Uchinchi bosqich (2000-2009 yy.) faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bolib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishda muhim rol oynagan davr boldi. Bu davr bevosita ikki palatali Oliy Majlis tizimiga otish bilan bogliq saylov qonunchiligi tadrijiy taraqqiyoti uchinchi bosqichning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2000 yil 25 mayda bolib otgan Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasidagi Ozgarish va yangilanish hayot talabi maruzalarida: ... hayot ozgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va manaviy ongi ulgayishi bilan, bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham, uning faoliyatida ham ozgarishlar bolishi tabiiy. Shu holatlarni nazarda tutib, men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga otish taklifini kiritmoqchiman deb, ilgari surgan mazkur goyalari bu davrda qabul qilingan qonun ijodkorlik faoliyati dasturida markaziy bogin boldi. Bunda asosiy etibor quyi palata qonunchilik palatasini shakllantirishning bosh prinsipi asosan partiyaviy vakillik prinsipi boldi. Bu siyosiy partiya vakillarining oz ijtimoiy-siyosiy qarashlarini va saylovlar manfaatlarini ifodalash uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Parlamentning yuqori palatasi Senat teng huquqli hududiy vakillik organi sifatidagi vakolatlari hamda u pogonali saylovlar asosida shakllanishi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlab qoyildi.
Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va yangilash hamda erkinlashtirish sharoitida Prezident vakolati muddatini ozgartirilishi va uning ayrim vakolatlarini Senat va Bosh vazirga otkazilishi, ikki palatali parlament barpo etilishi oz-ozidan saylov togrisidagi qonunlarning ozgarishiga olib keldi. Shu bois 2003 yilning 29 avgustida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi. Shunday qilib, ikki palatali parlamentga saylovlar uchun zarur normativ-huquqiy baza amalda yaratildi. Unda saylov huquqining хalqaro standartlari va saylov tizimlarini rivojlantirish tajribasi, shuningdek mamlakatda parlamentarizm taraqqiyotining milliy хususiyatlari e’tiborga olindi. Masalan, 2004 yilgi saylovlarga qadar saylov qonunchiligiga joriy etilgan eng muhim yangiliklar qatorida – mahalliy Kengashlarning deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi bekor qilinganligi, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatganida хotin-qizlar uchun kvota belgilangani, shuningdek saylovoldi tashviqotini olib borishda partiyalar faoliyatini moliyalashtirish masalasining hal etilganligini alohida takidlab otish kerak. 2004 yil 30 aprelda Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish togrisidagi qonun esa partiyalarga saylovoldi kurashini faol va saylovchilar uchun qiziqarli tarzda otkazishlariga qoshimcha imkon yaratdi.
Bundan tashqari, 2008 yil 19 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Saylov togrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Qonun saylov jarayonining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirdi. Ushbu qonunga muvofiq, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlik orinlari sonini 120 tadan 150 taga oshirildi. Bunda 135 ta orinni siyosiy partiyalardan koppartiyaviylik asosida bir mandatli okruglarda saylanadigan deputatlar egallaydi. Ozbekiston ekologik harakatidan esa Qonunchilik palatasining on besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadigan boldi. Shuningdek, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan real jarayonlarda siyosiy partiyalarning roli kuchayib borayotganligi inobatga olinib saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan deputatlikka nomzodlar korsatish instituti bekor qilindi. Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafarga oshirildi. Saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazishda saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini yanada kuchaytirishni taminlashga yonaltirilgan bir qator yangi tartib-qoidalar joriy etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |