13. Bosh miya bazal o’zaklari: topografiyasi,funksional axamiyati. Stripallidar tizimi to’g’risida tushuncha.
Bosh miya yarimsharlarining tashqi yuzasidagi kulrang moddadan tashqari, ichki yuzasida, oq moddaning orasida joylashgan kulrang moddalar (nerv hujayralari) bazal o ‘zaklar deyiladi. Bazal o ‘zaklar uch xil hujayradan tashkil topgan bo‘lib, ular: targ‘il tana - corpus striatum ; ixota - claustrum; bodomsimon tana - corpus amygdoloideum. I. Targ‘il tana - corpus striatum, o ‘z navbatida, dumsimon o ‘zak - nucleus caudatus va yasmiqsimon o ‘zak - nucleus lentiformis lardan tashkil topgan. Dumsimon o ‘zak - ko‘ruv bo‘rtig‘ining lateral tarafida va ustida joylashadi. Bu o ‘zak boshchasi - caput nuclei caudati, bosh miya peshona bo‘lagi sohasida joylashib, yon qorinchaning old shoxchasi devorini hosil qilishda qatnashadi. Dumsimon o ‘zak tanasi - corpus nuclei caudati esa bosh miyaning tepa bo‘lagiga to‘g ‘ri kelib, yon qorinchaning markaziy qismi lateral devorini hosil etishda qatnashadi. Bu o ‘zakning dum qismi - cauda nuclei caudati yon qorinchaning pastki shoxi devorini hosil qilishda qatnashadi. Bosh miyaning bazal o‘zaklari:
1 - fissura longitudinalis cerebri; 2 - corpus callosum; 3 - corpus fornicis; 4 - ventriculus lateralis (pars centralis); 5 - plexus chorioideus ventriculi lateralis; 6 - corpus nuclei caudati; 7 - nucleus anterior thalami; 8 - nucleus lateralis thalami; 9 - capsula intema; 10 - nucleus madialis thalami; 11 - putamen n. lentiformis; 12 - globus pallidus; 13 - claustrum ; 14 - commissura anterior; 15 - tractus opticus; 16 - corpusam ygdaloideum ; 17 - basis pontis; 18 - columna fornicis; 19 - hypothalamus; 20 - ventriculus tertius; 21 - tractus mamillothalamicus; 22 - capsula extema; 23 - capsula extrema; 24 - insula; 25 - w . cerebri intemae; 2 6 - v. thalamostriata; 27 - taenia fornicis; 28 - a. cerebri anterior.
Yasmiqsimon o ‘zak - nucleus lentiformis oq moddalar vositasida ikki xil moddaga ajraladi. Lateral tarafda joylashgan qismiga qobiq - putamen va ichki sohasidagi o ‘zaklarga esa rangpar sharglobus pallidus deyiladi. Rangpar shar o‘zaklari o ‘rta miyadagi qizil o ‘zaklar bilan bog’langan bo’lib , uning ishini zaiflashtirib (tormozlab) turadi. O‘z navbatida, rangpar shar o ‘zaklari faoliyatini dumsimon o ‘zak bilan qobiq o ‘zaklari boshqaradi. Shu sababdan, rangpar shar alohida pallidar guruh o ‘zaklari deb nomlansa, dumsimon o ‘zak bilan qobiq o ‘zaklari striar guruh o ‘zaklarga kiradi. Dumsimon va yasmiqsimon o ‘zaklar guruhi vazifasiga ko‘ra striapallidar guruh o’zaklarini hosil qiladi. II. Ixota - claustrum o ‘zagi yasmiqsim on o ‘zakning lateral sohasida joylashadi. Bu ikki o ‘zak o‘zaro - capsula externa deb nomlanadigan oq moddalar bilan ajraladi. Ixotaning lateral tarafidagi oq moddalar bu o ‘zakni orolcha pushtalaridan ajratadi va eng tashqi kapsula - capsula extrema deyiladi. III. Bodomsimon modda - corpus amygdoloideum o ‘zaklari nucleus amygdoloidea - bazal o‘zaklar guruhiga kirib, miya so‘g ‘onidagi hosilalarga ta’sir etadi va hid biluv o ‘tkazuv yo’lining po‘stloq osti markazini hosil qiladi. Bodomsimon o ‘zak chakka bo’lagining ichida joylashgan kulrang moddalardan tashkil topadi. Bu o‘zak ichki tarafda paragipokampal pushtaning ilmoq sohasiga davom etadi. Bodomsimon o ‘zak hujayralari tashqi yuzada chakka sohasining oq moddasi bilan chegaralanadi, yuqori yuzasi esa ixotaning ostki qirrasi va yasmiqsimon o ‘zak sohalariga to‘g‘ri keladi. Bodomsimon o ‘zak hujayralari orqa tarafdan dumsimon o ‘zakning dum qismi va yon qorinchaning pastki shoxigacha y o‘naladi. Bu shoxlaming uchida bodomsimon o ‘zaklar gippokam pushtalariga yaqinlashadi. Bodomsimon o ‘zaklar bosh miyaning limbik tizimi guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |