O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi



Download 232,96 Kb.
bet12/39
Sana23.03.2023
Hajmi232,96 Kb.
#920799
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
5 7 sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan psixologik tadbirlar

Ota- onalar uchun savollar



Savollar

Doimo

Ba’zan

Hech kachon

1.

Bolangiz o’zingizga yoqadimi?










2.

Bolangiz gapirayotganda tinglaysizmi?










3.

Uning so’zini oxirigacha eshitib turasizmi?










4.

Bola gapirayotganda uning so’zlari sizga ahamiyatli ekanligini bildirmoqchi bo’lasizmi?










5.

Bolangiz nutqini to’g’rilab turasizmi?










6.

Bolangizning xato qilishiga yo’l qo’yasizmi?










7.

Bolangizni maqtab, uni bag’ringizga olasizmi?










8.

Bolangiz bilan birga kulasizmi?










9.

Har kuni bolaga kitob o’qib berish, suhbatlashishi uchun vaqt ajratasizmi?










10.

Bolangiz bilan biror o’yin tashkil etasizmi?










11.

Bolangizning qiziqish va intilishlarini rag’batlantirasizmi?










12.

Bolangizning hech bo’lmaganda 1-2 kitobchasi bormi?










13.

Bolangizning faqat o’zi foydalanadigan burchagi bormi?










14.

Gazeta, kitob o’qib bolaga namuna bo’lasizmi?










15.

O’qigan narsa yuzasidan bola bilan suhbat o’tkazasizmi?










16.

Bola uchun tish doktori, magazinda undan oldin so’z boshlaysizmi?










17.

Bolangiz bilan birga televizor ko’rasizmi?










18.

Ko’rgan narsasi yuzasidan savol-javob o’tkazasizmi?










19.

Televizor ko’rish vaqtini chegaralaysizmi?










20.

Bolangizga o’z his-tuyg’ularini namoyish qilish imkonini berasizmi?










21.

Bolangiz bilan sayr qilib turasizmi?










22.

Bolangiz bilan istirohat yoki hayvonot bog’lari kabi dam olish maskanlargiga borib turasizmi?











Natijalar tahlili
“Doimo” javobi uchun – 4 ball;
“Ba’zan” javobi uchun – 2 ball;
“Hech qachon” javobi uchun – 0 ball.
88 ball - ota-onaning farzandiga nisbatan munosabati a’lo
44 ball - ota-onaning farzandiga nisbatan munosabati o’rtacha
22 ball - ota-onaning farzandiga nisbatan munosabati o’rtadan past, bu ota-onalarning farzandiga nisbatan bunday yondashuvlari sababini o’rganib chiqish zarur. Shuningdek vaziyatga qarab ta’lim muassasasi ma’muriyati, sinf rahbari, muassasa psixologi ular bilan suhbat o’tkazishlari va uzviy aloqada bo’lishlari maqsadga muvofiqdir.


O’zimizdagi his-tuyg’ularini anglash va xavfsiz namoyon qilishni o’rganamiz
Kayfiyatni toping”

Maqsad: yuz ifodasi bo’yicha odamlarning his-tuyg’ularini va fikrlarini
farqlashni o’rganish.
O’yin bayoni. Turli xil yuz ifodalari bo’lgan personajlar tasvirlangan
rasmlarga qarashni taklif eting. Qahramonlarning qanday his-tuyg’ularni
ifodalashini aniqlash kerak. Keyin bolaga rasmdagi personaj qanday
emotsiyani aks ettirishini topishi uchun muayyan “kayfiyat” aks ettirilgan
kartochka yoki bir nechta kartochkalarni bering. Boladan bu emotsiyani yuz
ifodalari va imo-ishoralar orqali ko’rsatishini so’rang. Qolgan
ishtirokchilar (oila a’zolari yoki do’stlari) bola uzatayotgan kayfiyatni
taxmin qilishlari zarur.
Ko’rsatma. “Hozir men har xil kayfiyatdagi personajlar aks ettirilgan
rasmlarni ko’rsataman. Kel, bu qanday kayfiyat ekanini topishga harakat
qilamiz, keyin esa ularni nomlaymiz. Yaxshi, endi kartochkalarni
tarqataman. Ularga diqqat bilan qarang va qanday kayfiyat
ko’rsatilganligini aniqlang. Hech kimga ko’rsatmasdan, bu kayfiyatni siz yuz
ifodalari va imo-ishoralar bilan qanday tasvirlashingiz haqida o’ylang.
Xo’sh, boshladik. Qanday kayfiyatni namoyish qilayotganimni toping! Endi
esa sizning navbatingiz”.


Download 232,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish