kuzatiladi.

YUritimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsada, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq[2].

Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatni keltirib chiqaradi.

O‘zbekistonda fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ish bilan ta’minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta’minlash kabi aholini ish bilan ta’minlash borasida izchil davlat siyosati amalga oshirib kelinmoqda. YUqoridagi vazifalarni hayotga samarali joriy qilish maqsadida har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Aholi bandligini ta’minlash dasturi ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra, 2017 yilda respublika bo‘yicha 789,5 mingta ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan (1rasm).

O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan ish o‘rinlari sonining o‘zgarishi, birlik. Rasm O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan.

1rasmdan ko‘rinib turibdiki, 2010-2016 yillar davomida respublika bo‘yicha tashkil etilgan ish o‘rinlari soni 3,9 foizga ortgan. 2017 yil davomida esa dasturga muvofiq sanoatni (5440 ta loyiha 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytiriladi. 25 mingga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 256,4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilishiga erishiladi.

YAngi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalarning ham o‘rni katta. Xususan, respublikada “Navoiy” “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931sonli farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi[3]. Bu iqtisodiy zonalarda mevasabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charmgalantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziqovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi.

YAqin kelajakda kasbhunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish;

bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish;

bitiruvchilar bandligini ta’minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foydalanish;

bitiruvchilarga o‘z binesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional qadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.

Hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:

fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish

qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht etishtirish

parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish

ixcham issiqxonalar tashkil etish

urug‘ va ko‘chatlar etishtirish

Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ko‘payadi.

Harakatlar strategiyasida olis va tog‘li hududlarda turizm va ekoturizmni tashkillashtirish, dorivor o‘simliklarni etishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Bunda, tog‘ oldi hududlaridagi qishloqlarda 1015 ta xonadonlarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, tualet va oshxonaning sanitar holatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyohlarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urfodatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ayollarning jamiyatdagi mavqei va ular bandligi masalalariga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdilar: “Uchinchi vazifa – ayollarni ularga munosib mehnat bilan bandligini ta’minlash masalasidir. Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasidagi muhim masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng rivojlantirish ishlari ham oqsamoqda”[4]

Harakatlar strategiyasida xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

«Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli» tanlovining mahallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish;

«Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi – 2017» respublika tanlovini o‘tkazish;

Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qo‘shko‘pir tumanlarida ayollarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;

pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyati tashkil etish.

Bu tadbirlarning amalga oshirilishi xotinqizlarda va kasbhunar kollejlarining bitiruvchi qizlarida tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllantiradi, ularning huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshiradi.

Aholi bandligi masalalariga oid quyidagi Qonunlar va qonun osti hujjatlari ishlab chiqilgan:  “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, «Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mehnat stajini hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘o‘rta to‘lovlari davriyligini ro‘yxatga olish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori va boshqalar.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nisbatan sust rivojlangan tumanlarning ishsiz yoshlarini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi (Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan) kasbhunarga o‘qitish markazlarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qayta o‘qitish orqali ularning bandligi ta’minlanishi nazarda tutilgan.

54--Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish

CHorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson xdyotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sogligini kafolatlash yo‘nalishida jahon va milliy tajribaga asoslangan xolda yaxlit tizim yaratildi.

Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni mo­dernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.

Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda[5]

Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlatxususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Jamiyatni demokratlashuvi jarayonida aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash uchun «Nuroniy» jamg‘armasi davlat tomonidan qo‘llabquvvatlanishi, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg‘iz keksalarga ko‘rsatiladigan tibbiyijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko‘tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.

Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev tomonidan 2016 yil 28 dekabr kuni «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"[6]gi Farmon va «Keksalar va nog‘ironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"[7]gi Qarorni qabul qilinishi bu borada islohotlarning yangi bosqichga ko‘tarilishi bo‘ldi. Mazkur farmon va qarorda oqsoqollar, keksalar va faxriylarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish, «Nuroniy» jamg‘armasi markaziy apparatining, uning viloyat va tumanlardagi bo‘linmalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, «Nuroniylar maskani» komplekslarini yaratish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimini kiritish, «Nuroniy» jamg‘armasining barcha bo‘linmalari moddiytexnika bazasini mustahkamlash, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash, biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa yoshdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg‘iz keksalarning turmush sifatini va turmush darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy hodimlarni biriktirish orqali oshirish, keksa yoshdagi shaxslarni to‘lovsiz asosda davolash va sog‘lomlashtirish ko‘zda to‘tilgan. SHu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so‘m miqdoridagi orderlar ajratish ko‘zda tutilgan. Tuman (shahar)lardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, shuningdek barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy miqdori 108,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash; keksalar va nog‘ironlarning 23 ta Saxovat va Muruvvat uyinternatlari moddiytexnika bazasini umumiy miqdori 207 milliard so‘mga teng hajmda mustahkamlash.

Dasturni moliyalashtirishga 688,2 milliard so‘m yo‘naltiriladi, shuningdek xalqaro moliyaviy tuzilmalarning 108,7 million AQSH dollari hajmidagi kredit va grant mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilgan[8].

Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, davlatimiz tomonidan inson salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom insonlar safini kengaytirish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini keng omma o‘rtasida shakllantirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, har bir shaxsning salomatligi o‘z qo‘lida ekanligini aholi o‘rtasida keng tashviqottarg‘ibot qilish, sog‘lom jamiyatni tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan. Bu borada, 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida"gi 2107-sonli Prezident Farmoni, 2011 yil 28 noyabrdagi "Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 1652-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori hamda 2015-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini ta’minlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori aholi o‘rtasida sog‘lom turmushtarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

2016 yil “Sog‘lom bola – sog‘lom ona yili” davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun joriy yilda 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi.

Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bo‘yicha 9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiyamaliy tibbiyot markazida eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ana shunday ishlar qatorida 700 ming nafar bola pnevmokok infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi[9]

Lekin, bugungi kun talabi mazkur sohani yanada rivojlantirish, aholi sog‘ligini muhofaza qilish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yanada yaxshilashni taqozo etmoqda. Sohani isloh etish, shubhasiz millatni sog‘lomlashuviga xizmat qiladi.

SHu bilan birga, 2016 yili sentyabr oyida tasdiqlangan 2016-2020 yillarda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha dastur samarali bajarilishini ta’minlash kelgusida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida ijobiy natijalarni qulga kiritishga asos bo‘ladi.

Nufuzli xalqaro institutlarning e’tirof etishicha, O‘zbekiston dunyoning 125 davlati orasida xotinqizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va onalikni muhofaza qilish borasida etakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Jahon reytingida mamlakatimiz yosh avlod salomatligiga eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan 10 ta davlat safidan joy oldi. Aholi genofondini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan choratadbilar natijasida ayollarning o‘rtacha umri 66 yoshdan 73,5 yoshga uzaydi. Onalar va go‘daklar o‘limi 3 barobar kamaydi[10].

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning  muhim omili hisoblanadi. Aynan shu sohani rivojlantirish, hamda kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2017 yil 5 yanvar va  7 fevral kunlari sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh etakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolayotganligi, shifoxonalar va aholini doridarmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, jumladan, ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi.

 “Harakatlar strategiyasi”da oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish, jismoniy baquvvat va ma’naviy jihatdan sog‘lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralgan. “Harakatlar strategiyasi”ning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiytekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlari klinikalari etakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbirlarini o‘tkazish, viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishini tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturini qabul qilish, «Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonunni ishlab chiqildi, Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun: tibbiyijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan hududlarda, shuningdek, alohida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) aholi uchun «Salomatlik» poezdlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda[11].

Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon doridarmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan 2 mingdan ortiq turdagi doridarmon vositalari ishlab chiqarilmoqda. SHuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarish va ular bilan aholi hamda davolashprofilaktika muassasalarini ta’minlash maqsadida mazkur sohadagi ishlarni tashkil etishning mustahkam huquqiy asoslari barpo etildi. Yigirmadan ortiq qonun, bir yuz yigirmadan ziyod me’yoriyhuquqiy hujjatlar bu yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.

Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli doridarmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiqoshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis qo‘yish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import doridarmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Prezident SH.Mirziyoyevning 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini doridarmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi[12] PQ2647 qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, xalqimizni arzon va sifatli doridarmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ushbu hujjat asosida tibbiyotda keng qo‘llaniladigan 167 nomdagi ijtimoiy ahamiyatga ega doridarmon vositalari va 22 turdagi tibbiyot buyumlari uchun narxlarni belgilash tartibi joriy etildi. Qarorda 2017 yilning 1 yanvaridan e’tiboran chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan doridarmon vositalari va tibbiyot buyumlariga qo‘yiladigan ustamalar ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilangani aholining barcha toifalari manfaatiga xizmat qiladi

 Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan 76 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda shifokor retseptisiz beriladigan 1033 turdagi doridarmon vositalari ro‘yxati dorixonalarning haridorga qulay va ko‘rinarli joyiga ilib qo‘yilmoqda. Tibbiyot hodimlari va dorixonalar mas’ullari uchun amaliy seminarlar tashkil etilib, qaror mohiyati, unda belgilangan vazifalar tushuntirilmoqda.

55--Xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish.

O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Bu esa aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlaydi.

Ma’lumki, mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanok xotinqizlarga gamxurlik ko‘rsatish, ularni ijtimoiyhuquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma’naviy hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish, kiz bolalarni zamonaviy kasbxunarga o‘rgatish, ularni sportga keng jalb etish, sog‘lom oilani shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

O‘zbekiston Xotinqizlar qo‘mitasi mamlakatimiz xotin-qizlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, xalqaro ayollar harakati hamda boshqa nufuzli tuzilmalar bilan keng hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991 yilda tashkil topgan mazkur tashkilot oxirgi yillarda xalqaro maydonda uz obrue’tiborini kuchaytirdi. Aynikea, Prezidentimizning 2004 yil 25 maydagi «O‘zbekiston Xotinqizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni[13] qo‘mita tizimining yana bir bosqich ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.

Xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, oila, onalik hamda bolalikni muhofaza qilishda O‘zbekiston Respub­likasining Konstitutsiyasi, unlab qonunlar, saksonga yaqin farmon va qarorlar, davlat dasturlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. CHunonchi, Asosiy Qonunimizning 46-moddasida xotinqizlar va erkaklar teng huquqliligi belgilab qo‘yilgani ularning dav­lat hamda jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, yurtimiz ravnaki yo‘lida bor salohiyat va imkoniyatlarini ishga solib, mehnat qilishlariga sharoit yaratmoqda. SHu bilan birga, mamlakatimiz sohaga oid turli konvensiya, bitim hamda shartnomalarga kushilgan.

YUrtimizda xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy maydondagi faolligini yangi bir pogonaga ko‘tarish maqsadida 2004 yili O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, siyosiy partiyalardan vakillik organlari hamda parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida xotinqizlar uchun 30 foizli kvota joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2017 yil 4 martda, Xalqaro xotinqizlar kuni arafasidagi mamlakatimizning etakchi xotinqizlar vakillari bilan uchrashib, ularni, butun yurtimiz ayollarini bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda mustaqillik yo‘llarida xotinqizlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, bu boradagi dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtab utdi. Prezidentimizning O‘zbekiston xotinqizlar qo‘mitasi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qarori bu yo‘ldagi katta amaliy qadam bo‘ldi.

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashning muhim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, korxona vatashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida kelgusida Korakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Sog‘lom ona  sog‘lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali», «Sog‘lom avlod uchun» kubogi uchun so‘zish, sinxron so‘zish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi kabi sport musobakalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi[14].

O‘zbekiston Xotinqizlar qo‘mitasining, respublika xotinqizlar jamoat tashkilot­larining ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz siyosiyijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, xotinqizlar hamda yoshlarning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish bora­sida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida «Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ishlab chiqildi. Ushbu qaror asosida aholining muammoli masalalarini xal etishning samarali tizimi yaratildi.

Mamlakatimizda ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar asosida yaratilayotgan ish o‘rinlari yildanyilga ortib bormoqda. Xotinqizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida mamlakatimiz erishayotgan yutuklar, aynikea, uy mexdatini rivojlantirishga qaratilgan say-harakatlar dikkatga sazovor. Bu, uz navbatida, ayollarning oila moddiy farovonligiga munosib xissa kushishlariga, shu bilan birga, farzand tarbiyasi bilan bevosita shug‘ullanishlariga imkon beradi.

56--Арзон уй-жойлар барпо этиш буйича максадли дастурларни амалга ошириш.

Bugungi kunda davlat byudjetining 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilmoqda.Bu aholining xayot sifati yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.Shu bn birga aholini, ayniqsa qishloq aholisini yangi , shinam uy-joylar bn ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.Aholi daromadlari ko’payishi esa ularning hayot farovonligini yuksaltirishga asos bo’lmoqda.Erishilgan yutuqlar bn birga aholining o’sib borayotgan to’laroq qondirish, ularning samarali ishlashi hamda hayoti un munosib sharoitlar yaratish xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim zaruriyatga aylanmoqda va bu O’zbekistonninnyanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.Shularni hisobga olib , 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5ta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha vazifalarni amalga oshirish belgilandi.n

57--Аҳолинннг ҳаёт шароитлари яхшиланишини таъминловчи йул-транспорт, мухандислик-коммуникация ва ижтимоий инфратузилмани ривожлантириш хамда модернизация килиш.

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davlat dasturiga asosan, 2017-2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq 2017-2021-yillarda 5,1 ming km elektr tarmoqlarini , 1040 ta transformator punktini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.Ushbu yo’nalishdagi tadbirlarni amalga oshirishga jami 445800 mln so’m mablag’lar harajat qilindi.Jahon banki ishtirokida Sirdaryo viloyati Boyovut , Xovos ,Mirzaobod,Sardoba va Oqoltin tumanlari, Buxoro viloyati Olot va Qorako’l tumanlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasi hamda Buxoro va Samarqand shaharlarida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 16-fevraldagi Farmoni qabul qilindi.Unga ko’ra , avtomobil yo’llari bo’yicha davlat qo’mitasi tashkil qilindi.Bu esa O’zbekistonda hamma toifadagi avtomobil yo’llaridan foydalanish , ularni rivojlantirish masalalarini tizimli ravishda hal etishni ta’minlaydi.Bu chora-tadbirlar mamlakatimizda inson manfaatlarini ro’yobga chiqarishda qo’yilgan muhim qadam hisoblanadi.

58--Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni bilan Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishida[15] maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarida turadi.

Qadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko‘ra uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi  davlat ta’lim standarti asosida, turli darajadagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:

Maktabgacha ta’lim.

Umumiy o‘rta ta’lim.

O‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi.

Oliy ta’lim.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim.

Qadarlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

Maktabdan tashqari ta’lim.

Mamakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan uning me’yoriyhuquqiy asbslari quyidagi hujjatlarda belgilab berildi hamda ular bazasida eng muhim yo‘nalish va natijalar ijrosi ta’minlandi.

Ta’lim to‘g‘risidagi qonun (1992 yil 2 iyul), “Ta’lim to‘g‘risida”gi (1997 yil 29 avgust) Qonun (yangi tahriri) va Qadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. “2017-2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

2010 yil 2 noyabrda O‘zbekiston Tespublikasi Prezidentining „Oliy malakali ilmiy va ilmiypedagogik qadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ1426sonli Qarori qabul qilindi. Natijada 2010 yilning 1 dekabridan oliy o‘quv yurtlaridagi 2 va 3kurs aspirantlar stajyorliktadqiqotchiizlanuvchi va barcha doktorantlar katta ilmiy hodimizlanuvchi lavozimiga o‘tkazildi. SHu asosda 2011 yil 1 yanvardan boshlab stajyortadqiqotchiizlanuvchilarning maoshlari stajyortadqiqotchilarning bazaviy lavozim maoshlariga, katta ilmiy hodimizlanuvchilarning maoshlari esa fan nomzodi ilmiy darajasiga ega ilmiy hodimlarning bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirildi.

O‘zbekiston Resiublikasn Prezidentining  2011 yil 20 mayda  “Oliy ta’lim muassasalarining moddiytexnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini ta’lim tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori o‘z mohiyatiga ko‘ra, oliy ta’lim tizimidagi islohotlarining yangi bosqichini boshlab berdi.

Oliy ta’limni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi:

1. Universitet ta’limining ustuvorligi.

2. Oliy ta’lim muassasalarini bo‘lish va ixtisoslashtirish.

3 Oliy ta’limni hududiylashtirish.

Kasbhunar kollejlari uchun yuqori malakali pedagog va pedagogmuhandislar tayyorlash bo‘yicha 3 ta otalik (mintaqaviy) zona bo‘yicha tegishli odiy o‘quv yurtlari biriktirildi:

1. Buxoro oziqovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti.

2 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (oldingi TDPI).

3 Namangan muqandisdikpedagogik instituti (oldingi texnikum)larida qadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Bu oliy o‘quv yurtlarida talabalar milliy kasbhunar mutaxassisliklari bo‘yicha hamda ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya va huquq fanlaridan oliy ma’lumotli bakalavr ixtisosliklariga ega bo‘la boshladi.

2012 yil 1617 fevral kunlari Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya uzluksiz ta’lim va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganishga bag‘ishlandi. Unda qadrlar tayyorlashning milliy dasturi (1997) deb nomlangan ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy prinsiplariga asoslangan va siyosiy islohotlarning O‘zbekiston tanlagan «o‘zbek modeli»ning ajralmas tarkibiy qismi ekani alohida ta’kidlandi.

Oliy o‘quv yurtlarida qadrlar tayyorlash, uzluksiz ta’limni isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSH, Fransiya, Germaniya va YAponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular, garchi umumiy qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsada, lekin mavjud mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, fark qiladi. Masalan, YAponiya ta’lim tizimida oila omiliga katta e’tibor berilgan. Amerika yoki Fransiyada esa mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda pullik maktablar joriy etilgan. Lekin ayrim mamlakatlarda o‘zini oqlagan va samara bergan modellarni o‘zga davlatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab yoki tatbiq etib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, milliy hamda respublikamizga xos bo‘lgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda qadrlar tayyorlash tizimining yangi modeli ishlab chiqildi. Qadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari: shaxs. davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tizimlarining yaxlit ma’rifiytarbiyaviy, ijtimoiyma’naviy mushtarakligidan tashkil topgan.

Prezidentimizning 2015 yil 12 iyunda qabul qilingan «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog qadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari pedagog qadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi tizimi joriy etildi. O‘rnatilgan yangi talablarga ko‘ra, tashkil etilgan kurslarda 2015 yilning birgina sentyabroktyabr oylarida 1176 nafar tinglovchi tahsil oldi.

Umuman,  yuksak tarakqiyotni ta’minlashda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Qadrlar tayyorlash milliy dasturining barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:

1. Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi.

2. Qadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish jarayonida shaxsning ja miyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi faollashmoqda.

3. Ta’limning milliy modelini amalga oshirish jamiyatda erkin fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib kelmoqda.

4. Qadrlar tayyorlashning milliy modeli jamiyatning potensial imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish omili sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda.

5. Qadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning modelini amalga oshirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’limtarbiya jarayonini zamonaviy bosqichga ko‘tarishga qaratilgan bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda.

6. Qadrlar tayyorlash milliy dasturini amaliyotga tatbiq etish O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

7. Qadrlar tayyorlash milliy dasturi milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillariga hamohang bo‘lib, ularning har ikkalasi barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgandir.

8. Qadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

9. Mamlakatimizda ta’lim oladigan yoshlarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalash va ta’lim ishlarining samarali shakl hamda uslublari ishlab chiqilib, joriy etilmoqda.

10. Ta’lim va qadrlar tayyorlash borasida ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiya qilishning samarali tizimi yuzaga keldi.

11. YAngi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’limning talab darajasidagi sifatini, qadrlar tayyorlash tizimining amaliy samarasi va barqaror rivojlanishining kafolatlari, ustuvor yo‘nalishlarni ta’minlaydigan normativ, moddiytexnik:va axborot bazasi yaratildi.

12. Uzluksiz ta’lim va qadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etilmoqda.

13. Qadrlar tayyorlash sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda.

O‘zbekistoning asosiy uzoq muddatli va stategik vazifasi, bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtiiish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lida og‘ishmay, izchil va qai’iyat bilan borishdir. O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” (2016 yil 14 dekarb) nutqida ta’kidlaganidek, “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!” degan hayotiy da’vat har birimizning, otaonalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz tashkil etadi.[16]

YOshlarning katta hayotga qadam qo‘yish bilan bog‘liq asosiy ijtimoiy muammolar ta’lim olish, oila qurish, mehnat faoliyatini boshlash kasbiy, mahorat va ilagirlash, qat’iy ijtimiylashuvi va moslashuvi mazkur jamiyat, ijtimoiy jamoa va guruhga tegishli bo‘lgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar, qoidalar, tartiblar, odobaxloq namunalarini individ tomonidan egallashi hamda o‘rganishi, shaxsning shakllanish jarayonini o‘zida namoyon etadi. YOshlarning jamiyatga qo‘shilishi, ularning ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarga moslashuvi hamda ijtimoiy taraqqiyot bunyodkorlariga aylanishi kabi masalalarni qamrab oladi. YOshlarning ijtimoiylashuvi bir tomondan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan yoshlar ana shu munosabatlarga kirib borar ekan, ularning ta’siri ositada o‘zgara boradi.

YOshlik axloqiy idealni izlash, maqsadlarni va hayotiy pozitsiyani shakllantirish, kasb tanlash, oilaviy hayotga tayyorgarlik  pallasidir. Hayotga qadam qo‘yayotgan yigitqizlar uchun ular faoliyati ijtimoiy foydali bo‘lishgina  emas, balki bu faoliyat o‘z shaxsiy maqsadlariga, intilishlariga  muvofiqligi, hayotiy rejalashtirishning amalga oshishiga mumkin qadar to‘laroq ko‘maklashishi ham g‘oyat muhimdir. CHunki bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar jami aholimizning 64 foizini tashkil etadi.[17] Ta’limtarbiya va professional tayyorgarlik darajasi kelajagimizni, demokratik va iqtisodiy taraqqiyotimizning taqdirini hal etadigan kuch yoshlardir. YOshlar jamiyatimiz hayotida hal qiluvchi, kuch, tayanch va suyanch bo‘lishiga qodir bo‘lgan layoqatli, mamlakatimizni isloh etish va yangilash bo‘yicha  belgilab olgan yuksak maqsadlarimizni bevosita amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” (2016) gi Qonunda ta’kidlaganidek, yoshlarning ma’naviy, intelektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish, yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xattiharakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish[18] kabi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari qayd etilgan. Darhaqiqat “yangi avlodni tarbiyalash – xalqni tarbiyalash deganidir”.

Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq vazifalar haqida fikr yuritib, shunday degan edi: “SHu  maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professoro‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir[19]

Bugun mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida kechayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlar, xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning mavjud kamchilik va muammolarning oqilona echimini topib, insonparvarlik, adolat tamoyillari ustuvorligini ta’minlash, erkin fuqorolik jamiyatini ravnoq toptirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur Strategiyada o‘sib kelayotgan avlodni jismoniy sog‘lom, ruhan hamda intellektual  rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega, Vatanga sodiq qilib tarobiyalash va navqiron avlod vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya hamda sportga keng jalb etish yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirshning muhim mezoni sifatida belgilangan.

Prezident SHavkat Mirziyoyev 2017 yil 5 yanvarda sog‘liqni saqalashg sohasining bir guruh etakchi mutaxassislari bilan uchrashuvda “Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi buyukdir” muvzuidagi tardibrda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, yosh mutaxassislarni tarbiyalash jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, dunyoning etakchi tibbiyot markazlari va o‘quv muassasalari, taniqli olimlar va mutaxassisalar bilan hamkorlikni kengaytirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. [20]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘shlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”[21] ma’ruzasida  (2017 yil 14 yanvar) bu sohada mavjud muammolar tahlil qilindi.

Ayrim yoshlar va ayollar jinoyatchiligi borasidagi ahvol ham kishini tashvishga solmay qo‘ymaydi. Masalan, 2016 yilda akademik litsey va kasbhunar kollejalari mingdan ziyod jinoyatga qo‘l o‘rgani, umumiy jinoyatlarning 6 tasidan bittasini xotinqizlar sodir etayotgani afsuslanarlidir. Buning asosiy sabablaridan biri o‘rta maxsus bilim yurtlarida o‘quvchitlarning davomati tushib ketgani, bu holni o‘rganish va nazorat qilish bo‘yicha mukammal tizim yaratilmagandir.[22]    

Madaniyat va sport sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati xalqimizning ulkan intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, barqaror  rivojlangan, jismonan baquvvat va man’an etuk shaxslar jamiyatini barpo etish, aholining o‘sib borayotgan ma’naviy va estetik ehtiyojlarini ta’minlash, madaniyat va sport muassasalarining moddiytexnika bazasini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.  

Hozirgi paytda mamlakatimizda 39 teatr, 175 muzey, mingdan ziyod aholi dam olish va madaniyat markazlari, istirohat bog‘lari, 301 bolalar musiqa va san’at maktabi, 296 bolalar va o‘smirlar hamda respublika darajasidagi sport maktabi 51 mingga yaqin sport majmuasi, stadionlar va inshootlar faoliyat ko‘rsatmoqda, 2,7 milliondan ortiq bolv sport, musiqa va san’at bilan mungazam shug‘ullanmoqda. Madaniyat va san’at, sport va jismoniy tarbiya sohasida 69 ming hodim mehnat qilmoqda. [23]

Biroq shiddatli zamon talabalari ortib borayotganini inobatga olsak, shu natijalar bilan kifoyalanib qolish mumkin emas. Aholi keng qatlami o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish ishlarini kuchaytirish, sport inshootlaridagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, bolalar, ayniqsa, qizlarni sportga oshno etish hamda shu orqali ular salomatligini mustahkamlash, iqtidorli va istiqbolli sportchilar bilan ishlashni takomillashtirish, mazkur sohada malakali qadrlarni tayyorlash, davlatlararo hamda xalqaro aloqalarni kengaytirish zarur. Ushbu dolzarb vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha, birinchi navbatda, sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini keskin oshirishni taqazo etadi.

Prezident SHavkat Mirziyoyev Asosiy qomusimiz qabul qilinganining 24 yiligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “Barchamizga ayonki, yurtimizdagi har qqaysi inson, har qqaysi oilaning eng ezgu orzuumidlari, hayotiy manfaatlari, avvalambor, uning farzandlari timsolida namoyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini  bermoqda”.[24]       

SHu bilan birga, madaniyat va sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligining tanqidiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mutasaddi organ sifatida o‘z oldiga qo‘ylgan keng ko‘lamli masalalarning to‘liq ijrosi ta’minlanmagan, ayniqsa, davlat boshqaruvi va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini mazkur sohada muvofiqlashtirish, madaniyma’rifat va sportsog‘lomlashtirish muassasalari moddiytexnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali qadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar etarli darajada olib borilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini keskin oshirish, O‘zbekiston xalqining  boy va o‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodini yanada rivojlantirishni ta’minlash, aholi keng qatlami o‘rtasida ma’nan va axloqan komil inson bo‘lishga va sog‘lom turmush tarzini yurtishga intilishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.[25]      

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston respublikasi Madaniyat va sport  ishlari vazirlligi tugatiladi va ukning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etiladi.

Alohida ta’kidlash jloizki, Farmonga ko‘ra, madaniyat vazirligi hamda jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitas ining ushbu sohalarda davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha barcha  jabhasini qamrab oluvchi quyidagi asosiy vazifa va faoliyat yo‘naishlari belgilangan:

Milliy madaniy va ma’naviy mersoimizni asrabavaylash va boyitish.

 Aholini keng qatlamli, ayniqsa yoshlar ongi va qalbida mustaqillik g‘oyasiga, yuqori ma’naviyat va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini o‘stirish.

Badiiy ijodning rivojlanishini yanada rag‘batlantirish, ijodkor yoshlarga ko‘maklashish.

Aholining keng qatlamlari o‘rtasida sport va jismoniy tarbiyani ommalashtirish.

Bolalar, ayniqsa, qizlarni sport bilan mungazam shug‘ullanishga keng jalb etish.

Iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash va mahoratini oshirish.

Qadrlar tayyorlash va malkasini oshirish va hakazo.


59--“Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида”ги қонуннинг қабул қилиниши ва унинг фуқаролик жамиятини ривожлантиришдаги ўрни.

Ma’lumki, 2016 yilning 14 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasining 33 moddadan iborat «YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi URK406son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi 429-son Qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Qonunlarni qabul qilish masalaning bir jihati bo‘lsa, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qurish uning boshqa bir jihatidir. SHu o‘rinda «yoshlarga oid davlat siyosati» tushunchasi nimani anglatishini bilib olishimiz lozim. YOshlarga oid davlat siyosati deganda, dav­lat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jixdtdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining «YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni 6moddasining 1 qismida «yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, hududiy va boshk,a dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin», deb belgilab qo‘yilgan. Usha moddaning ikkinchi qismida «Davlat dasturlari, lududiy va boshks dasturlar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, itstisodiy, ijtimoiy xhamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ximon kslish va ro‘yobga chitsarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat x\ayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sotom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiksladi xhamda amalga oshiriladi», deyiladi. SHundan kelib chiqib, 2017 yilda YOshlarga oid davlat siyosati­ni amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chikssh va tasdiqlash vazifasi qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tasdiqlanadigan mazkur dastur doirasida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafko‘raviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, yoshlarni ijtimoiy xlmoya qilish, zamonaviy kasbxunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbir­lar amalga oshiriladi. Mazkur dasturning ijrosi bo‘yicha davlat hokimiyati mahalliy organlarining mutasaddi hodimlari YOshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi ijrosini joylarda sifatli ta’minlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladigan davra suxbatlari va seminarlar o‘tkazadi. Bunday ishlarni butun yil davomida amalga oshirish lozim bo‘ladi.

SHu o‘rinda «yoshlar» tushunchasining yuridik mazmuniga to‘xtalib utaylik. Xush, yoshlar deganda qonun hujjatlari kimni nazarda tutadi? «YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 3moddasiga muvofiq «yoshlar (yosh fuqarolar)  un turt yoshga tulgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar»dir. Esh oila deganda, erxotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolgiz otadan yoki yolgiz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan, nikoxdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) tushuniladi. Esh mutaxassis deganda, oliy yoki o‘rta maxsus, kasbxunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan hodim tushuniladi. YOshlar tadbirkorligi deganda esa, yuridik shaxs tashkil etmagan xolda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.

«YOshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning 5moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ana shunday yo‘nalishlardan biri sifatida yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uyjoy va ijtimoiymaishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

Qonunning 9-moddasida yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar, mehnat organlari, proko‘ratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir qatorda, bu borada boshqa organlar va muassa­salar ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishi mumkinligi belgilab berilgan. SHundan kelib chiqib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va uyjoy bilan ta’minlash maqsadida hududlarda «Kamolot» uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol yoshlarga taqdim etish vazifasi belgilandi. Bunday uylar loyihasmeta hujjatlari asosida tijorat banklari kreditlari evaziga kuriladi. Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uyjoylar bilan ta’minlanadi va ularga uzok muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi.

O‘zbekiston Prezidentining xalqimiz o‘rtasida, ayniqsa yoshlar orasida kitobxonlik an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirayotgan say-harakatlari dikkatga sazovordir. Ana shu yo‘lda 2017 yilning sentabr oyida o‘quvchi yoshlarning mafko‘raviy immunitetini mustax,kamlash maqsadida ta’lim muassasalarida «Men sevib ukigan kitob» va «Eng yaxshi kitobxon» tanlovlari tashkil etiladi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar va xayriya mablag‘lari hisobidan 160 million sum ajratish ko‘zda tutilgan. Bunday tadbirlar vositasida o‘quvchi yoshlar turli yot g‘oya va mafko‘ralardan himoya qilinadi, ularning mafko‘raviy immuniteta mustahkamlanadi hamda jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishga xissa kushiladi.

2017 yil davomida aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual va ma’naviy extayojlarini yanada to‘larok kondirish maqsadida «Adabiyotga e’tibor  ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» an’anaviy tadbiri va uning doirasida «Kitob  millatning bebaho ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida ilmiyamaliy konferensiya va «Bolalar kitoblari» an’anaviy respublika festivali tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Har bir tuman markazida kitob dukonlari ochiladi va ular yangi asarlar bilan boyitiladi. 40 ga yaqin nomdagi o‘zbek mumtoz va xozirgi zamon adabiyoti, jahon mumtoz adabiyoti durdonalari nashr etiladi va hududlarda, xususan, respublika axborotresurs markazlarida ularning taqdimoti o‘tkaziladi. Bunday ezgu ishlarni amalga oshirishdan adabiyot orkslixalqma’naviyatini yuksaltirish, on.te i i kitob ukssh an’analarini kengtargib kslish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, yoshlarni intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga etkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatsha, kitobmutolaasi madaniyatiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish maqsad qilib olingan.




Download 335,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish