O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi



Download 232,96 Kb.
bet10/39
Sana23.03.2023
Hajmi232,96 Kb.
#920799
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
5 7 sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan psixologik tadbirlar

Doimiy xonaning yo’qligi. Kattalarga bunda hech qanday qiyinchilik
yo’qdek tuyuladi. Qaysi xonada dars bo’lishining nima farqi bor. Aslida esa o’z o’rnining, o’z hududining yo’qligi, har tanaffusda narsalarni yig’ishtirib boshqa xonaga ko’chish, ko’p miqdordagi narsalarni ko’tarib yurish muammosining o’zi noqulaylik keltirib chiqaradi.
Pozitsiya (o’rin)larni o’zgarishi. Boshlang’ich sinfda to’rtinchi sinf o’quvchilari - katta hisoblanadilar, bolalar buni har bir tanaffusda, birgalikda o’tkaziladigan bayram va tantanalarda his qiladilar. Yuqori maktabga o’tgach esa 5-sinf o’quvchilari o’zlarini kichik va himoyasiz his qiladilar.

Psixolog: “5-sinf o’quvchisining muvaffaqiyatli moslashishi nafaqat uning intellektual tayyorligiga, balki, sinfdoshlari va o’qituvchilari bilan munosabatlarni qanchalik yaxshi o’rnata olishiga, maktab qoidalariga rioya qilishiga, turli yangi vaziyatlarda o’zini tutishiga, bolaning ijobiy emotsional kayfiyatiga xam bog’liq bo’ladi.”


Ota-onalarga bolalar maktabda his qiladigan tuyg’ular “reytingi” bilan tanishish taklif etiladi. Ro’yxatdagi ko’p uchraydigan tuyg’ularni boshqa rangda ajratish maqsadga muvofiqdir. Natijalar qisqacha tahlil qilinadi.
- 1-sentyabrda maktabga kelgan 5-sinf o’quvchisi uchun xamma narsa yangidir. Shuning uchun moslashish, ta’limning yangi sharoitlariga ko’nikish zarurati tug’iladi:
- faoliyatni bajarish tezligining oshganligi (tez yoza olmaydigan o’quvchilar ulgurolmaydilar);
- faoliyat hajmining oshganligi (maktabdagi kabi, uyda ham);
- faoliyatni amalga oshirishda yangi talablar;
- mustaqil tarzda qo’shimcha ma’lumot (adabiyot) topish va u bilan ishlash zarurati.
Moslashish davrida bolalarning xulqida negativ holatlarni kuzatish mumkin:
1. O’qishga nisbatan qiziqishning pasayishi. Bola maktabga borishni istamaydi, dars tayyorlashni hohlamaydi. Ko’pchilik 5-sinf o’quvchilari ota-onalari ularni nazorat qila olmasliklari uchun kundalik daftarlari tutmaydilar. O’quv qurollarini pala-partish ahvolda tutadi, tirishqoqlik va tartiblilik yo’qoladi. Kitobni qo’lidan qo’ymaydigan bola, endi uni qo’liga olmaydi. Uy vazifalarini bajarishni hoxlamaydi.
2. O’zlashtirishning pasayishi. Bolalar avval yaxshi o’zlashtirgan narsalarida ham xatoliklarga yo’l qo’yadilar. Boshlang’ich sinfda egallangan bilim va ko’nikmalar yo’qoladi: o’qish texnikasi yomonlashadi, so’zlab berishlar qiyinlashadi, xisoblashga oid bilimlar yomonlashadi va boshqalar, ko’pchilik 5-sinf o’quvchilari dars materialini eslab qolishi yomonlashadi.
3. Maktab, o’qituvchilarga nisbatan negativ xarakteristikalar. Maktab
bilan bog’liq u yoki bu voqelarga shikoyatlar. Bolalar orasidagi tarang munosabatlar. Kechagi do’stona sinf bugun shunchaki bolalar guruhiga aylanadi, nizo, urush- janjallar yuzaga kela boshlaydi.
4. Yuqori xavotirlilik. 5-sinflarda o’tkaziladigan psixologik testlar
bularni tasdiqlaydi.
5. Kutilmagan reaktsiyalar. Bu bilan o’qituvchilar, ota-onalar ham
doimo to’qnashadilar.
6. Kattalardan chetlashish. Kattalarni maktabdagi hodisalardan chalg’itishga intilish, boshqa mavzularga diqqatini qaratish- bu juda xavfli faktor, uni ko’zdan qochirmaslik lozim. Ko’pincha o’z qiyinchiliklarini bolalar yomon tushunadilar, xamma gap faqat o’zlarida deb o’ylaydilar va his kechinmalarini ota-onalariga aytmaydilar. Ota-onalarda to’liq xotirjamlilik xissi yuzaga keladi. Ota va onalar ularni sababini bilishi va o’z vaqtida yordam berishi juda muhim. Bolaning charchagan, so’lg’in tashqi ko’rinishi. Uyqusida bezovta bo’lish. Tongda uyg’onishning qiyinligi, lanjlik. Doimiy o’zini yomon his qilayotganini shikoyat qiladi.
Moslashish jarayoni yakunlanmaganida yoki muvaffaqiyatsiz moslashishda dezadaptatsiya yuzaga keladi, ya’ni qo’yilgan vazifalarni hal qila olmaslik. Uning ko’rinishlari:

  1. Intellektual - intellektual faoliyatni buzilishi. Rivojlanishda tengdoshlaridan ortda qolish.

  2. Xulq-atvor- bola harakatlarini xuquqiy va axloqiy normalarga mos kelmasligi (agressivlik, assotsial harakat).

  3. Kommunikativ- kattalar va tengdoshlar bilan muloqotning qiyinlashishi.

  4. Jismoniy - bola salomatligidagi og’ishlar.

  5. Emotsional - emotsional qiyinchiliklar, maktabdagi muammolar yuzasidan xavotirlanish, tashvishlanish.

Moslashish jarayonining muvaffaqiyati qanday?

  • Bolaning ta’lim jarayonidan qoniqqanligi;

  • Bola darslarni oson o’zlashtiradi;

  • O’quv mashqlarini bajarishda bolaning mustaqillilik darajasi, kattalarning yordamiga vazifani o’zi bajarab ko’rgandan keyingina murojat qilish.

  • Sinfdoshlar va o’qituvchilar bilan shaxslararo munosabatlaridan qoniqish.

- bolalarimizni yangi ta’lim sharoitlariga qanchalik moslashganini tushunishimiz uchun keling o’quvchilarni maktab hayotidan qoniqqanlilik diagnostikasi natijalarini ko’rib chiqamiz.
Bolaga moslashish jarayonida qanday yordam berish mumkin? Mana bir qancha maslahatlar:

  • 5-sinf o’quvchisining maktabga muvaffaqiyatli moslashishining birinchi sharti- uning hech bir kamchiligiga qaramay so’zsiz qabul qilinishi. .

  • Bolangiz xulq-atvorida Sizni nimadir xavotirlantirayotgan bo’lsa, buni iloji boricha tezroq sinf rahbari yoki psixolog bilan muhokama qilishga shoshiling.

  • Agar oilangizda bolaning ruhiyatiga ta’sir etgan qandaydir xodisa sodir bo’lgan bo’lsa, bu xaqda sinf rahbariga xabar bering.

  • Maktabdagi ishlariga qiziqish ko’rsating, murakkab vaziyatlarni muhokama qiling, birgalikda nizolardan chiqish vaziyatlarini izlang. Maktabdan qaytgandan keyin farzandingiz bilan suhbatlashing.

  • Farzandingizga yangi o’qituvchilarni ismlarini yodlab olishiga yordam bering.

  • Agar farzandingiz boshlang’ich sinfda sizning nazoratingizga o’rgangan bo’lsa, uning o’zlashtirishini nazorat qilishni darrov susaytirmang.

  • Uni mustaqillikka sekin-asta o’rgating.

  • Uning sinfdoshlari bilan albatta tanishing va maktabdan keyin xam suhbatlasha olishlariga imkon yarating.

  • Jismoniy ta’sir choralariga yo’l qo’ymaslik, bolani qo’rqitmaslik, tanqid qilmaslik, ayniqsa boshqa odamlar (buvi, buva, tengdoshlar) Oldida.

  • Jismoniy, ruhiy jazolardan voz kechish, yoqtirgan narsalaridan maxrum etmaslik.

  • Maktabdagi ta’limga moslashish jarayonida bolaning temperamentini inobatga olish. Sust va kam muloqotchan bolalar sinfga qiyinroq moslashadilar, agar kattalar va tengdoshlari tomonidan zo’rlik, istehzo, bag’ritoshlikni his qilsalar unga nisbatan qiziqishlari yo’qoladi.

  • Bolaga o’qishdagi ishlariga mustaqillik berish va o’qish faoliyatini asoslangan nazorat qilish.

  • Bolani ma’naviy rag’batlantirish, nafaqat o’qishdagi yutuqlari uchun.

  • Ota onalar uchun murakkab vaziyatlardan chiqishda chidamlilik, e’tibor va bolani tushunish yordam beradi.Bola uchun oilada sog’lom muhit yarating.

  • Bola xulqida mustaqillikni shakllantirish uchun sharoit yarating. 5-sinf o’quvchisi mas’uliyatni his qilgan holda majburiy uy yumushlarini bajarishi lozim.

  • Bolalar ancha ulg’aygan bo’lsada, ular ota-onalari tomonidan nazorat qilinishi lozim, chunki o’zi har doim ham maktabning yangi talablariga moslasha olmaydi.

  • 5-sinf o’quvchisi uchun o’qituvchi endi avvalgidek avtoritetga ega emas, o’qituvchiga nisbatan tanqidiy fikrlar yuritishi mumkin. Bola bilan o’qituvchining avtoritetini tushirmagan xolda uning noroziligi sabablarini muhokama qilish lozim.

  • 5-sinf o’quvchisi uchun darslarning endi qizig’i yo’q, bolada o’zining maktabdagi ishlari, darslari va do’stlari bilan munosabatlarini oilada, ota-onasi bilan muxokama qilish imkoni bo’lishi kerak.

Ota-onalarga yuqoridagi tavsiyalar tarqatiladi.

  • Farzandlaringizning so’rovnomaga bergan javoblari bilan tanishdingiz (undagi savollar sizning anketangizdagi javoblar kabi), endi ularning va sizning javoblaringizni taqqoslaymiz.

Har bir ota-onaga o’z farzandining javob blankasi beriladi. (2-ilova).
IV. Psixolog: “Xulosa qilib, yana bir bor ta’kidlash joizki, o’rta sinfga o’tganda maktabning yangi sharoitlariga moslashish ota-onalar tomonidan katta e’tibor va qo’llab-quvvatlashni talab qiladi. Oiladagi tinchlik, sog’lom muhit unga maktabdagi muammolarini yaxshiroq hal qilishga yordam beradi.. Agar oiladagi munosabatlar buzilgan bo’lsa, bunda bola faqat o’zi darslarni o’zlashtirmay, balki boshqalarga ham xalaqit qiladi. Kim bizning farzandimizga yordam beradi? Birinchi navbatda- uning yaqinlari! Ularning, qo’llab quvvatlashlari, ma’qullashlari bolalarga qiyin hayotiy vaziyatlardan chiqishga, uni hayotida o’zgargan sharoitlarga moslashishga, qiyinchiliklarga bardosh berishga yordam beradi.”
Ilova

Download 232,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish