Tajriba-sinov ishlari
O’tkazilgan tajriba tekshirish va kuzatish natijalarini tekshirish va tahlil qilish ishonchli xulosalarni chiqarish imkonini beradi.
Tajriba sinov ishlari Norin tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining 4-sinflarida olib borildi:
I bosqich: Tayyorgarlik bosqichi.
II bosqich: Tajriba bosqichi.
III bosqich: Solishtirma bosqichi.
Pedagogik tadqiqotlar uchun shu narsa muhimki, bunda qo’lllaniladigan ta’lim vositalarining samaradorligi muayyan bir guruh ob’yektlarning (o’quvchilar guruhi) yoki turli guruhlar ob’yektlarining ma’lum bir vaqt ichida erishgan yutuqlari yoki xossalarini taqqoslash asosida tekshiriladi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning samaradorligini ko’rsatish maqsadida anketa so’rov, tajriba usullaridan foydalanamiz va tegishli xulosalar chiqaramiz.
Tajriba-sinov ishlarining natijalarini rasmiylashtirishda dars jarayonini kuzatish, test, so’rov o’tkazish, ma’lumotlarni tahlil qilish usullaridan foydalanildi.
Tajriba natijalarini yakunlashda o’quvchilarning axloqiy sifatlarini aniqlash mezoni sifatida ularning Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishda idrok etish, fikrlash, tahlik qilish va xulosa chiqarish qobiliyatlari hamda nutqini ravonligi, ifodaliligi, ta’sirchanligi baholarda ifodalanadi. 5 balli baholash tizimiga mutanosib ravishda ”past”, ”o’rta”, ”yaxshi”, ”a’lo” darajalar belgilandi.
Maktablarning boshlang’ich sinflarda she’riy asarlar va o’quvchilarning she’riy asarlarni o’rganishdagi axloqiy sifatlarni qay darajada shakllanganini o’rganilgandan so’ng tajriba-sinov ishlari o’tkazildi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining she’riy asarlar, nutq ko’nikmalari bilim va malakalarning o’zlashtirilganlik axloqiy sifatlarni shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida, tajriba-sinov ishlaridan olingan natijalar kuzatish va turli topshiriqlar orqali tahlil qilishdir.
(1-jadval)
Tajriba-sinov ishlarida qatnashgan o’quvchilarning o’zlashtirish natijalari
Sinflar
|
O’quvchi-lar
|
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Tajriba sinflari
|
4 ”A”
36
|
|
%
|
|
%
|
|
%
|
|
%
|
4
|
11%
|
14
|
39%
|
12
|
33%
|
6
|
17%
|
Nazorat sinflari
|
4 ”V”
27
|
4
|
15%
|
5
|
18%
|
12
|
44%
|
6
|
22%
|
1-jadvaldan ko’rinib turibdiki tajriba sinfidagi o’zlashtirish samaradorligi 50%, nazorat sinfida 52%ni tashkil etmoqda.
Uning diagrammada ko’rinishi quyidagicha bo’ladi. (1-rasm)
Shundan so’ng tajriba sinov ishlarni olib borildi. She’r o’qish darslarida mavzulardan kelib chiqqan holda o’quvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirshda turli interfaol usullardan foydalanildi. O’quvchilar she’rlarni o’qish darslarida asosan uning mazmuniga e’tibor berildi. Chunki o’quvchilar tushungan narsalarni o’zlashtiradilar. Shu bilan birga she’riy asarlarni ifodali va ta’sirchan o’qishlariga e’tibor berilib, ifodali o’qish uchun maxsus daqiqalar ajratib borildi. Unda barcha o’quvchilar o’qituvchi ishtirokida xor bo’lib she’rni ifodali o’qiydilar. So’ngra har biri alohida huddi shu tarzda ifodali o’qib beradi. Ushbu tarzda olib borilgan ishlar o’quvchilar nutqining ravon va tekis, ifodali bo’lishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga ularning hayot bilan bog’landiki, bu ularda axloqiy sifatlarni shakllanishiga asos bo’ldi.
Darslarni ana shu tarzda tashkil etilganidan so’ng tajriba ishlari natijalarini aniqlash maqsadida yana nazorat ishlari o’tkazilib tahlil qilindi. Ushbu nazorat natijalari quyidagicha mezonlar asosida baholandi:
1. Sizningcha salom berish yaxshi odatmi yoki yomon odatmi?
2. Yolg’on gapirish qanday kulfatlarga olib keladi?
3. Birovlarni mazax qilish, kulish yaxshi odatmi?
4. “To’g’ri” va “egri” so’zlarining ma’nosini izohlang.
5. Buyuk allomalar hayoti biz uchun o’rnakligi nimada?
6. “Odob – axloq – inson husni. Mavzuida insho.
Shu va shu kabi boshqa savollar, kuzatishlar natijasida:
1. Agar o’quvchi butun kunlik o’quv jarayonida “Kattalarga hurmatda – kichiklarga izzatda” shioriga amal qilsa, yuqoridagi kabi savollarga javob bersa, she’rni ifodali ravon, tinish belgilariga rioya qilgan holda o’qib, mazmunini tushuntirib bera olsa, muamala madaniyatiga ega bo’lsa, yozgan inshosida imloviy xatoliklar bo’lmasa, teran fikrlasa, hayotiy misollar bilan asoslasa-86-100%. Tajriba sinfida bu 7 ta, ya’ni 19%ni tashkil etgan bo’lsa, nazorat sinfida 6 ta ya’ni 22%ni tashkil etdi.
2. Agar o’quvchi kundalik o’quv jarayonida muamala madaniyatiga ega bo’lsa, “Kattalarga hurmatda – kichiklarga izzatda” shoiriga kamroq amal qilsa, yuqoridagi kabi savollarga qisman javob bersa, she’rlarni yod aytish, o’qish jarayonida tutilib qolsa, biroq mazmunini yaxshi tushuntirib bersa, yozgan inshosida 2-3 ta imloviy xato bo’lsa, ammo hayotiy misollar bilan asoslasa 71-85%. Tajriba sinfida 14 ta, ya’ni 33%ni, nazorat sinfida 13 ta, 48%ni tashkil etdi.
3. Agar o’quvchi kundalik o’quv jarayonida“Kattalarga hurmatda – kichiklarga izzatda” shioriga amal qilsa-yu, biroq muamala madaniyatiga ega bo’lmasa, yuqoridagi kabi savollarning ayrimlariga javob bera olmasa, she’rlarni yod aytish, o’qish jarayonida bo’g’inlasa, yozgan inshosida 4-5 tacha imloviy xatoga yo’l qo’ygan, ko’p ham mustaqil fikrga ega bo’lmasa, ayrim o’rinlarni ko’chirsa – 55-70%. Tajriba sinfida 13 ta, 36%ni, nazorat sinfida esa 6 ta, 26%ni tashkil etdi.
Agar o’quvchi kundalik o’quv jarayonida - “Kattalarga hurmatda – kichiklarga izzatda” shoiriga amal qilmasa, qisman muaomala madaniyatiga ega bo’lsa, yuqoridagi kabi savollarga beparvo javob bersa, amal qilmasa, she’rlarni o’qish jarayonida harflasa, mazmunini yechib, tushuntirib bera olmasa, yozgan inshosi husnihat talablariga javob bermasa, imloviy xatoliklar ko’p bo’lsa – 0-54% . Tajriba sinfida 2 tani, 5%ni, nazorat sinfida esa 2 tani, 7%ni tashkil etdi.
2-jadval
Sinflar
|
O’quvchi-lar
|
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Tajriba sinflari
|
4 ”A”
36
|
|
%
|
|
%
|
|
%
|
|
%
|
2
|
5%
|
13
|
36%
|
14
|
39%
|
7
|
19%
|
Nazorat sinflari
|
4 ”V”
27
|
2
|
7%
|
6
|
22%
|
13
|
48%
|
6
|
22%
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki o’quvchilarda she’riy asarlarni o’rganish orqali ularning axloqiy sifatlarni o’zlashtirsh samaradorligi 58%gacha oshgan. Bu tajribadan oldingi natijalarga ko’ra 58%, tajriba sinfiga nisbatan 8% ortiq ekanligi ko’rinib turibdi. Nazorat sinfida esa 65%, ya’ni 3%ga oshgani ko’rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |