Davomiyligi: 1 soat 20 daqiqa
Reja:
№
|
Trening mazmuni
|
Davomiyligi
|
O‘quv vositalari
|
Mashq maqsadi
|
1-sessiya kirish qismi
|
|
Videorolik
|
15 daq.
|
Kompyuter, videoproektor, kalonka
|
Trening ishtirokchilariga emotsiyalar haqida tushunchalarni berish hamda o’z emotsiyalarini jilovlay olish ko’nikmalarini shakllantirish
|
|
“doira ichida doira” mashqi
|
10 daq.
|
Talab etilmaydi
|
Ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro tanishuv bir birini ismini eslab qolish o‘zaro yaqinlikni shakllantirish
|
|
“rangli panjalar” mashqi
|
10 daq.
|
Ko’k, qizil, sariq rangli qo’llar tasviri tushurilgan qog’ozlar
|
Ishtirokchilarning bir-birlariga nisbatan simpatiya uyg’otish
|
2-sessiya asosiy qism
|
|
“biz yagona komandamiz” mashqi
|
10 daq.
|
Vatman varog’i
|
Ishtirokchilar o’zlarining hissiy barqarorliklarini ta’minlay olishlariga erishish
|
|
“qisqacha o’zim haqimda” mashqi
|
5 daq.
|
Talab qilinmaydi
|
Ishtirokchilar mimika va pontamimikalaridan foydalana olishlari hamda mimikalarni o’qiy olishlariga erishiladi
|
|
“kechirib yuborish” trening mashg‘uloti
|
20 daq.
|
Talab etilmaydi
|
Ishtirokchilar yillar davomida o’zlaridagi yomon hissiyotlaridan voz kecha olishlariga erishi
|
3-sessiya xulosa qismi
|
|
Qayta aloqa
|
10 daq.
|
Barcha ishtirokchilarga qog‘oz-ruchka, flipp-chart.
|
Kunning sarhisobini qilish
|
Jami: 1 soat 20 daqiqa
|
Trening borishi:
1-sessiya kirish qismi
Videorolik:
Emotsiya (fransuz va lotin tilidan olingan bo’lib — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar shakllarda namoyon boʻladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida emotsiya salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsiya oʻrganish, hosil boʻlgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. Emotsiya bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegarasini kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi. Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun emotsiyalar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan bog'liq bo'ladi.
“doira ichida doira” mashqi
Do'stlaringiz bilan baham: |