MAVZU: NAVOIY BOBOMLAR SHE’RI
Darsning maqsadi:
A) Ta’miy maqsad: she’rni ifodali va obrazli o’qish malakasini shakllantirish.
B) Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni Alisher Navoiy hayotiva ijod yo’li oqali vatanparvarlik, tinchliksevar, odob-ahloq ruhida tarbiyalash.
S) Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni og’zaki nutqini shakllantirish, tinish belgilariga rioya qilib o’qish malakasini shakllantirish.
Darsning jihozi: darslik, Alisher Navoiy rasmi, uning asarlari asosidagi buklet, tarqatma materiallar.
Darsning turi:o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantiruvchi;
Darsning borishi
1 Tashkiliy qism:
A)salomlashish.
B)davomatni aniqlash
D)siyosiy haqida o’tkazish.
Siyosiy daqiqada quyidagi savollardan foydalaniladi.
1) 2014-yil prezidentimiz tomonidan qanday nomlandi?
2) Biz mustaqillikka qachon erishganmiz?
3) Davlat ramzlarinisanab bering?
4) Gerbimizda nimalar tasviri tushurilgan?
5) Buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?
6) Konistitutsiyamiz qachon qabul qilingan?
2 Asosiy qism:
1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Uyga topshiriq sifatida berilgan Xondamir muallifidagi “Tanbeh” rivoyatining mazmuni o’quvchilardan so’raladi mavzu yuzasidan quyidagi mustahkamlovchi
savollar beriladi:
1. Said Ruhullaga xalq qanday taxallus bergan edi.
2. Amir Mirak naqqoshga nisbatan qanday tadbir qo’lladi.
3. Beparvolik bilan kechikib boshlangan ish nimalarga olib kelishi haqida so’raladi.
2 Yangi mavzu bayoni
Yangi mavzu: NAVOIY BOBOMLAR SHE’RI
O’quvchilar tomonidan yangi mavzu e’lon qilinadi. Navoiy bobomlar she’ri o’qituvchi tomonidan ifodali qilib o’qib o’qitibo’qib beriladi o’quvchilarni esa kuzatib borishlari aytib o’tiladi.
NAVOIY BOBOMLAR
TURSUNBOY ADASHBOYEV
Hirot tuprog’ida voyaga yetgan
Qush tili yo’llarin munavvar etgan
Yillar to’zonidan sog’-omon o’tgan
Navoiy bobomlar
Buyuk odamlar
Xamsasi ko’ngilni shamdek yoritgan,
Tilimizni ko’rkam boy etgan,
Mag’rib-u mashriq ham iftixor etgan
Alisher bobomlar qutlug’qadamlar.
Dostonlari chiqmagan yoddan
So’rang Majnun,Qaysdan, Farxoddan,
Layli, Shirin qaddi Shamshoddan
Navoiy bobomlar
Buyuk odamlar
Mir Alisher otash zabondir,
Umri boqiy omon omondir.
G’azallari fidoyi jondir
Navoiy bobomlar
Qutlug’ qadamlar.
O’qituvchi Alisher Navoiy haqida tushuncha beradi. O’quvchilar she’rda buyuk bobomi haqida juda chiroyli ma’lumotlar berib o’tilibdi Navoiy bobomiz g’azal mulkining sultoni, turk tilining asoschisidir. Navoiy nafaqat buyuk shoir balki buyuk siymo,davlat arbobidir. Ular 1441-yil Ning 9-fevralida Hirotda G’iyosiddin Kichkina oilasida tug’ulganlar.
Ular3-4 yoshlaridan boshlab asarlar mutolaa qila boshlaganlar. 5-6 yoshlaridan boshlab o’zlari ham g’azallar yoza boshlaganlar. O’zbek tilida yozgan g’azallariga “Navoiy” taxallusini, fors tilidagi g’azallariga esa “Foniy” ya’ni o’tkinchi taxalluslarini qo’ygan. 12 yoshida yozgan ushbu g’azali uchun ustozi Lutfiy butun umri davomida yozgan asarlarini almashmog’ni ixtiyor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |