O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi



Download 232,96 Kb.
bet8/39
Sana23.03.2023
Hajmi232,96 Kb.
#920799
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
5 7 sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan psixologik tadbirlar

Farzandim endi 5-sinfda
(5-sinf o’quvchilarining ota-onalari yig’ilishi)


Maqsad: bolani o’rta maktabga moslashishi masalasi bo’yicha ota-onalarga psixologik maslahatlar berish.
Jihoz va materiallar: anketa uchun blankalar (1 ilova), sharikli ruchkalar, “maktabdagi tuyg’ularim” anketa natijalari yozilgan plakat (2 ilova); o’quvchilarni maktab hayotidan qoniqqanligi diagnostikasi natijalari yozilgan plakat (3 ilova).
Sinfni jihozlash: “Maktabda menga nimalar yoqadi” mavzusidagi o’quvchilarning rasmlari.
Majlisga tayyorlanish:
O’quvchilarni quyidagi mavzular yuzasidan oldindan tayyorlash:

  1. “5 sinfga o’tganingda hayotingda qanday o’zgarishlar bo’ldi?” (1 ilova).

  2. “Maktabdagi tuyg’ularim” (2 ilova)

  3. “O’quvchilarni maktab hayotidan qoniqqanligini o’rganish” (3 ilova)

Majlisning borishi

  1. Psixologning chiqishi.

Har yili ko’plab o’quvchilar xursand bo’lib boshlang’ich sinfni tugatib, o’rta, ya’ni beshinchi sinfga borishadi. Lekin o’quv yilining ikkinchi xaftasidanoq o’quvchilar va ularning ota-onalari qanday qiyinchiliklarga duch kelishlarini bilmaydilar. Sentyabr oyining oxiriga kelib ota-onalarni, o’qituvchilarni “bolalarga nima bo’ldi? ular hech qachon bunday bo’lmaganlar” degan savollar qiynaydi. Bir-biri bilan ahil, aqlli bolalar birdaniga tanib bo’lmas darajada o’zgaradilar. Boshlang’ich sinfdan o’rta sinfga o’tish davrida har bir o’quvchi muammolarga duch keladi. 5 sinf o’quvchilarining yoshini kichik maktab yoshidan kichik o’smirlikka o’tish deb atash mumkin. Bu yosh psixologik jixatdan ulg’ayish hissini egallash bilan ham bog’liq.

“Ulg’ayish hissi” nima?


O’zlikni anglash murakkab bo’lsa ham, o’zini shaxs sifatida topish barchadan, shu kungacha unga ta’sir o’tkazib kelgan eng avvalo oilasi, ota onasidan uzoqlashish istagini keltirib chiqaradi. Shu yerda kattalar bilan nizo kelib chiqadi. Bola (kichik o’smir) o’z noyobligini topishga, “Men”ini anglashga harakat qiladi. Aynan shu sababdan o’smir tengdoshlari bilan o’zaro ishonchli aloqalarni o’rnatishga harakat qiladi. Do’stlashishda ijtimoiy munosabatlarni modellashuvi, hammani yoki kimningdir harakatlari, odamlar munosabatlarining ijtimoiy me’yorlari, ma’naviy qadriyatlarning o’zlashtirilishi sodir bo’ladi.
Bundan tashqari, 5 sinfda o’smir yoshidagi muammolarga yangi ta’lim sharoitlariga ko’nikish muammosi ham qo’shiladi. Moslashuv deganda keng ma’noda atrof muhit sharoitlariga ko’nikish tushuniladi. Har qanday o’qituvchi 5 sinf nafaqat bola, balki o’qituvchi va ota onalar uchun ham qiyin bosqich ekanligini aytadi. Muammolar faqatgina ta’lim jarayoniga emas, balki maktab hayotini tashkil etish va oiladagi psixologik muhitga ham bog’liqdir.
Bugun biz o’quvchilarning psixologik moslashuvi haqida suhbatlashamiz, chunki ular hozir 5-sinfga o’tish bilan bog’liq bo’lgan yangi sharoitlarga moslashishi juda muhim. Moslashish jarayonining qiyinchiliklaridan biri, kattalarning mavjud qiyinchiliklarni anglamasligidir. Aslida esa, 5-sinfga o’tish o’quvchilar uchun xuddi 1-sinfga kelish bilan barobar jiddiy sinovdir. Faqatgina ota-onalar va eng yaqin odamlar bolalarga bu sinovdan o’ta olishga yordam berishlari mumkin. Lekin moslashish jarayoni va uning xususiyatlarini muhokama qilishdan oldin, birgalikda farzandlarimizning bu bosqichdagi qiyinchiliklari nimadan iborat ekanligini qanchalik tasavvur qilishimizni tushunishimiz uchun quyidagi savollarga javob beramiz.



  1. So’rovnoma.

Ota onalar so’rovnoma savollariga javob beradilar. (1-ilova). Psixolog:. Keling, endi bolalarning fikrlarini tinglab ko’ramiz. 5-sinfga o’tganlaridan keyin ularning hayotida qanday o’zgarishlar bo’lgan ekan?


  1. Download 232,96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish