3-mashq: “Empatiya”.
Boshlovchi: Avval birontangiz empatiya so‘zini eshitganmisiz?
•O‘quvchilarning javoblarini tinglang; ularning javoblariga ijobiy munosabat bildiring - ular uning aniq ta’rifni bilmasliklari mumkin.
Texnik jihatdan aytganda, empatiya - shunchaki birovga hamdard bo‘lishdir. Oddiy qilib aytganda, empatiya - bu boshqa birovning boshidan kechirayotgan narsalar haqida o‘ylash va tushunish qobiliyatidir. Bu o‘zimizni birovning o‘rniga qo‘yishdir. Keling, mashq bajaraylik va bunda o‘zimizni yovvoyi mushuk yoki it ekanligimizni tasavvur qilaylik. Albatta, siz hech qachon yovvoyi mushuk yoki itning hissiyotlarini boshdan kechirmagansiz - ularning o‘rniga o‘zingizni qo‘ysh orqali, ula o‘z boshlaridan nialar o‘tkazishlarini bilib olishingiz mumkin. Buning uchun ko‘zingizni yuming. Ko‘chada yashayotganingizni tasavvur qiling. Biror yegulik topish ilinjida chiqindi titayotganingizni ko‘z oldingizga keltiring. Tunda sovuq qotib, isinish uchun joy yo‘qligini tasavvur qiling.
Sizga kimdir boshpana berganini tasavvur qiling. Bu qanday tuyg‘u? Bu qanday bo‘lishi mumkinligini tasavvur qila olasizmi? Garchi siz hech qachon ularning o‘rnida bo‘lmagan bo‘lsangiz ham, bu qanday tuyg‘u ekanligini tasavvur qilishingiz mumkin.
•O‘quvchilarning javoblarini tinglang. Agar ular darhol empatik bo‘lmasa, empatik javoblarni modellashtiring.
•Bu yerda haddan tashqari rasmiylikka yo‘l qo‘ymang - empatiya va simpatiya o‘rtasidagi farq haqida ma’ruza o‘qishni boshlamang - bu yerdagi maqsad shuki, talabalar o‘zlarining tasavvurlaridan foydalanib, o‘zlarini boshqa birovning o‘rniga qo‘yib ko‘rishlari zarur.
Boshlovchi: Insonlar boshqalarga nisbatan hamdardlik hissi bilan tug‘ilishadi - hatto biz boshqalar singari muayyan holatni boshdan kechirmagan bo‘lsak ham.
Empatiya - bu odamlar bir-biriga yordam berishga intilishlarining sababidir. Masalan, do‘stingizning oila a’zosi vafot etganini eshitganingizda, ularning qayg‘u chekayotganini tushunasiz va ularga tasalli berishga urinasiz. Empatiya xayriya qilish sabablaridan biri bo‘lishi ham mumkin. Bizga ma’lumki, ko‘plab insonlar ochlikda yashaydilar va buning qanchalik mushkulligini anglab yetganimiz uchun biz ularga yordam berishni istaymiz. Empatiya bizni hayvonlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilayotgan yoki kamsitayotgan bolalarni to‘xtatishga majbur qiladi. Biz bilamizki, bu shafqatsizlik bo‘lib, bolalar yoki zo‘ravonlar boshqalarga zarar yetkazishmoqda - va bu albatta noto‘g‘ri. Eng to‘g‘ri munosabat - bu hech kim, hatto hayvonlar ham azob chekishmasligiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Empatik bo‘lish - bu hamdardlik bilan munosabatda bo‘lish va bu xudbinlik yoki o‘z-o‘zini o‘ylashning teskarisi. Empatik bo‘lish uchun biz yuragimizni yumshatishimiz talab etilib, shunda boshqalar o‘z boshlaridan nimalar kechirayotganini his etamiz. "Boshqalar sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz, ularg xuddi shunday muomala qiling." Bu boshqalar bilan muloqotga kirishishning muhim qismidir!
Do'stlaringiz bilan baham: |