O'quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarish mundarija



Download 0,9 Mb.
bet1/14
Sana23.06.2022
Hajmi0,9 Mb.
#695058
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarish mundarija


O'QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGINI BOSHQARISH
MUNDARIJA

O'QUVCHILARNING TEXNIK IJODKORLIGINI BOSHQARISH 1
MUNDARIJA 1
KIRISH 2
1.1. Grafika, uning shakllanishi va rivojlanishi. Grafikaning inson faoliyatida tutgan o‘rni 8
O‘quvchilarni chizma bajarishga o‘rgatish mazmunini 15
1.2.Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning o'quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o'rni 18
1.3.Texnik ijodkorlik fanining mohiyati, vazifalari va o‘ziga xos xususiyatlari 19
2.2.Texnik ijodkorlik mashg‘ulotlarida o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlari va grafik savodxonligini shakllantirish 34
Xulosa 45
ADABIYOTLAR 47
Электрон таълим ресурслари 48

KIRISH


Zamonaviy jamiyat iqtisodiyotda ham, ijtimoiy sohalarda ham axborot oqimlarining misli ko'rilmagan darajada o'sib borish davrida yashamoqda. Inson faoliyatining turli sohalarida axborotlardan foydalanish, ularni uzatishning zamonaviy vositalarining amaliyotga keng joriy qilinishi jamiyat rivojlanishining yangi evolyutsion - axborotlashuv davrini boshlab berdi.
Kishilarning hayoti va faoliyati tovushli, matnli, raqamli, videotasvir ko'rinishidagi ko'plagan turdagi axborotlar olamida kechadi. Grafik axborotlar ham shunday turlardan biriga kiradi. Ayrimlar grafik (tasviriy) axborotlar sifatida atrofimizdagi olam bilan bog'liq axborotlarni qoyatoshlarga tushirilgan tasvirlar, keyingi davrlardagi qog'oz, xolst, marmar va boshqa materiallarga tushirilgan real borliqni ifodalovchi kartina, fotografiya, sxemalar, chizmalar shaklida tushunadilar [4]. Boshqa birlari esa sxema, eskiz, diagramma, grafiklardagi obraz (ramziy tasvir) yoki figuralar ko'rinishida tasavvur qiladilar.
Shuningdek, turli xil tashuvchilar - qog'oz, plyonka, kalka qog'oz, karton, xolst, orgalit, shisha, devor va hokazolardagi tasvirlar ham grafik axborot hisoblanadi.
Har qanday ob’yekt singari grafik axborotlarning ham o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari uchun tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o'qituvchilari tayyorlash nuqtai nazaridan qaraganda grafik axborotlarning quyidagi umumiy sifat xususiyatlari alohida ahamiyatga ega: ob’yektivlik, ishonchlilik, to'liqlik, tushunarlilik, soddalik, lo'ndalik va hokazolar.

  1. Grafik axborotlarning ob ’yektivligi. Ob’yektivlik - inson tafakkuridan tashqarida va unga bog'liq bo'lmagan borliq. Axborot - tashqi ob’yektiv dunyoning aks etishi. Axborotlar ularning qayd qilish metodlari, kimlarningdir fikrlari hamda mulohazalariga bog'liq bo'lmasa ob’yektiv bo'ladi. Ob’yektiv grafik axborotlarni o'lchov asboblari yordamida olishimiz mumkin.

  2. Grafik axborotlarning ishonchliligi. Grafik axbortlar nimanidir haqiqiy o'lcham (parametr) larini aks ettirsa ishonchli hisoblanadi. Ishonchli axborotlar qo'yilgan vazifani to'g'ri bajarishga ko'maklashadi. Grafik axborotlarning ishonchsizligi quyidagi sabablar orqali aks etishi mumkin:

  • sub’ektiv xususiyatlarni ataylab (dezinformatsiya) yoki bilmasdan o'zgartirilishi;

  • yetarlicha aniq bo'lmagan qayd qilinishi (tasvir) natijasi.

  1. Grafik axborotlarning toliqligi. Grafik axborotlar ularni tushunish va echimni bajarish uchun etarli bo'lsa to'liq hisoblanishi mumkin. Axborotlarning to'liq bo'lmasligi noto'g'ri echim yoki yasashlarga sababchi bo'lishi mumkin.

  2. Grafik axborotlarning aniqligi ob’yekt (chizma, detal) ning real holatiga yaqinlik darajasi bilan belgilanadi.

Jamiyat axborotlashuvi, grafik axborotlarning rivojlanishi sharoitida oliy kasbiy ta’limning vazifalaridan biri bo'lg'usi mutaxassislarning grafik savodxonligini shakllantirish hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarni tayyorlashning ahvoli tahlili shuni ko'rsatadi-ki, vaqt meyorlari cheklangan sharoitda bilim saviyasi yuqori, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash o'quvchilarning maktab (KHK, AL) larda shakllangan etarlicha darajada yuqori bo'lgan grafik madaniyatlariga tayanib amalga oshirilishi mumkin. Ammo, turli sabablarga ko'ra umumiy o'rta ta’lim maktablari va KHK lari bitiruvchilarining grafik bilimlari darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida umumiy o'rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanidan mutaxassis bo'lmagan o'qituvchilarning dars berishlari, ayrim maktablarda chizmachilik faniga ikkinchi darajali fan sifatida qaralishini ko'rsaktishimiz mumkin. Shu o'rinda umumta’lim maktablarining chizmachilik kursining metodik ta’minoti haligacha to'liq shakllantirilmaganligini ham qayd qilib o'tishimiz zarur. Xususan, hozirgacha chizmachilik fanidan o'quvchilar bajarishi uchun grafik topshiriqlar to'plami, chizmachilikdan plakatlar komplekti, model va maketlar komplektlari kabi ko'rgazmali va tarqatma materiallar tayyornlanib va nashr qilinib maktablarga etkazilib berilmagan.
Yuqorida ko'rsatib o'tgan kamchiliklar fan o'qituvchilarining darslarni taldab darajasida tashkil qilishlarida, o'quvchilarning grafik madaniyatlarini rivojlantirishlarida salbiy oqibatlarga olib keladi.
Mukammal grafik malakalarni chuqur bilim va o'rganishsiz egallash mumkin emas. Insonning grafik savodxonligi deganda grafik bilimlarining kengligi va hajmini bildiradigan saviyasi tushuniladi. Bo'lg'usi mutaxassisning savodxonlik sifati ijtimoiy va kasbiy vazifalarini bajarishga yo'naltirilgan bilimlari va shakllangan shaxsiy sifatlari bo'yicha baholanadi.
Umumta’lim maktablari o'quvchisining grafik savodxonligi sifatini baholash metodikasini ikki qism: o'quvchi grafik savodxonligini maktabdagi ta’lim jarayonlari yakuniga asosan grafik madaniyatining ijtimoiy axborotlar asosida egallagan bilimlari, uning ishbilarmonligi, ijodkorlik qobiliyatlari hamda jamoa a’zolari bilan aloqaga kirisha olishi orqali amalga oshirish mumkin.
“Grafik madaniyaf ’ “grafik savodxonlik” tushunchasiga nisbatan kengroq va ko'p qirralidir. Uni keng ma’noda insoniyatning axborotlarni grafik usulda qayta ishlash va uzatish bo'yicha erishgan yutuqlari majmui sifatida qarashimiz mumkin.
Grafik madaniyatning shakllanish jarayonini turli xil rivojlanish darajalari (oddiy grafik bilimlardan ularni har tomonlama o'zlashtirib, kasbiy faoliyatida ijodiy qo'llashgacha) ga ega bo'lgan grafik tayyorgarlikning ko'p bosqichli murakkab jarayonning natijasi sifatida tadqiq qilib, M.V.Lagunova ta’limda grafik madaniyatning quyidagi darajalarini ajratib ko'rsatadi:

  • elementar grafik savodxonlik;

  • funktsional grafik savodxonlik;

  • grafik savodxonlik;

  • chuqur kasbiy grafik bilimlarni egallaganlik;

  • grafik madaniyat.

Elementar grafik savodxonlik deganda M.V.Lagunova ta’lim oluvchining umumiy geometrik bilimlar asosida tasvirlash nazariyasining elementar qonuniyatlarini va ularni aniqlash usullarini bilishi, tasvirlarni bajarishning amaliy ko'nikmalarini va chizmachilik asboblari bilan ishlay olish malakalarini egallaganligini nazarda tutadi.
Grafik madaniyat umumiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida vizualizatsiya (ko'z bilan chamalash, baholash) sohasidagi yuqori darajadagi bilim, ko'nikma va malakalar; grafik tasvirlardan kasbiy masalalar echimida samarali foydalanish mexanizmlarini tushunish; natijalarni maqbul estetik shaklda izohlab, aks ettirish kabilarni o'z ichiga oladi.
O'quvchilarning kasbga yo'naltirishda va kasbiy faoliyatga tayyorlanishdagi ijodiy faolligi, grafik axborot texnologiyalari muhitida uzluksiz mustaqil o'qib bilim orttirishi grafik madaniyatining darajasini belgilaydi.
Demak, yuqori grafik madaniyatga ega o'quvchilarni tayyorlash uchun avvalambor o'quvchilarning etarli darajadagi grafik savodxonligiga erishishimiz zarur bo'ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek grafik savodxonlik umumlashgan tushuncha bo'lib, faqatgina chizmachilik doirasida chegaralanmasdan, insonning muhandislik (muhandis-konstruktor, arxitektura-qurilish, va hokazo), dizayn va kompyuter grafikasi sohasidan ham etarlicha bilimlarni egallaganligini nazarda tutadi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish