O’quvchilarni tasviriy sanatga qiziqtirishning moh’yati va ah’amiyati



Download 129,67 Kb.
bet2/7
Sana02.07.2022
Hajmi129,67 Kb.
#732636
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rayimov Yoqubbek

Kurs ishi maqsadi Tasviriy san`at ta`limini umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilariga o`rgatishning maqsad va vazifalari yo`llarini aniqlash va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi ob`ekti  Umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilariga tasviriy san`at ta`limini, maqsad va vazifalarini o`rgatish jarayoni.
Kurs ishi predmeti Tasviriy san`at ta`limini o`zlashtirishda umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilariga o`rgatishning mazmuni.
Tadqiqotning ilmiy maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni belgiladik 
Tasviriy san`at ta`limini umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilarga o`rgatishning maqsad va vazifalari, ta`limtarbiya dasturining har bir bo`limidan turli xil sinflar uchun kerakli materiallar tanlab olish, talabalarning qiziqishi va qobiliyatlariga qarab tasviriy san`at ta`limini umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilariga o`rgatishning maqsad va vazifalari masalasiga bag`ishlangan adabiyotlar tahlili.

Kurs ishi metodlari:


  1. Kuzatish.

  2. Adabiyotlar tahlili.

  3. Tajriba ishi.

  4. Suhbat.

  5. Natyurmort tuzish va tasvirlash. 6.Rang tanlashning tasviriy tahlili.

Kurs ishi metodik asosi bo`lib, Tadqiqotning ilmiy nazariy yangiligi quyidagilardan iborat Tasviriy san`at ta`limini umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilariga o`rgatishning maqsad va vazifalari ishlab chiqildi, ta`limtarbiya dasturining har bir bulimidan turli xil sinflar uchun kerakli materiallar tanlab olindi, sinflarning qiziqishi va qobiliyatlariga qarab tasviriy san`at ta`limini umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilariga o`rgatishning maqsad va vazifalariga bag`ishlangan adabiyotlar tahlil qilindi va talabalar uchun yordamchi manba sifatida tayyorlandi.


1.Tasviriy san`at nazariyasi va tarixi



Mazkur yunalish tasviriy, amaliy va me`morchilik san`at larining nazariy asoslari hisoblangan kompozitsiya, rangshunoslik, yorug` soya, prespektiva qonunlarini, bu borada yaratilgan asarlarni chuqurroq o`rganishni, shuningdek, sungi yillarda ochilgan yangiliklar muntazam tanishib borishni nazarda tutadi. Bu esa yuqorida qayd qilganimizdek, tasviriy, amaliy – bezak va me`morchilik san`at lari tarixini kengrok va chuqurroq o`rganishni talab etadi. Ayniqsa, bu borada so`ngi yillarda O`zbekiston hududi xarobalaridan topilgan devoriy rasmlar, haykaltaroshlik asarlari va memorchilik obidalar katta O`rinni egallaydi. Ular orasida Ayrtom, Varaxsha, Afrosiyob, Dalvarzintepa, Janbas qala, Taxariston, Bolalik tepa, Tuprok kala va boshka joylardan topilgan san`at namunalar alohida ahamiyat kasb etadi. Sharq memorchiligini qadimiy mashxur obidalari, evropa va Amerika mamlakatlarining hozirgi zamon mashxur memorchiligini chuqur o`rganish talab etiladi. Bu esa tasviriy san`at darslariga me`morchilikka oid mavzularni kiritilishi bilan izoxlanadi. Shuningdek, tasviriy san`at tarixiga oid materiyallar hatoriga Sharq va Movarounnaxr miniatyura rangtasvir maktablari ham kiradi.
O`qituvchining mustaqil ishlari jarayonida IX-XX asr memorchiligi, ayniqsa, Temur va temurylar davridagi me`morchilikni chuqur va atrofilicha o`rganish talab etiladi.
O`zbekistonda mustaqillik yillarida qurilgan me`morchilik binolari bilan o`quvchilarni tanishtirish va uz vatani haqidagi tasavvurlarni yanada boyitadi.
O`zbekistonning mustaqillik yillarida tasviriy san`at ning taraqqiyoti, O`zbekiston badiiy akademiyasining tashkil topishi, milliy rassomchilik va dizayn institutining ochilishi bu davrda iqtidorli yosh rassomlarning jahon madaniyati va san`ati sarxatlarida urin olishi hamda bu rassomlarni yuksak badiiy saviyada yaratgan asarlarini o`rganish nihoyatda muhimdir. Shu bilan birga jahonning ig`lor tasviriy san`ati, uning buyuk vakillarning ijodini o`rganish o`qituvchilarni orqaga surib bulmaydigan vazifalaridan hisoblanadi.
Tasviriy san`at o`qituvchisi o`zbek xalq amaliy san`atini o`rganishi nihoyatda muhim. Chunki, san`atning bu turi mamlakatimizda shunchalik keng rivojlanadiki, uni tasavvur etish qiyin. Ayniqsa, naqqoshlik, ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi, misgarlik, kashtachilik, sapoldozlik, zardozlik san`at lari dunyoda shuhrat qozongan. Tasviriy san`at o`qituvchisi amaliy san`at ning nazariy asoslari bilan bir qatorda, bu sohalarida ijod qilgan mashxur ustalarning (T. Arislonqulov, U. Juraqulov, A. Kasimjonov, Sh. Muradov, Ya. Raufov, M. Raximov, T. Tuxtaxujaev, M. Usmonov, X. Xaydarov, J. Xakimov, S. Hamidov, v.b.) hayoti va ijodini, mamlakatimizda xalq amaliy san`at i keng rivoj topgan markazlarni (Samarkand, Buxoro, Qo`qon, Shahrisabz, Marg`ilon, Urgut, Chust, Kitob, Rishton, Kattaqo`rg`on, G`ijduvon, Xo`jayli, Nurota, Xiva, Andijon, Namangan, Sherobod,Toshkent v.b.) o`ziga hos xususiyatlarini bilish talab etiladi.



Download 129,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish