Бўйин чигали: ҳосил бўлиши, топографияси, тармоқлар, иннервация соҳалари.
Bo‘yin chigali (plexus cervicaiis) to'rtta yuqori bo‘yin (Cj - C^.) nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo‘ladi. Chigal to*rpa. yugori bo‘yin umurtqalari sof}asida bo^yimiing chuqur mushaklarining (kurakm ko*taruvchi, o‘r & v a b j S S p i n ^ t a s m a s i m o n ) oldingi lateral yuzasida, to‘sh- o‘mrov-sa‘i^4 ichsimon mushakning orqasida joylashadi. Uning shoxlari uch:
seziiychi, harakatlantiruvchi va aralash guruhga bo‘linadi.
( iJSezuvchi shoxlari quyidagilar:
Ensaning kichik nervi (n. occipitalis minor) to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning orqa chekkasidan chiqadi. Mushakning orqa chekkasi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib, ensa sohasining pastki lateral qismi terisini va quloq suprasining orqayuzasi terisini innervatsiya qiladi.
2. Quloq suprasi terisini innervatsiya etadigan katta nerv (n. auricularis magnus) sezuvchi shoxlaming eng kattasi. To‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning lateral tomonidan qiyshiq yo'nalib, quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘li terisini innervatsiya qiladi.
3. Bo‘yinning ko‘ndalang nervi (n. transversus colli) to‘sh-o‘mrov- so‘ig‘iehsimon mushakning orqa chekkasidan chiqib, oldinga tomon ko‘ndalang yo'nalib, yuqori va pastki shoxlaiga (rr.superiores et inferiores) bo'linadi. U bo‘yinning oldingi va tashqi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Nervning yuqori shoxlaridan bittasi yuz nervining bo'yin shoxi bilan qo'shilib, yuza bo‘yin siitmog‘ini hosil qiladi.
4.0 ‘mrov usti nervi (nn. supraclaviculares) 3-5 ta bo'lib, to‘sh-o‘mrov- so‘ig‘ichsimon mushakni orqa chekkasidan chiqadi. Bu nervlar joylashishiga qarab medial, oraliqva lateral o‘mrov usti nervlariga (nn. supraclaviculares mediates, intermedii et lateralis^bo‘linadi. 0‘mroy usti nervlari pastga va orqaga qarab yo‘nalib, deltasfrnon va каШ W knifc mushagi sohasi terisini innervatsiya qiladi.
2J Harakatlantiruvchi (mushak) shoxlari chigal atrofida joylashgan musfiaklami: m. longus colli, m.longus capitis, mm. scaleni anterior, medius, posterior, mm. recti capitis anterior et lateralis, m. intertransversari anteriores, m. levator scapulae innervatsiya qiladi.
Harakatlantiruvchi shoxlardan radix inferior ansae cervicalis, til osti nervidan chiquvchi radix superior bilan qo‘shilib, bo‘yin sirtmog‘ini (ansa cenicalis) hosil qiladi. Ujung shoxlari tfl osti suyagidan pastda joylashgan (ttf^sh-til to'sb^^qonsim on; kurak-til osti, qalqonsimon-til osti) mushaklami innervatsiya qiladi. Bundantashqaribo‘yinchigalidanto‘sh- o‘mrov-so‘rg‘ichsimon va trapetsiyasimon mushaklaiga ham shoxlar chiqadi.
Aralash shoxga diafragma nervi (n. phrenicus) kiradi. Bu nerv III-IV bo‘yin nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo‘lib, oldingi narvdnsimon mushakning oldingi yuzasi bo‘ylab pastga tushadi. Ko‘krak qafasining ustki aperturasi orqali o'm rov osti arteriyasi va venasi o'rtasidan ko‘krak qafasiga kiradi. Ko'krak qafasida o‘pka ildizining oldidan, perikard bilan mediastinal plevraning o‘rtasidan o‘tib, diafragmada shoxlanadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari diafragmani, sezuvchi tolalari plevra va perikardni innervatsiya qiladi. fU ning sezuvchi diafragm a-qorin shoxlari (гг.
phrenicoabdominales) qorin bo‘shlig‘iga o‘tib diafragmani qoplagan qorinpardani innervatsiya qiladi. 0‘ng diafragma nervi tolalari jigar
Елка чигали: ҳосил бўлиши, умров устки- ва остки қисмларнинг топографияси, калта тармоқлар, иннервация соҳалари.
21.Yelka chigali (plexus brachialis) to‘rtta pastki bo'yin (Cv - C^,), qisman IVbo'yin (C^) va I ko‘krak (Th,) nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo‘Iadi. Nab'oi’ ratnori mushaJdar oralig‘ida bu nervlar o‘zaro qo‘shilib uchta: ustki poya (truncns superior), o‘rta poya (tnmcus medius) va pastki poyani (truncus inferior) hosil qiladi. Bu poyalar narvonsimon mushaklar oralig‘idan pastga tomon yo'nalib, o'mrov suyagiga nisbatan ikki: o‘mrov usti (pars supraclavicularis) va o ‘mrov osti (pars infraclavicularis) qismlarga bo'linadi.
Yelka chigalining о‘mrov osti qismi qo'ltiq osti arteriyasini uch tomondan o‘rab tumvchi uchta dastaga bo‘linadi. Arteriyaning medial tomonida medial dasta (faciculis medialus), lateral tomondan lateral dasta (faciculis lateralis), orqa tomonida orqa dasta (faciculis posterior) joylashadi.
Yelka chigalidan uzun va qisqa shoxlar chiqadi. Qisqa shoxlar yelka chigalining o’mrov osti qismidan chiqib, ularga quyidagi nervlar kiradi.
1. Kurak orqasi nervi (n. dorsalis scapulae) V bo'yin nervining oldingi shoxidan boshlanib, orqa narvonsirrion va kurakru ko’taruvchi mushakning o'rtasidan orqaga o‘tib, kurakni ko‘taruvchi va rombsunon mushaklami innervatsiya qiladi.
2. Ko‘krakning uzun nervi (n. thoracicus longus) V va VI bo‘yin nervlarining oldingi shoxid^ boshlanadi^ Pastga tomony^lk^ chigalining orqasidan yo‘nalib, lateral ko‘krak artei^asi bilan oldingi tisfisimon mushakni tashqi yuzasida yotadi va uni innervatsiya qiladi.
3. O‘mrov osti nervi (n. subclavicus) V bo‘yin nervining oldingi shoxidan boshlanib o‘mrov osti arteriyasining oldidan o‘z nomidagi mushakga boradi.
4. Kurak usti nervi (n. suprascapularis) V-VII bo‘yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Orqa tomonga yo‘nalib, shu nomli arteriya bilan kurak o‘ymasidan qirra usti chuqurchasiga, so‘ngra akromionni aylanib o‘tib, qirra osti chuqurchasiga o‘tadi. Bu nerv kurak qirrasi ustidagi kurak qirrasi ostidagi mushaklami va yelka bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi.
5. Kurak osti nervi (n. subscapularis) V-VII bo'yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Kurak osti mushagini oldidan yo‘nalib, o‘z nomidagi va katta yumaloq mushakni innervatsiya qiladi.
6. Ko'krakning orqa nervi (n. thoracodorsalis) V-VII bo‘yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Kurakning tashqi chekkasi bo'ylab orqaning keng mushagiga boradi va uni innervatsiya qiladi.
7. Lateral va medial ko'krak nervlari (n.pectorales lateralis et medialis) V bo‘yin I ko‘krak nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Oldinga tomon yo‘nalib, katta (medial) va kichik ko‘krak (lateral) mushaklarini innervatsiya qiladi, Yelka chigalining o‘mrov osti qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:
8. Qo‘ltiq osti nervi (n.axillaris) yelka chigalining orqa dastasidan (Cv- Cvjh) boshlanadi. Nerv kudik olti mushagini oldingi yuzasi bo‘ylab pastga va tashqariga yo‘naladi. Keyin orqaga burilib, yelka suyagini orqadan aylanib o'tadigan arteriya bilan birga to‘rt tomonli teshikdan o‘tadi. Yelka suyagi xirurgik bo‘ynini orqasidan aylanib o‘tib, deltasimon mushak ostida yotadi.
Bu nervning harakatlantiruvchi shoxlari (rr. muscularis) deltasimon, kichik yumaloq mushaklami, sezuvchi shoxlari yelka bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi. Uning oxirgi shoxi n. cutaneus brachii lateralis superior yelkaning lateral sohasi terisini innervatsiya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |