Орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар


Oraliq miya: anatomic tuzulishi, qismlari, Talamik miya



Download 71,67 Kb.
bet8/40
Sana27.06.2021
Hajmi71,67 Kb.
#102722
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
9. Oraliq miya: anatomic tuzulishi, qismlari, Talamik miya.

Oraliq miya ikki bo‘limdan iborat. Orqa sohada joylashgan bo‘rtiq sohasi - thalamencephalon va oldingi sohadagi bo ‘rtiq osti - hypothalamus yuzalari.

I. Bo‘rtiq sohasi, o ‘z navbatida, 3 qism dan iborat. a) ko ‘ruv bo‘rtig‘i - thalamus; b) bo‘rtiqning ustki sohasi - epithalamus; d) bo‘rtiqning orqa sohasi - metathalamus. Oraliq miya b o ‘shlig‘i III qorinchani tashkil etadi.

а) K o‘ruv bo ‘rtig‘i - thalamus opticus oval shakldagi kulrang modda bo‘lib, oldingi uchida - tuberculum anterius, orqa qism ida esa yostiqcha - pulvinar yuzalari ko‘rinadi. Ikkala ko‘ruv bo ‘rtig ‘i o ‘zaro kulrang modda - adhesio interthalamica vositasida tutashadi. K o‘ruv bo‘rtig‘i ko ‘ndalang kesim da oq m oddalar - stria medullares thalami vositasida alohida o ‘zaklarga ajraladi. Joylashishiga ko‘ra: oldingi, orqa, markaziy, medial, lateral o ‘zaklarbo‘ladi. Bo‘rtiq sohasida hamma sezgi o ‘tkazuv yo‘li, orqa qism ida esa ko‘ruv nervi neyronlari joylashadi. Shu sababdan, bo‘rtiq sezuv po ‘stloq osti markazi deyiladi. Ko‘ruv bo‘rtig‘ining kulrang moddasi - substantia grisea thalami quyidagi o ‘zaklardan hosil bo ‘ladi:

1) nucleus anteriores thalami - ko‘ruv bo‘rtig‘ining oldingi o ‘zaklari;

2) nucleus dorsales thalami - ko‘ruv bo‘rtig‘ining dorzal o‘zaklari;

3) nucleus mediates thalami - k o‘ruv bo‘rtig‘ining medial o ‘zaklari;

4) nucleus mediani thalami - ko‘ruv bo‘rtig‘ining oraliq o‘zaklari;

5) nucleus posteriores thalami - ko‘ruv bo ‘rtig ‘ining orqa o ‘zaklari;

б) nucleus ventrales thalami - k o ‘ruv bo‘rtig‘ining ventral o ‘zaklari;

7) nucleus reticularis thalami - ko ‘ruv bo ‘rtig‘ining to ‘rsimon formatsiya o ‘zaklari. Ko‘ruv bo ‘rtig‘ining oq m oddasi - substantia alba thalami quyidagi hosilalardan tashkil topgan:

1) lamina medullaris lateralis - lateral mag‘iz yaproqlari;

2) lamina medullaris medialis - medial mag‘iz yaproqlari;

3) radiatia acustica - eshituv sho’lasi;

4) ansa lenticularis - yasmiqsim on qovuzloq;

5) fasciculus lenticularis - yasmiqsim on tutam;

6) ansa peduncularis - oyoqcha qovuzlog‘i;

7) radiatio anterior thalami - ko‘ruv bo‘rtig‘ining oldingi shu’lasi;

8) brachium colliculi inferioris - pastki tepalik qo‘lchasi;

9) brachium colliculi superioris - ustki tepalik qo‘lchasi;

10) radiatio centralis thalami - ko‘ruv bo‘rtig‘i markaziy shu’lasi;

11) radiatio inferior thalami - ko‘ruv bo‘rtig‘i pastki shu’lasi;

12) fibrae intrathalamicae - bo‘rtiqlar orasidagi tolalar;

13) lemniscus lateralis - lateral qovuzloq;

14) fasciculus mamillothalamicus - so‘rg‘ichsimon tana bilan ko ‘ruv bo‘rtig‘i orasidagi tutam;

15) lemniscus medialis - medial qovuzloq;

16) radiatio optica - ko‘ruv shu’lasi;

17) radiatio posterior thalami - ko‘ruv bo‘rtig‘ining orqa shu’lasi;

18) lemniscus spinalis - orqa miya qovuzlog‘i;

19) lemniscus tregeminalis - uch shoxli nerv qovuzlog‘i;

b) Bo‘rtiq usti - epithalamus sohasi. Bo‘rtiqning orqasida oq m oddalar tutami piliksimon tasmali o‘siq - habenulani hosil qiladi. Bu tutam lam ing bir uchi uchburchaksimon kengayma - trigonum habenulae sohasidan boshlansa, ikkinchi uchi o ‘zaro qo‘shilib, commissura habenularum deb ataladi. Bu birlashm a sohasida epifiz bezi - corpus pineale osilib turadi. Bo‘rtiq usti - epithalamus sohasida quyidagi hosilalar bo’ladi:

1) comissura habenularum - kashakchalar bitishmasi;

2) tractus qabenulointerpedincularis - kashakcha va oyoqchalararo soha orasidagi o‘tkazuv yo‘li;

3) nucleus habenularis lateralis - kashakchaning lateral o‘zagi;

4) nucleus habenularis medialis - kashakchaning medial o‘zagi;

5) comissura posterior - orqa bitishma;

6) area pretectalis - tom oldi m aydonchasi;

7) nuclei pretectales - tom oldi o ‘zaklari;

8) organum subcommissurale - bitishm a ostidagi hosila.

d) B o‘rtiqning ustki - metathalamus sohasida medial va lateral tizzasimon tanalar - corpus geniculatum mediate et laterale joylashadi. Medial tizzasimon moddalar kulrang moddadan tashkil topib, bu sohada eshituv nerv o ‘zaklari joylashadi va eshituv po‘stloq osti markazi deyiladi. Lateral tizzasim on tanalar - corpus geniculatum laterale ham nerv hujayralaridan hosil bo‘lib, ko‘ruv po‘stloq osti markazi deyiladi. Bo‘rtiq orqasi - metathalamus sohasida quyidagi hosilalar bo’ladi:

1) nucleus dorsalis corporis geniculati lateralis - lateral tizzasimon tananing dorzal o ‘zagi;

2) nucleus ventralis corporis geniculati lateralis - lateral tizzasimon tananing ventral o‘zagi;

3) folium intergeniculatum - tizzalar orasidagi yaproq;

4) nuclei corporis geniculati medialis - medial tizzasimon tananing o ‘zagi





Download 71,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish