15. Bosh miyani o’rovchi pardalar va bo’shliqlar. Bosh va orqa suyuqligini sirkulyatsiyasi, klinik ahamiyati
Bosh miyani o‘rab turuvchi pardalar – meninges. Bosh miyani o ‘rab turuvchi pardalar - meninges uch turga bo‘linadi. - I. Tashqi tarafdagi parda qattiq parda - dura mater encephali deb ataladi. Bu parda kalla suyagiga yopishib, suyak ust pardasi vazifasini o ‘taydi. Ichki yuzasi esa endoteliy hujayralar bilan qoplanib, yaltiroq silliq yuzani tashkil etadi. Tashqi parda bosh miya yarim sharlarining orasiga kirib boradigan quyidagi o‘siqlami hosil qiladi:
1) falx cerebri - bosh miya o ‘rog‘i ikki bosh miya yarimsharlari orasiga kirib, qadoqsimon tanalargacha davom etadi. Bu o ‘simta sagital sathda joylashib, oldingi sohada crista galli o ‘simtalargacha, orqada esa ensa sohasigacha davom etadi. Uning yuqori uchi peshona, tepa va ensa suyaklarida uchraydigan sagital egatlar - sulcus sinus sagittalis superiores ning chetiga birikadi.
2) tentorium cerebelli - miyacha chodiri bosh miyaning ensa bo’laklarini miyachadan ajratib turadi. Kalla suyagiga birikadigan qirrasi esa ensa suyagidagi sulcus sinus transversi egati chekkasiga birikadi.
3) falx cerebelli -miyacha o‘rog‘i o ‘simtasi sagittal sathda ikki miyacha yarimsharlari orasida joylashadi. U ensa suyagining crista occipitalis interna o‘sig‘iga birikadi.
4) diaphragma sellae - turk egari sohasining ust yuzasi sohasidagi ustki to‘siq bo‘lib, uning o‘rtasidagi teshikdan gipofiz bezi tizimchasi - infundibulum o‘tadi.
5) cavum trigeminalis - uch shoxli nerv tuguni bo‘shlig‘i, chakka suyagidagi piramidaning oldingi yuzasida hosil bo‘lib, u yerda shu nervning yarimoysimon tuguni joylashadi. Bosh miyani o‘rab turuvchi qattiq parda o ‘simtalari kalla suyagiga birikish sohasida ikkiga ajralib, vena qoni oqadigan venoz sinuslar hosil bo‘ladi. Venoz sinuslarda klapanlar bo‘lmaydi,-ulaming devori faqat qattiq pardadan hosil bo ‘ladi. Vena qon tomirlariga xos bo’lgan devorining (biriktiruvchi to‘qima va mushak qavatlarining yo‘qligi) va klapanlam ing bo‘lmasligi bosh miyadan qonning venalarga osongina oqishini ta’minlaydi. Kalla ichida quyidagi venoz sinuslar bo‘ladi:
a) sinus sagitalis superior - qattiq pardaning «bosh miya o‘rog‘i» falx cerebri o‘simtasining yuqori qirrasi b o ‘ylab yo‘naladi. Kalla suyagida bu vena tomiri sulcus sinus sagitalis egatiga to‘g ‘ri keladi va g ‘alvirsimon suyakning crista galli - xo‘roz toji qirrasidan, ensa suyagining protuberantia occipitalis interna do‘mbog‘igacha davom etadi.
b) sinus sagitalis inferior - bosh miya yarim sharlari orasidagi «katta o ‘roq» o‘simtasining pastki qirrasi bo‘ylab yo ‘naladi va sinus rectus venasiga quyiladi. d) sinus rectus - falx cerebri o‘sim tasining tentorium cerebelli ga birikish sohasida joylashadi.
e) sinus occipitalis - yuqori sagittal sinusning davomi hisoblanadi va falx cerebelli - miyacha o ‘rog‘ining ichki ensa qirrasiga birikish sohasida joylashadi. Yuqorida keltirilgan to‘rtta venoz sinuslarining o ‘zaro tutashgan sohasida kengayma bo‘lib, confluens sinium deb ataladi. Bu kengayma sohasidan venoz qon ko‘ndalang sinus va sigmasimon sinusga davom etadi.
f) sinus transversus - ko‘ndalang sinus. Ensa suyagining shu nomli egati sohasida joylashadi.
g) sinus sigmoideus - ko‘ndalang sinusdagi venoz qonni qabul qilib, bo‘yinturuq teshigi - foramen jugularae sohasidan boshlanadigan ichki bo‘yinturuq venasi - v. jugularae internae ga davom etadi.
h) Bosh miya asosida, turk egari atrofida sinus cavernosus venoz chigali joylashadi. Bu chigaldan venoz qon chakka suyagining toshsimon qismida joylashgan sinus petrosus superior va sinus petrosus inferior larga davom etadi. Bu sinuslar o ‘z nomi bilan ataladigan egatlar sohasida joylashadi. Ulardan venoz qon orqa miya atrofidagi venalarga davom etadi.
II. Bosh miyani o ‘rab turuvchi ikkinchi parda: to‘rsimon parda - arachnoidea encephali. Qattiq parda bilan to‘rsimon parda orasida cavum subduralae bo‘shlig‘i bo‘ladi. To‘rsim on parda bosh m iya yarim sharlaridagi egatlar orasiga kirmasdan, pushtalar ustidan yo‘naladi. Uning ostida cavitas subarochnoidealis b o ‘shlig‘i joylashadi. Bosh miya asosida bu bo‘shliq yaxshiroq taraqqiy etgan bo‘lib, hajmi kattaroq kengaymalar - sistemalar (ular quyidagi sohalarda) hosil bo‘ladi:
1) Cisterna cerebellomedullaris - miyacha va uzunchoq miya orasida;
2) Cisterna interpeduncularis - bosh miya oyoqchalari orasida;
3) Cisterna chiasmatis - ko‘ruv nervi kesishmasining old sohasida;
4) Cisterna fossae lateralis cerebri - bosh miya yarim sharlarining yon tirqishlari sohasida. To‘r parda osti bo‘shlig‘i, katta ensa teshigi sohasida, orqa miya atrofidagi shunday bo‘shliqqa davom etadi. Bosh miya atrofidagi subaraxnoidal bo ‘shliq, bosh m iyaning to ‘rtinchi qorincha bo ‘shlig‘i bilan ham aloqa bog‘laydi. Bu bog‘lanish apertura mediana ventriculi quarti bilan apertura lateralis ventriculi quarti teshiklari orqali hosil boMadi. Bu teshiklam ing ochilish sohasi cisterna cerebellomedullaris kengaymasi sohasiga to‘g ‘ri keladi.
III. Bosh miyani o‘rab turgan uchinchi parda yumshoq parda - pia mater encephali deyilib, qon tomirlari chigalidan tashkil topadi va hamma egatlar tirqishiga kirib boradi. Bosh va orqa miya atrofidagi suyuqlik - liquor cerebrospinalis to‘r parda ostidagi bo‘shliqda va bosh miya qorinchalari devoridagi qon-tomir chigallari - plexus choroidea tomonidan ishlanadi va bosh miya qorinchalari bo‘shlig‘iga ajratiladi. Bu suyuqlik yon qorinchalardan III qorincha bo‘shlig‘iga, u yerdan o ‘rta miyadagi miya suv yo‘li orqali IV qorincha bo‘shlig‘iga yo‘naladi. To‘rtinchi qorincha bo‘shlig‘idan suyuqlik, medial va lateral tirqishlar orqali, bosh miya atrofidagi subaroxnoidal bo‘shliqqa yo‘naladi. Bu bo‘shliqning tashqi devori bo‘lib hisoblangan to‘r parda, venoz sinuslar devoridan bo‘rtib chiqib turadi. Natijada, bosh va orqa miya atrofidagi suyuqlik vena qoniga o ‘tadi (so‘riladi). Aroxnoidal granulatsiyalar - granulationes arochnoideales bosh miyani o ‘rab turuvchi, yum shoq parda o ‘simtalari bo‘lib, uning tashqi tarafida joylashadi. Paxioni (A.Pachioni 1665-1726) tomonidan birinchi marotaba o ‘rganilgan. Aroxnoidal granulatsiyalar kolbasimon kengaygan ichi bo‘sh o‘simtalardir. Bu o ‘simta bo‘shliqlari subaroxnoidal bo‘shliq bilan aloqada boMadi. Aroxnoidal granulatsiyalar orqali subaroxnoidal bo‘shliqdagi suyuqlik venoz sinuslardagi qonga o ‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |