Орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар


Miyacha: taraqqiyoti, tuzulishi, funksiyasi



Download 71,67 Kb.
bet7/40
Sana27.06.2021
Hajmi71,67 Kb.
#102722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Miyacha: taraqqiyoti, tuzulishi, funksiyasi.

Miyacha - muvozanatni saqlaydigan markazlarni o ‘z ichiga olgan a ’zo hisoblanadi. Miyachaning ikki yon tarafida miyacha yarim sharlari - hemispheria cerebelli va ularning orasida chuvalchangsimon qism - vermis ko‘rinadi. Chuvalchangsimon hosila sohasi miyacha tanasi - corpus cerebelli deb ataladi. Miyachaning corpus cerebelli sohasida quyidagi bo ‘laklar bo’ladi:

1) lobus cerebelli anterior - miyachaning oldingi bo’lagi. Bu bo’lak tarkibida lingula cerebelli - miyacha tilchasi, lobulus centralis - markaziy bo’lakcha, ala lobuli centralis - markaziy bo’lakcha qanotlari, culmen - cho‘qqisi, lobulus quadrangularis anterior - oldingi to‘rt burchakli bo’lakchalar bo’ladi.

2) lobus cerebelli posterior - miyachaning orqa boMagi. Bu bo’lak tarkibida lobus simplex - oddiy bo’lakcha, lobuli semilunares - yarimoysimon bo’lakchalar, lobus gracilis - nozik bo’lakcha, pyramis - piramida, lobus biventer - ikki qorinchali bo’lakcha, uvula - tilcha, tonsilla cerebelli -miyacha murtaklari ko‘rinadi. 3) lobus flacculonodularis – bo’lakcha - tuguncha boMagi. Bu bo’lak tarkibida bo’lakcha - nodulus, tuguncha - flocculus, tuguncha oyoqchasi - pedunculus flocculilar bo’ladi. Miyacha miyaning qismlari bilan uch juft oyoqchalar vositasida o ‘zaro birikadi. Miyachaning yuqori oyoqchalari - pedunculi cerebellares superiores o ‘rta miya bilan birikadi. Miyachaning o ‘rta oyoqchalari - pedunculi cerebellares medius Voroliy ko‘prigi bilan tutashadi. Uning ostki oyoqchalari - pedunculi cerebellaris inferior uzunchoq miya bilan birlashadi. Miyachaning oyoqchalari asosan oq moddalardan tashkil topib, markaziy Yo’llaridan iborat. Miyacha yarim sharlarining ichki qismida to‘rt xil o‘zak boMadi. Ichki sohada IV qorincha cho‘qqisi sohasiga to‘g ‘ri kelgan cho‘qqi o ‘zagi - nucleus fastigii, lateralroq joylashgan sharsimon o‘zak - nucleus globosus, probkasimon o‘zak - nucleus emboliformis va eng chekkada joylashgan tishsimon o ‘zaklar - nucleus dentatus ko‘rinadi. Bu o‘zaklaming hammasi muvozanatni boshqarish bilan bog’liq bo’lgan holda filogenetik jihatdan turli davrda hosil bo’lgan. Cho‘qqi o‘zagi va bo ‘lakcha juda eskidan bor bo‘lib, past tabaqali hayvonlarda ham uchraydi. Chuvalchangsimon qism, po‘kaksimon va sharsimon o ‘zaklar keyinroq hosil bo’lib, tananing muvozanatini ta’minlaydi. Tishsimon o ‘zak bilan miyacha yarimsharlari qo‘l va oyoq harakatini muvofiqlashtiruvchi m arkazlar bo‘lib hisoblanadi. Miyachaning ko‘ndalang kesimida kulrang va oq moddalaming o ‘zaro joylashishi daraxtga o ‘xshaganligidan, hayot daraxti - arbor vitae cerebelli nomini olgan.

Miyacha (lot. cerebellum – kichik miya) umurtqalilar bosh miyasining bir qismi. Odatda miya yarimsharlaridan kichik, lekin ba’zi baliqlarda undan katta bo‘lishi ham mumkin.Odamlarda miyacha harakat boshqariluvida katta rol o‘ynaydi. U shuningdek ba’zi bir kognitiv funksiyalarda, masalan diqqat va til, shuningdek qo‘rquv va qoniqish kabi hissiy boshqaruvlarda ham ishtirok etadi, ammo asosiy ta’siri harakatga bog‘liq funksiyalarda. Odam miyachasi harakatni chaqirmaydi, lekin harakatdagi koordinatsiya, tartib va aniq davomiylikni ta’minlaydi: u orqa miya va miyaning boshqa qismlaridan sezuvchi impulslarni qabul qiladi va ular asosida harakatning o‘ta aniq chiqishini ta’minlaydi. Miyachaning jarohatlanishi odamlarda nozik harakatlar, tana holati boshqariluvi va yangi harakatlar o‘rganilishi buzilishiga olib keladi. Anatomik jihatdan, odam miyachasi bosh miyaning pastki qismi tegib turuvchi alohida tuzilma bo‘lib, miya katta yarimsharlari pastida yopishib turadi. Uning po‘stlog‘i tartibsiz burmalarga ega yarimsharlar po‘stlog‘idan farq qilib, parallel egatlardan iborat. Bu parallel egatlar miyacha po‘stlog‘i aslida akkordion holatiga keltirilgan davomli yupqa to‘qima ekanligini ko‘rsatadi. Bu yupqa qatlamda bir qancha neyron turlari o‘zaro tartib bilan joylashgan. Eng muhimlari Purkinye hujayralari va donador hujayralarder. Bu kompleks tuzilma katta miqdordagi signallar bilan ishlash imkoniyatini beradi, lekin miyacha po‘stlog‘idan chiquvchi deyarli barcha ma’lumot miyacha ichidagi oq moddada joylashgan kichik chuqur yadrolar tizimi orqali o‘tadi.

Miyacha harkat boshqaruvidagi asosiy rolidan tashqari, harakatni o‘rganishning bir qancha turlarida muhim, sezgi-harakat (sensorimotor) munosabatlari o‘zgarishlarida yangi harakat o‘rganishdagi ishtiroki sezilarli. Sezgi-harakat kalibratsiyasini miyachadagi sinaptik plastiklikka bog‘liqligini ko‘rsatuvchi bir qancha nazariy modellar ishlab chiqilgan. David Marr va James Albus tomonidan ilgari surilgan modellar har bir miyacha Purkinye hujayralari umuman farqli 2 xil signalni qabul qilishini o‘rganish asosida yaratilgan: biri donador hujayralarning parallel tolalaridan keluvchi minglab kuchsiz signallar; boshqasi yagona ko‘tariluvchi toladan keluvchi juda kuchli signallarni qabul qilish. Marr–Albus nazariyasining asosiy ma’nosi ko‘tariluvchi tolalar “o‘rgatuvchi signal”larni tashiydi va parallel tolalardagi signal kuchini uzoq davom etuvchi o‘zgarishini chaqiradi. Parallel tolalardagi uzoq muddat depressiyalarini o‘rganish shu turdagi nazariyalarni rivojlantirdi, lekin ularning ishonchliligi baxsli masala.

7 .Rombsimon chuqurcha: xositlo bo’lishi, chegarasi. Bosh miya nerv o’zaklarining proyeksiyasi.



Rombsimon chuqurchaning (fossa rhomboidea) yuqori tomonlarini miyachaning ustki oyoqhalari, pastki tomonlarini esa miyachaning pastki oyoqhalari hosil qladi. Uning pastki burchagida joylashgan toq o‘rta apertura (apertura mediana ventriculi quarti) (Majandi teshigi) orqa miyaning markaziy kanaliga qo‘shib turadi. Yuqori burchagidagi teshik orqali miya suv yo‘li vositasida III qorinchaga qo‘shiladi. Rombsimon chuqrchaning yon burchaklari tashqi cho‘ntaklar (recussus lateralis) hosil qiladi. Undagi juft tashqi apertura (apertura laterelis) esa bosh miyani to‘r parda osti bo‘shlig‘iga qo‘shib turadi. Rombsimon chuqurchaning o‘rtasida ustki burchakdan pastki burchakkacha o‘rta egat (sulcus medianus) joylashadi, uning yon tomonlarida juft medial tepalik (eminentia medialis) joylashib, tashqi tomonidan chegaralovchi egat (sulcus limitans) bilan ajrab turadi. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida medial tepalik torayib, til osti nervi uchburchagiga (trigonum nervi hypoglossi) o‘tib ketadi. Undan chetroqda adashgan nerv uchburchagi (trigonum nervi vagi) joylashgan. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida havorang soha (locus caeruleus) va kulrang tasma (taenia cinera) pastki burchagida esa yopqich (obex) ko‘rinadi. Medial tepachaning yuqori ko‘prik qismida yuz tepaligi (colliculus facialis) bor. Rombsimon chuqurchaning yon burchaklari sohasida dahliz-chig‘anoq nervi o‘zaklari yotadigan vestibulyar maydon (area vestibularis) joylashgan. Vestibulyar maydondan o‘rta egatga qarab yo‘nalgan miya hoshiyasi (stria medullaris ventriculi quarti) rombsimon chuqurchani yuqori va pastki uchburchaklarga ajratadi. Rombsimon chuqurcha tubida bosh miya nervlarining o‘zaklari joylashadi. Sezuvchi o‘zaklar rombsimon chuqurchada lateral, harakat o‘zaklari medial, vegatativ o‘zaklar esa ularning o‘rtasida joylashadi. Rombsimon chuqurchaning pastki uchburchagi sohasida, uzunchoq miyaning oq moddasi o‘rtasida IX-XII juft nervlarining o‘zaklari simmetrik joylashadi. XII juft, til osti nervining (n. hypoglossus) bitta harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus n. hypoglossi) bo‘lib, til osti uchburchagi ichida joylashgan. XI juft, qo‘shimcha nervning (n. accessorius) harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus nervi accessorii) rombsimon chuqurchada ikki yoqlama o‘zakdan tashqarida va pastroqda yotadi. Bu o‘zak orqa miyaga tomon davom etib, uning yuqorigi 5-6 segmentlari sohasida oldingi shoxlarga yaqin joylashadi. X juft, adashgan nervning (n. vagus) uchta o‘zagi bor. I. Ikki yoqlama o‘zak (nucleus ambiguus) harakatlantiruvchi IX va X juft nervlar uchun umumiy bo‘lib, rombsimon chuqurchaning pastki bo‘lagini lateral qismida to‘r formatsiya ichida joylashgan. 2. Yakka tutam o‘zagi (nucleus solitarius) - sezuvchi o‘zak. 3. Parasimpatik o‘zak (nucleus dorsalis n. vagi) adashgan nerv uchburchagi sohasida joylashadi. IX juft, til-yutqin nervining (n. glossopharyngeus) ham uchta o‘zagi bor. 1.Uning harakatlantiruvchi o‘zagi (nucleus ambiguus) IX-X nervlar uchun umumiy. 2.Yakka tutam o‘zagi (nucleus solitarius) -sezuvchi o‘zak. 3.Parasimpatik, pastki so‘lak ajratuvchi o‘zak (nucleus salivatorius inferior) uzunchoq miya olivasi bilan ikki yoqlama o‘zak o‘rtasida to‘r formatsiyada joylashgan. Rombsimon chuqurchaning ustki uchburchagi sohasida, ko‘prikning oq moddasi o‘rtasida V-VIII juft bosh miya nervlarining o‘zaklari joylashadi. VIII juft, dahliz-chig‘anoq nervi (n. vestibulocochlearis) o‘zaklari ikki guruhga bo‘linadi. Bu o‘zaklar vestibulyar maydoncha sohasida joylashadi. Ularning ikkitasi eshituv a’zosiga taaluqli. 1.Oldingi chig‘anoq o‘zagi (nucleus cochlearis ventralis). 2. Orqa chig‘anoq o‘zagi (nucleus cochlearis dorsalis). Bu o‘zaklarda sprial tugun neyronlarining o‘simtalari tugaydi. Vestibulyar o‘zaklar to‘rtta: I. Medial vestibulyar o‘zak (nucleus vestibularis medialis) (Shvalbe o‘zagi). 2. Lateral vestibulyar o‘zak (nucleus vestibularis lateralis) (Deyters o‘zagi). 3.Ustki vestibulyar o‘zak (nucleus vestibularis superior) (Bexterev o‘zagi). 4. Pastki vestibulyar o‘zak (nucleus vestibularis inferior) (Roller o‘zagi). Bu o‘zaklar parda labirintning muvozanat sohalaridan keluvchi impulslarni qabul qiladi.

VII juft, yuz nervining (n. facialis) uchta o‘zagi bor. I. Yurik harakatlantiruvchi o‘zak (nucleus n. facialis) ko‘prikni to‘r formatsiyasi ichida colliculus facialis dan chekkaroqda ancha chuqur joylashadi. Bu o‘zak hujayralari o‘simtalari harakatlantiruvchi ildizni hosil qiladi. Sezuvchi va parasimpatik o‘zaklar VII juft tarkibiga qo‘shilgan oraliq nervga (n. intermedius) tegishli. 2.Sezuvchi, yakka tutam o‘zagi (nucleus solitarius) VII,IX,X juft nervlar uchun umumiy bo‘lib, rombsimon chuqurchani tubida til osti nervi uchburchagidan lateral joylashadi. Bu o‘zak hujayralari ko‘prikning qopqoq qismidan to orqa miyani I segmentigacha tarqalgan. Unda tam sezuvchi nerv tolalari tugaydi. 3.Ustki so‘lak ajratuvchi o‘zak (nucleus salivatorius superior) parasimpatik, ko‘prikni to‘r formatsiyasi ichida harakatlantiruvchi o‘zakdan biroz yuza va lateralroq yotadi. VI juft, uzoqlashtiruvchi nervning (n. abducens) bitta harakatlantiruvchi o‘zagi ( nucleus nervi abducentis) yuz tepaligi ichida yotadi. V juft, uch shoxli nervning (n. trigeminus) to‘rtta o‘zagi bor. Shundan ikkitasi rombsimon chuqurcha sohasida yotadi. Harakatlantiruvchi o‘zak (nucleus motorius n. trigemini) rombsimon chuqurchaning yuqori qismida joylashadi. Sezuvchi o‘zagi uchta. Undan uch shoxli nervning ko‘prikdagi o‘zagi (nucleus pontinus n. trigemeni) harakatlantiruvchi o‘zakdan lateralroq yotadi. Ikkinchi sezuvchi o‘zak (nucleus spinalis n. trigemeni) cho‘zinchoq shaklda uzinchoq miyaning bor bo‘yicha yotadi va orqa miyaning yuqori I-V segmentlarigacha boradi. Uchinchi sezuvchi o‘zak (nucleus mesencephalicus n. trigemeni) miya vodoprovodi yonida joylashgan.

8. IV qorincha: tuzulishi, devorlari, teshiklar, klinik ahamiyati

Rombsimon miya pufagidan taraqqiy etgan uzunchoq miya, ko‘prik va miyachalar orasidagi bo‘shliq IV qorinchaga aylanadi. IV qorincha oldingi sohada o ‘rta miya bo‘shlig‘idan hosil bo‘lgan miya suv yo‘li - aqueductus cerebri ga davom etadi va III qorincha bo‘shlig‘i bilan aloqa bog‘laydi. IV qorinchaning pastki sohasida esa qorincha orqa miya markaziy kanali bilan 32 33 tutashadi. IV qorincha bo‘shlig‘i bosh miyaning subaroxnoidal bo‘shlig‘i bilan ham aloqa bog‘laydi: qorincha chodirining cho‘qqi sohasidan - apertura mediana ventriculiquarti ochilsa, rombsimon chuqurchaning yon cho‘ntaklari sohasidan apertura lateralis ventriculi quarti boshlanadi. IV qorinchaning tubi va tom qismlarini ajratish mumkin. To‘rtinchi qorinchaning tomi tegmen ventriculi quarti deyilsa, uning tubini rombsimon chuqurcha - fossa rhomboidea tashkil etadi. IV qorincha tom qism ida chodir - fastigium ko‘rinadi. Qorinchaning tom qismida yuqori va pastki chodirlar bo ‘ladi. Yuqori chodir - velum medullare superius miyachaning yuqori oyoqchalari orasida joylashadi. Bu sohada yuqori oyoqchalaming yuganchasi - frenulum veli medullaris superior bo’ladi. Pastki chodir - velum medullare inferius juft hosila bo‘lib, miyachaning bo’lakchasigacha tortiladi va shu chodir sohasida qon tomir chigali - tela choroidea ventriculi quarti joylashadi. Rom bsim on chuqurcha - fossa rhomboidea uzunchoq miya va ko‘priklam ing dorzal yuzalaridan hosil bo’ladi. Bu chuqurchaning yuqori qism ini m iyachaning yuqori oyoqchalari,

pastki chekkalarini esa m iyachaning pastki oyoqchalari chegaralab turadi. Rombsimon chuqurchaning ikki yonida yon cho‘ntak - recessus lateralis lar boMadi. Bu sohadan apertura lateralis - yon teshiklar boshlanadi. Rombsimon chuqurchaning o ‘rtasidan oMadigan egat - sulcus medianus chuqurchani ikkiga ajratadi. Egatning ikki yonida, o‘rta sohada uchraydigan bo ‘rtiq - eminentia medialis kulrang moddadan hosil bo’ladi. Bu sohada VI va VII juft bosh miya nervlari o ‘zagi - colliculus facialis joylashadi. Rombsimon chuqurchaning pastki uchida ikkita uchburchaksimon yuza ko‘rinadi. 0 ‘rta egatga yaqinroq yuza - trigonum nervi hypoglossi sohasida XII ju ft bosh miya nervining o ‘zaklari joylashadi. Chekkaroqda joylashgan uchburchak - trigonu nervi vagi da esa X juft bosh miya nervlari o ‘zagi joylashadi. Rombsimon chuqurchaning pastki uchida yopqich - obex va chegaradagi egat - sulcus limitans ko‘rinadi. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida havo rang soha - locus caeruleus va kulrang tasma - taenia cinerea ko‘rinadi. Rombsimon chuqurchaning ikki yon chekkasi sohasida VIII juft bosh miya nervlarining o‘zaklari joylashadigan maydonchalar - area vestibularis ko ‘rinadi. Bu maydonchalardan o‘rta egat tarafga yo‘nalgan tizimchalar - striae medullares ventriculi quartirom bosimon chuqurchani yuqori va pastki qism larga ajratadi. Rombsimon chuqurcha sohasidagi nerv o ‘zaklarining joylashish tartibi ma’lum qonuniyatga bo‘ysunadi. Jumladan, miya po’stlog’ining orqa miyadan uzunchoq miyaga o ‘tish sohasida bukilganligidan, pufakning orqa sohasi o ‘zaro uzoqlashib, oldingi sohalar o ‘zaro yaqinlashadi. Natijada, orqa sohada joylashgan sezuvchi o ‘zaklar lateral tarafga o ‘tadi. 0 ‘rta sohada harakat nervi, oraliq sohada esa vegetativ nerv o ‘zaklariga ega boMgan bosh miya nervlari joylashadi. Shu sababdan, aynan sezuvchi nerv o ‘zaklari boMgan VIII juft bosh miya nervi lateral cho‘ntaklar sohasida joylashadi. Faqat harakat o‘zaklariga ega bo’lgan VI, XII juft bosh miya nervlari o‘rta egat atrofidan boshlanadi. Bu nervlar orasida esa vegetativ o ‘zagi bo’lgan VII, IX, X juft nervlar hujayralari joylashadi.


Download 71,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish