TIL va qalqonsimon bez klinik embriologiyasi
• Til ikki qismga bo'linadi: oral (og'iz qismi) → oldingi 2/3 va faringeal qism → orqa 1/3;
• Tilning og'iz qismi (oral) → birinchi faringeal yoy bilan bog'liq uchta shishdan rivojlanadi. Bu shishlar ikki xil bo'ladi: lateral lingual shishlar va bitta median shish - tuberculum impar;
• Tilning faringeal qismi → ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi faringeal yoylar bilan bog'liq bo'lgan gipobranxial tepalik (eminentia) yoki Gis kopulasi (boylami) deb ataladigan medial shishdan rivojlanadi.
• Til mushaklari → oksipital miotomadan rivojlanadi;
• Til → birinchi, ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi faringeal yoylardan rivojlanadi. Intraembrional rivojlanishning 4-haftasi oxirida “tuberculum impar” deb ataladigan ko’r teshikdan biroq yuqoriroqda → kichik, medial, uchburchak shish paydo bo'ladi:
▴ Ko'r teshik → qalqonsimon bezning rivojlanish joyini ko'rsatadigan dastlabki halqum tomondagi ko'r teshik.
• Tuberculum impar paydo bo'lganidan ko'p o'tmay, lingual shishlar deb ataladigan ikkita lateral oval shishlar tuberculum imparning har ikki tomonida bittadan paydo bo'ladi;
• Ikki lateral til shishi → tuberculum impardan biroz uzoq (distal) joylashadi va shuning uchun ular distal til kurtaklari deb ham ataladi.
► Til turli qismlarining rivojlanishi:
▴ Ikki lateral til shishi → tuberculum impar ustidan o'sib boradi va bir-biri bilan qo'shilib, tilning oldingi uchdan ikki qismini hosil qiladi;
▴ Median tekislikdagi ikkita til shishlarining qo'shilish chizig'i tilning dorsal yuzasida medial egatni hosil qiladi;
▴ Tuberculum impar → kattalarda tilning biror “ko’zga tashlanarli” qismini hosil qilmaydi!
▴ Tilning oldingi uchdan ikki qismini qoplaydigan shilliq parda birinchi faringeal yoydan rivojlanganligi sababli, u uch shoxli nervning mandibulyar shoxi – birinchi yoy nervi tomonidan innervatsiya qilinadi.
▴ Tilning orqa uchdan bir qismi, shu jumladan, aylanasimon (sirkumvalyat) papillalar → gipobranxial tepalikning kranial qismidan rivojlanadi;
▴ Tilning oldingi uchdan ikki qismi va orqa uchdan bir qismining birlashish chizig'i “V” harfi shaklidagi egat → sulcus terminalis bilan ajralib turadi;
▴ Tilning orqa uchdan bir qismining shilliq qavati (shu jumladan, halqa bilan o’ralgan (vallate) papilla) → glossofaringeal (til-halqum) nerv – uchinchi yoy nervi bilan ta'minlanadi;
▴ Tilning orqa qismi va epiglottis (tilcha) → gipobranxial tepalikning kaudal qismidan rivojlanadi. Tilning orqa qismidagi shilliq qavat va epiglottis to'rtinchi faringeal yoydan rivojlanganligi sababli, u yuqori halqum nervi (n.vagus tarmog’i) → to'rtinchi yoy nervi tomonidan ta'minlanadi;
▴ Ushbu ketma-ket hodisalar davomida uchinchi yoy mezodermasi – ikkinchi yoy mezodermasi ustiga o'sib, birinchi yoyning mezodermasi bilan birlashib ketadi. Shunday qilib, ikkinchi yoy uchinchi yoy ostiga ko'milib ketadi va shu bilan til rivojlanishidan chetda qoladi;
▴ Til mushaklari → oksipital miotomadan rivojlanayotgan mioblastlardan rivojlanadi. Gipoglossal (tilosti nervi) nerv, ya’ni, oksipital miotomlarning nervi → mioblastlarning faringeal yoylarga migratsiyasi paytida ularga “hamroh” bo'ladi va ular rivojlanishida til mushaklarini innervatsiya qiladi;
▴ Oksipital miotomalarning rivojlanayotgan tilga ko'chishi (migratsiyasi) → gipoglossal nervning rivojlanishini ham ko’rsatadi;
▴ Tug'ilganda, tilning old va orqa qismlari og'iz bo'shlig'ida joylashgan bo’ladi. Ammo, keyinchalik tilning orqa uchdan bir qismi bola 4 yoshida og‘iz-halqum (orofaringeal) bo‘shlig‘iga tushadi va uning old devorini (tilning faringeal qismini) hosil qiladi. Binobarin, kattalarda tilning oldingi qismi → og'iz bo'shlig'ida, orqa qismi esa → halqumda joylashgan.
► Til nerv bilan ta'minlanishining uning rivojlanishi bilan bog'liqligi:
▴ Tilning oldingi 2/3 qismidagi ta'm sezgilari → xorda timpani nervi;
▴ Orqa 1/3 qismi → glossofaringeal nerv;
▴ Eng orqa qismi esa → ichki halqum nervi orqali innervatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |