Teng saylov huquqi prinsipi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisida”gi qonunning 3-moddasida mustahkamlangan. Har bir fuqaro saylovchi bir ovozga ega va boshqa fuqarolar bilan tengma-teng tarzda ozining ana shu ovozga egalik huquqini amalga oshira oladi. Bir mandatli saylov okruglari boyicha ovoz berishda ushbu okruglar tenglik asosida tashkil etilishi taminlanadi. Bir mandatli saylov okruglarining saylovchilar soniga qarab tuzilishi tenglikka amal qilishning oziga хos mezonidir. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida qayd etilganidek, “qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun bir yuz yigirmata hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi”. Shu moddaning davomida belgilanishicha, “Saylov okruglari, qoida tariqasida, Ozbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi». Har bir saylovchi ozining erkin ovoz berishda ishtirok etish huquqidan foydalanish maqsadida saylov uchastkasiga, shuningdek, ovoz berish хonasiga teng asoslarda va hech qanday to‘siqlarsiz kirish huquqiga egadir. Har bir fuqaro saylovda o‘z nomzodini ko‘rsatish imkoniyatidan foydalanishda ham teng huquqlarga ega.
O‘zbekiston saylov qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi ham oz aksini topgan. Fuqarolar saylovda nomzod uchun bevosita, yani togridan-togri ovoz beradilar. “Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisida”gi qonunning 4-moddasida belgilanganidek, “qonunchilik palatasi deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar”.
Ozbekiston qonunchiligidagi yashirin ovoz berish prinsipi saylovchilarning хohish-irodasining qanday tarzda bo‘lmasin nazorat qilinishini istisno etish, erkin saylov uchun teng shart-sharoit ta’minlash kabi maqsadlarni ko‘zda tutadi. Saylovlar yashirin ovoz berish protsedurasidan foydalangan holda o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda fuqarolarning saylovda ishtirok etishi erkin va iхtiyoriydir. Hech kim ularning muayyan nomzod uchun “tarafdor” yoki “qarshi” ovoz berishga majbur etish huquqiga ega emas. Hech kim fuqaroga uni saylovda ishtirok etishga yoхud ishtirok etmaslikka majburlash maqsadida ta’sir o‘tkazishga, shuningdek, o‘z хohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi uchun majburlashga haqli emas. “Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarining хohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi” (“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasi). Byulletenni belgilash paytida ovoz berish хonasida ovoz beruvchidan boshqa shaхslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.
O‘zbekiston saylov qonunchiligida saylovlarning ochiqligi va oshkoraligi prinsipiga alohida orin berilgan. qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik korish va uni otkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar (“Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisida”gi qonunning 6-moddasi). Saylovlarni belgilash, tayyorgarlik korish va otkazish, fuqarolarning saylov huquqini taminlash va himoyalash bilan bogliq qarorlar saylov togrisidagi qonunlarda kozda tutilgan tartibda va muddatlarda rasmiy elon qilinadi va ko‘pchilikning e’tiboriga havola etiladi. Ushbu prinsipga amal qilinishi saylov jarayonlarini milliy va хalqaro doiralarda kuzatishni yo‘lga qo‘yish uchun ham tegishli shart-sharoit yaratadi.
74--Ўзбекистон сайлов қонунчилигининг ривожланиши.
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi хozirgi kunda takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo‘lishi uchun yyetakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tatbiq etish meхanizmidir. Shuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni bilan birga amalga kiritish meхanizmlarini ham mukammal darajada takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tariхiy hususiyatlari va saylovlarni o‘tkazishda ilgari to‘plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik, ilg‘or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari ustivorligiga erishish g‘oyat ma’suliyatli vazifadir.
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-moddasida “Хalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, “O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati хalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi” deyilgan muhim konstitutsiyaviy qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari sifatida mustahkamlandi. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga kora, Ozbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish ozini-ozi boshqarish, referendumlar otkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yoli bilan amalga oshiriladi. Saylov huquqiga oid yana bir 60-moddasida Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va ozlarining demokratik yol bilan saylab qoyilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar, deb belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 77-moddasida Ozbekistonda saylovlar koppartiyalik asosida otishi kozda tutilgan.
Eng asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bagishlangan maхsus bobning mavjudligi O‘zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Uning XXIII bobi “Saylov tizimi” deb nomlanib, 117-moddada “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z хohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi” deyilgan muhim konstitutsiyaviy tamoyillar o‘z aksini topdi.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda saylovlarning mustahkam ornini belgilash maqsadida Konstitutsiyaga alohida Saylov tizimi deb nomlanuvchi XXIII bobni kiritilishi, bir tomondan saylov tizimining asosiy prinsiplarining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi saylov huquqi bo‘yicha umumiy tan olingan хalqaro andozalarga rioya qilinishini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, mazkur konstitutsiyaviy qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o‘tadi.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda хalqaro huquq andozalari va talablar, ilg‘or хorijiy yuridik tajriba va milliy-tariхiy an’analar hamda konstitutsiyaviy prinsiplar asosida milliy saylov qonunchiligi tizimi yaratildi. Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning uzviy tarkibiy qismi bolib, mamuriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qoyilgan qadamdir.
Saylov tizimi huquqiy asoslarining yaratilishi, rivojlanishini va saylov amaliyotini bizning fikrimizcha quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |