Davomiyligi: 1 soat 20 daqiqa
Reja:
№
|
Trening mazmuni
|
Davomiyligi
|
O‘quv vositalari
|
Mashq maqsadi
|
1-sessiya kirish qismi
|
|
Videorolik
|
15 daqiqa
|
Kompyuter, videoproektor, kalonka
|
Qadriyatlarning hayotimizda tutgan o’rni
|
|
«mumkin emas...»
|
10 daqiqa
|
Talab qilinmaydi
|
Kayfiyatni ko‘tarish va hissiy barqarorlikka erishish
|
|
«qadriyatlar» mashqi
|
10 daqiqa
|
Talab qilinmaydi
|
Shaxsiy qadriyatlar ierarxiyasi tuzilishi muhimligining ahamiyatlilik darajasini his qilish va anglash.
|
2-sessiya asosiy qism
|
|
“kaleydoskop” mashqi
|
10 daqiqa
|
Talab etilmaydi
|
Ishtirokchilarning diqqatini sekin-asta tashqi dunyodan ichki dunyoga qaratiladi
|
|
“pari uchun uycha” proektiv testi
|
15 daqiqa
|
Proektiv test uchun rasmli blanklar
|
Ishtirokchilarda emotsional so‘nish va stress darajasi, hayotiy qadriyatlari haqida o‘zini diagnostika qilish
|
|
“tezkor yozuv” trening mashg‘uloti
|
10 daqiqa
|
Talab etilmaydi
|
Inson o‘zi uchun qadrli bo‘lgan narsalari va o‘z qadriyatlarini aniq anglashlariga erishish
|
3-sessiya xulosa qismi
|
|
Qayta aloqa
|
10 daqiqa
|
Barcha ishtirokchilarga qog‘oz-ruchka, flipp-chart.
|
Kunning sarhisobini qilish
|
Jami: 1 soat 20 daqiqa
|
Trening borishi.
1-sessiya kirish qismi
Videorolik:
Qadriyatlar - borliq, jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma`naviy boyliklarning ahamiyatini ko`rsatish uchun qo`llaniladigan tushuncha. Qadriyat b-n bog`liq masalalar hayotning eng asosiy mavzulari bo`lib hisoblanadi. Qadriyat ni g`arbda aksiologiya fani o`rganadi. U keng tarqalgan falsafiy fanlardan biridir. Hozirgi davrda qadriyat to`g`risida mamlakatimizda falsafa, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, psixologiya, tarix fanlari turli tadqiqotlar olib bormoqdalar. Sobiq ittifoqda qadriyat mavzusi 60-yillargacha tadqiq etilmas edi. Hozirgi o`zbekistonda bu masalaga diqqat-e`tibor kengaydi. Negaki, qadriyat mustaqillikni mustahkamlaydigan ma`naviy omildir. Ko`pchilik kishilar qadrlanadigan narsalar, hodisalar, masalan, qimmatbaho buyumlarni qadriyat deyishadi. Aslida esa ana shularning ijtimoiy ahamiyati qadriyat ning haqiqiy bahosini aniqlaydi. Biror narsa, voqea yoki hodisaning qadri uning moddiy-iqtisodiy bahosidan katta farq qilishi mumkin. Mas., ming yil ilgarigi buyumni hozir ishlatish mumkin emas. Uning iqtisodiy qiymati kam, ammo, meros sifatidagi qadri ancha salmoqli bo`lishi mumkin. Qadriyat tarixiy va zamonaviy bo`lishi mumkin. Qadriyat ning xilma-xil shakllari bor: moddiy, ma`naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat hayotining sohalari bo`yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyat; ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy; hayotning ijtimoiy tuzilishiga mos keladigan, milliy, sinfiy, partiyaviy qadriyat va boshqalar. Qadriyat dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning haqiqatga mos kelish darajasini aniqlash mezoni yoki biror ideal tarzida ham namoyon bo`ladi. Qadriyat ning asosiy funksiyasi ham ana shular bilan bog`liqadriyat o`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng qadriyatga e`tibor kuchaydi, mamlakatimizda umuminsoniy qadriyat ning ustuvorligi e`tirof qilindi, milliy qadriyat hamda shaxs manfaatlarini umuminsoniy talablarga moslashtirish va uyg`unlashtirish asosiy vazifa bo`lib qoldi. Qadriyat insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanadi. Ularning miqdori va sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti qanchalik ilgarilaganligining ko`rsatkichidir. Qachonlardir, o`tmishda ba`zi qadriyat to`g`risida, mas., ma`rifat to`g`risida, umuman tushuncha bo`lgan emas. Bunday yangi tushunchalar asrlar o`tgan sari shakllanib, qadriyat qatorini boyitib boradi. Ayni vaqtda, qadriyat mahalliy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy bo`lishi tabiiydir. Chunki, qadriyat tushunchasi muayyan vaziyat va sharoitda shakllanadi. Jamiyat taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya`ni umuminsoniy qadriyat ko`payib boraveradi va bu o`zgarishlar insoniyat o`z rivojida qanday yangi cho`qqilarni egallayotganining belgisi bo`ladi (mas., erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, ijtimoiy haqiqat, ma`rifat, ma`naviyat, go`zallik, yaxshilik, insonparvarlik, insoniylik, demokratiya, huquqiy jamiyat, qonunning ustuvorligi, xotin-qizlar ozodligi va b.). Qisqasi, qadriyat deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan barcha narsalar tushuniladi (mas., erkinlik, tinchlik, yaxshilik). Moddiy qadriyat haqiqiy qadriyatlarning namoyon bo`lish vositalaridir (mas., hayotda kerak bo`ladigan turli buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmat qiladigan, o`zi yaratgan, suyanadigan va qo`llab quvvatlaydigan qadriyat dunyosining kengayish, boyish va takomillashish tarixidir. Insoniyat o`zining kundalik mehnati bilan yaratayotgan sun`iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz yaratayotgan ushbu moddiy va ma`naviy boyliklar olamining gultoji, sarasi qadriyatdir. Qadriyat va qadriyat mezonlari kishilarga, ularning xulq-atvorini tartibga solish va to`g`ri yo`naltirishga xizmat qiladi. Bunday o`ziga xos boshqarishning samaradorligi kishilarimizning qadriyat olamini bilishiga bog`liqadriyat (yana qadriyat milliy qadriyatlar).
“mumkin emas..” Mashqi
Do'stlaringiz bilan baham: |