Tadqiqot maqsadi: umumta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik va texnologiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning grafik madaniyati va savodxonligini rivojlantiruvchi topshiriqlar variantlarini tuzib, ularni dars jarayonida qo‘llash usullarini ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari:
Umumta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik mashg‘ulotlarining mazmuni va unda o‘quvchilar bajaradigan amaliy ishlar hamda o‘rganishlari ko‘zda tutilgan nazariy ma’lumotlarni aniqlash.
Umumta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik mashg‘ulotlari uchun o‘quvchilar bajaradigan loyihalash elementlari bo‘lgan topshiriqlar variantlarini tuzish.
Umumta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik va texnologiya mashg‘ulotlari uchun o‘quvchilar bajaradigan konstruksiyalash elementlari bo‘lgan topshiriqlar variantlarini tuzish.
Maktablardagi texnik ijodkorlik mashg‘ulotlari uchun amaliy yo‘naltirilgan ijodiy xarakterdagi topshiriqlar namunalarini ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’yekti: Umumiy o'rta ta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik va texnologiya fani o‘quv mashg‘ulotlari.
Tadqiqot predmeti: Umumiy o'rta ta’lim maktablaridagi texnik ijodkorlik va texnologiya fani o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirish.
Umumiy o'rta ta’lim maktablari texnik ijodkorlik va texnologiya fanlari bo‘yicha o'quvchilarning amaliy grafik ishlarining mazmunini takomillashtirish hamda qo‘shimcha nazariy ma’lumotlar bazasi namunalarini taklif qilish
tadqiqotimizning muammosidir.
.
1 bob. TEXNIK IJODKORLIK VA GRAFIKA. O‘QUVCHILARNING
TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL QILISH
1.1. Grafika, uning shakllanishi va rivojlanishi. Grafikaning inson faoliyatida
tutgan o‘rni
Qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha kishilar o‘rtasidagi grafik muloqot eng oddiy va qulay aloqa vositasi sifatida qo‘llanilib kelinmoqda. Bekorga “yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal” deb aytishmaydi. “Bitta rasm mingta so‘zning o‘rnini bosadi” deb hisoblanishi ham asoslidir.
Kishilar atrofidagi buyumlarning rasmini solishni yozishni o‘rga-nishdan avval o‘zlashtirib olganlar. Ibtidoiy rassomlar qoyatoshlarda, g‘orlarning devorlarida, mamont tishlari, daraxt po‘stlog‘i, loy kabi ko‘plagan materiallarda hayvonlar, ov sahnalari, turmush va insonlar hayoti lavhalaridan manzaralarni tasvirlaganlar (1-shakl). Bunday qadimiy rasmlar Er sharining barcha qit’alarida, jumladan O‘zbekistonda ham uning janubidagi Zarautsoy, Samarqand atrofidagi Ilonsoy va Oqsoy, Farg‘onadagi Suratsoy kabi joylarda saqlanib qolgan.
O‘zbekiston hududidagi Zarautsoy qoyatoshiga ishlangan ov manzarasi
Qadimgi rassomlar sodda qo‘lbola asboblar: toshdan tayyorlangan keskich,
hayvonlarning o‘tkir suyaklari, jundan tayyorlangan qattiq mo‘yqalamlar va hattoki ayrim hollarda o‘zlarining barmoq va qo‘l panjalaridan foyda-lanib rasm solganlar. Vaqt o‘tishi bilan qadimgi rassomlarning asboblar to‘plami takomillashib, ko‘proq turli-tuman bo‘la boshlagan.
Murakkab bo‘lmagan rasm solish bo‘yicha ajoyib ko‘nikmalar qadimgi odamga yozuvni yaratishga imkoniyat yaratdi. Dastlabki yozma hujjatlar-hikoyalar manzarali - piktografik va ieroglifik shaklda bo‘lgan. 2 - shaklda qadimgi rassom tomonidan hayvon suyagiga kartinalar shaklida o‘yib “yozilgan” hikoyaga misol keltirilgan. Bunday yozuv mazmunini tushunib olish juda oson: hikoyachi eshkak bilan qayiqqa o‘tirib tyulen oviga jo‘naydi va o‘ljani ikkinchi ovchi bilan birgalikda o‘toviga olib keladi.
Ibtidoiy ovchining piktografik «kartinali» xat-hikoyasi
Misr ierogliflarining belgi-kartinkalari ko‘rsatilgan. Ular hozirgacha ham o‘zlarining ajoyib tushunarlilik xossalari hamda tasvirlanayotgan ob’ekt bilan tasviriy-ramziy o‘xshash- ligini yo‘qotmaganlar.
Quvonch kuylamoq ko ‘rmoq yig ‘lamoq quruvchi ilon harakat kuch
Misr ierogliflarining qadimgi belgi kartinkalari
Uzoq o‘tmishda ham kishilar o‘z turar-joylarini o‘ziga xos “reja-chizmalar” bo‘yicha qurishni bilganlar. Ularni qurilish rejalashtirilgan erning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarganlar (4-shakl).
Qurilish texnikasining rivojlanishi bilan qadimgi arxitektor, quruvchi, rassom, olim va hattotlar chizg‘ich, maxsus tayoqcha, temir keskich va sirkul, pero, qalam va shunga o‘xshash asboblarni yaratib ulardan foydalana boshlaganlar. Qattiq materiallarda tasvir tirnash yoki kesish (o‘yish) usuli bilan, yumshoq materiallarda esa chizish yoki bosish yordamida bajarilgan.
Tasvirlarni tushirish uchun vatani Misr bo‘lgan papirus deb nomlangan materialni tayyorlab boshlaganlar. II asrda Xitoyda qog‘oz kashf qilingan. VII asrda arablar xitoyliklardan qog‘oz tayyorlash usullarini o‘rganib olganlar. Qog‘oz tayyorlash Markaziy Osiyoda dastlab Samarqandda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Samarqand qog‘ozi juda uzoq yillar nihoyatda qadrlanib kelgan. O‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘li orqali Samarqand qog‘ozi Evropaga ham etib kelgan va u XI-XII asrga kelib Evropada tarqala boshlagan. Samarqand qog‘ozi 3 turda tayyorlangan bo‘lib, uning birinchi turi faqat ipak tolasidan tayyorlanib, juda sifatli qimmatbaho qog‘oz ghsoblangan. 2-turdagi qog‘ozlarning sifati ham yuqori bo‘lib, yarim shoyidan tayyorlangan va 3-tur qog‘ozlari mahalliy aholiga hamda chetga chiqarishga mo‘ljallanib, paxta tolalaridan tayyorlangan. Nihoyatda qimmat bo‘lgan materiallar - papirus va pergamentlar o‘rniga XV asrdan kirib kelgan qog‘oz, barcha moddiy tasvir vositalari o‘rtasida asosiy o‘ringa chiqib oldi.
Eramizdan ko‘p asrlar avval ham Assiriya va Vavilonda shaharlarning rejalarini tuzishni bilganlar. Afsuski Qadimgi Misr, Gretsiya va Rimda bunyod qilingan ibodatxona va saroylarni tiklash uchun tayyorlangan grafik hujjatlar bizgacha etib kelmagan. Bizgacha etib kelgan chizmalar aksariyat xollarda reja deb nomlanadigan bitta tasvirdan iborat. Vaqt o‘tishi bilan rejaga buyumning olddan ko‘rinishi tasvirini qo‘shib boshlaganlar.
Bizgacha zamonaviy chizmalarga o‘xshash bo‘lgan XV asrda bajarilgan tasvirlar etib kelgan. Ularning ko‘pchiligi buyuk italyan olimi, muhandisi va rassomi Leonardo da Vinchi (1452-1519) tomonidan bajarilgan.
Hozirgi O‘zbekiston hududida ham qadimdan geografik kartalar, shaharlarning rejalari, er uchastkalarining tasvirlari, mudofaa inshootlari va boshqa turli xil chizma va tasvirlarni ustalik bilan bajarishgan
. Xonaqo rejasining qayta tiklangan chizmasi.
Buxorolik usta tomonidan XVI asrda bajarilgan.
Grafika taraqqiyotini tahlil qilib undagi grafik tasvirlarning badiiy, texnik, ilmiy va boshqa ko‘plagan sohalarga ajralish vaqti va joyini aniqlash qiyin. Badiiy grafika insonning ruhiy ta’sirchanligiga asoslanadigan bo‘lsa, texnik grafika ko‘pincha moddiy buyumlarni loyihalash va tayyorlash jarayonida qo‘llaniladi, ilmiy va ish yuritish grafikasi ma’lum jarayon, hodisa, vaziyatlarni tadqiq qilishga ko‘maklashadi.
6-shakl. Mashhur aviakonstruktor A.N.Tupolev tomonidan bo‘lg‘usi TU-16 dvigatelining eng qulay joylashuvini izlash jarayonida baja- rilgan texnik rasm - nabroskalar.
7-shakl. Loyiha grafikasining mahsulot asosiy o‘lchamlarini aniqlash bosqichlarida qo‘llani- lishiga misol
Mahsulot tayyorlashning loyihalash va konstruksiyalash bosqichlarida qo‘llaniladigan grafik tasvir turlari loyihalash grafikasiga kiradi. Uning ob’ektilariga sanoat, arxitektura va qurilish, dizayn, bezash, amaliy-bezak san’ati kabi ixtiyoriy sohalarning xilma- xil mahsulotlari bo‘lishi mumkin.
Ba’zi hollarda loyihalash grafikasining yakuniy ob’ektlari faqatgina moddiy mahsulotlar (metall, yog‘och, keramika va h.k.) bo‘lib qolmasdan, har xil xususiy logotiplar, tovar belgilari, ramzlar, reklamalarning grafik qismi kabilar ham bo‘lishi mumkin. Bunday grafika grafik dizayn (dizayn-grafika) deb ataladi.
Ma’lumki, o‘quvchilar 8-sinfda chizmachilik darslarini o‘rganishga kirishgunlarigacha ham maktabdagi texnologiya, geometriya, matematika, geografiya, biologiya kabi ko‘pchilik darslarda turli xil grafik tasvirlar bajaradilar. Texnologiya darslarida mahsulot tayyorlashning texnologik xaritasi chizma shaklida bajariladi. Lekin ushbu grafik tasvirlar hamda chizmalarni bajarishda ular ko‘proq “tasvirga o‘xshatish” ga harakat qiladilar. Bu fanlarda chizmalarni bajarishga qat’iy talablar ham qo‘yilmaydi. O‘quvchilar tasvirlarni bajarishda asosan qalam, chizghch (ayrim hollarda uchburchakliklar), o‘chirgich hamda har xil sirkullardan foydalanadilar. Ularda chizmachilik asboblari, ularni ishga tayyorlash hamda chizma asboblaridan ratsional foydalanish va chizma bajarish
bilan tanishtirib, ulardan to‘g‘ri foydalanish tartiblarini tushuntirishi kerak. Bu bilan o‘quvchilar chizmalarni nisbatan tez va sifatli bajarishni o‘rganadilar.