O’quvchilarga mumtoz musiqa, davlat ramzlari haqida bilim berish



Download 259,5 Kb.
bet14/20
Sana27.01.2022
Hajmi259,5 Kb.
#413210
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
7-sinf konspek

Gardun – falak gardishi , qismat.

  • Muxammas- beshlik , besnlangan,

  • Saqil - Vazmin ,og’ir

    Shuni aytish kerakki , garchand maqom cholg’u kuylarining nomlari serjihat ma’no kasb etsada , ammo ularning deyarli barchasi maqom matnida eng avvalo doira usullari mazmunida qo’llaniladi .
    Jamoa bo’lib kuylash. “ Yoshlik sening parvozingdir ” qo’shig’i o’quvchilar bilan birgalikda kuylanadi. Po’lat Mo’min she’ri, Nadim Norxo’jayev musiqasi. Qo’shiq o’rtacha tez kuylanadi.
    Yakuniy qism : O’tilganlarni takrorlash uyga topshiriq qilib beriladi.


    Fan: Musiqa madaniyati
    Sinf: 7
    Sana:
    Vaqt: 45 daqiqa
    Mavzu; «Shoshmaqom cholg`u (mushkilot) kuylari».
    Darsning maqsadi: «Shoshmaqom cholg`u kuylari» haqida tushuncha berish;
    Darning metodi: suhbat o`tkazish.
    Darning jihozi: Qashqar rubobi,Musiqa darsligi.A-4 qog’ozlari

    T/R

    Darsning borishi

    Belgilangan vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    Uyga vazifani so’rash, baholash

    10 daqiqa

    3

    Uyga vazifani mustahkamlash.

    9 daqiqa

    4

    Yangi mavzu ustida ishlash

    15 daqiqa

    5

    Yangi mavzuni mustahkamlash .

    5 daqiqa

    6

    Yakuniy qism .

    3 daqiqa

    Darsning borishi: − O`quvchilar bilan salomlashish. Tashkiliy qism.Uyga berilgan vazifani so`rash.
    Yangi mavzu;Olti maqom tizimidagi har bir maqom ikki yirik bo`lim-cholg`u va aytim yo`llaridan tarkib topishi aytilgan edi.Maqomlarning cholg`u kuylar bo`limi Buxoro an`anasiga ko`ra «Mushkilot» deb yuritiladi. «Mushkilot» bo`limi besh asosiy qismdan iborat bo`lib, ular quyidagicha nomlanadi:
    1.Tasnif - tasnif etilgan, ijod etilgan, mukammal asar.
    2.Tarji - qaytariq, takrorlash, takrorlavchi.
    3.Gardun - falak gardishi, qismat.
    4.Muxammas - beshlik, beshlangan.
    5.Saqil - vazmin, og`ir.
    Shuni aytish kerakki, garchand maqom cholg`u kuylarinig nomlari serjihat ma`nolar kasb etsa-da, ammo ularning deyarli barchasi maqom «matinida», eng avvalo, doyra usullari mazmunida qo`llaniladi. Binobarin «Gardun» , «Muxammas» yoki «Saqil» deyilganda, birinchi navbatda, ma`lum doyra usullari nazarda tutiladi.
    Maqomlarning «Mushkilot» cholg`u bo`limlari «Tasnif» nomli kuylar bilan boshlanadi. Bu atama «Olti maqom»ning har biriga qo`shib aytiladi:«Tasnifi Buzruk»,«Tasnifi Rost», «Tasnifi Navo»,«Tasnifi Dugoh », «Tasnifi Segoh» va «Tasnifi Iroq». Tasnif cholg`u kuylariningshakl topishida «xona» va «bozgo`y» nomli kuy tizimlari muhim o`rin tutadi. «Xona» (fors . toj. – uy) – o`zgaruvchan kuy tuzilmasi bo`lib, u asar davomida bir necha bor takrorlanadi va galdan galga parda tovushlari ortib, ovoz hajmi ham kengayadi. Shu tariqa xona kuyning avji sari intilib, taraqqiy etadi va avj halatiga yetishadi. Bozgo`y kuy tuzilmasi esa, «xona»dan farqli o`laroq, doimiy barqororlikka ega. Zero u sarning boshi- dan oxiriga qadar o`zining dastlabki ohang tuzilish qiyofasini muqim saqlaydi.Bu o`rinda
    «bozgo`y» tuzilmasi o`zining o`zgarmas takrori bilan qo`shiq-yallalardagi naqarot xususi- yatini yodgd soladi.
    Maqom cholg`u kuylarini ijro etishning ikki asosiy ko`rinishi – yakkanavoz va ansambl shakillari yuzaga kelgan.Tanbur torli-chertma sozi yetakchi cholg`u sifatida kasbiy musi-qachilar orasida keng qo`llaniladi.Doyra esa zarb usullarini sadolantirish bilan ahamiyatli- dir.Shuning dek, maqom cholg`u kuylarini g`ijjak,dutor,nay,rubob,qo`shnay kabi cholg`u- larda ham yakka holda ijro etish mumkin. Ansambl ijrochiligi tarkibida esa tanbur va doyra qatoriga yana dutor, nay, qo`shnay, g`ijjak yoki sato, chang, qonun, ud, rubob kabi cholg`ular qo`shilishi mumkin. Buxoro musiqa amaliyotida tanbur, nay va doyra sozlari- dan iborat cholg`u ansambli an`anaviy tus olgan.
    Yakuniy qism : O’tilganlarni takrorlash uyga topshiriq qilib beriladi.

    Sana 5.12. 2013


    Fan nomi : Musiqa madaniyati
    Sinf : 7 – A, .
    Dars mavzusi : Xorazm maqomlari . Xorazm maqomlarining chertim yo’li .
    Dars maqsadi :

    • O’quvchilarga Xorazm maqomlari . Xorazm maqomlarining chertim yo’li haqida tushuncha berish .

    • O’quvchilarning musiqaga bo’lgan qiziqishini oshirish .

    • O’quvchilarda Xorazm mumtoz musiqasiga bo’lgan mehrni uyg’otish .

    Dars vaqti : 40 daqiqa .
    Dars jihozi :
    Qashqar rubobi,
    Musiqa darsligi.
    A-4 qog’ozlari

    T/R

    Darsning borishi

    Belgilangan vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    Uyga vazifani so’rash, baholash

    7 daqiqa

    3

    Uyga vazifani mustahkamlash.

    7 daqiqa

    4

    Yangi mavzu ustida ishlash

    15 daqiqa

    5

    Yangi mavzuni mustahkamlash .

    5 daqiqa

    6

    Yakuniy qism .

    3 daqiqa

    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism.
    A.Salomlashish.
    B.Sinf davomatini aniqlash.
    S. Sinf ozodaligiga e’tibor berish.
    Uyga vazifani mustahkamlash :Maqom haqida tushuncha . Shashmaqom .
    Yangi mavzu. Xorazm maqomlari . Xorazm maqomlarining chertim yo’li .
    Xorazm maqomlari muayyan tizimdagi turkum shaklida XIX – asrning birinchi yarmida qaror topgan bo’lib , bu turkum Buxoro maqomlari singari , asosan , olti maqomdan iborat :
    1 . Rost maqomi
    2 . Buzruk maqomi
    3 . Navo maqomi .
    4. Dugoh maqomi .
    5 . Segoh maqomi .
    6 . Iroq maqomi .
    Manbalarda ko’rsatilishicha Xorazm maqomlarining uzil-kesil qaror topishida Buxoro naqomlarining ta’siri katta ekan . XIX – asrda yashab ijod etgan Komil Xorazmiy ( 1825 – 1897 yillar ) o’zi kashf etgan “ Tanbur chizig’I ” nomli o’ziga xos nota yo’lini kashf etgan .
    Yakuniy qism : O’tilganlarni takrorlash uyga topshiriq qilib beriladi.

    Sana 14.12. 2013


    Fan nomi : Musiqa madaniyati
    Sinf : 7 – A, B.
    Dars mavzusi : Xorazm maqomlari . Xorazm maqomlarining aytim yo’li .
    Dars maqsadi :

    • O’quvchilarga Xorazm maqomlari . Xorazm maqomlarining aytim yo’li haqida tushuncha berish .

    • O’quvchilarning musiqaga bo’lgan qiziqishini oshirish .

    • O’quvchilarda Xorazm mumtoz musiqasiga bo’lgan mehrni uyg’otish .

    Dars vaqti : 45 daqiqa .
    Dars jihozi :
    Qashqar rubobi,
    Musiqa darsligi.
    A-4 qog’ozlari

    T/R

    Darsning borishi

    Belgilangan vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    Uyga vazifani so’rash, baholash

    7 daqiqa

    3

    Uyga vazifani mustahkamlash.

    9 daqiqa

    4

    Yangi mavzu ustida ishlash

    15 daqiqa

    5

    Yangi mavzuni mustahkamlash .

    8 daqiqa

    6

    Yakuniy qism .

    3 daqiqa

    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism.
    A.Salomlashish. B.Sinf davomatini aniqlash. S. Sinf ozodaligiga e’tibor berish.
    Uyga vazifani mustahkamlash Xorazm maqomlarining chertim yo’llari .
    Xorazm maqomlari muayyan tizimdagi turkum shaklida XIX – asrning birinchi yarmida qaror topgan bo’lib , bu turkum Buxoro maqomlari singari , asosan , olti maqomdan iborat :
    1 . Rost maqomi 2 . Buzruk maqomi 3 . Navo maqomi . 4. Dugoh maqomi .
    5 . Segoh maqomi .6 . Iroq maqomi .
    Manbalarda ko’rsatilishicha Xorazm maqomlarining uzil-kesil qaror topishida Buxoro naqomlarining ta’siri katta ekan . XIX – asrda yashab ijod etgan Komil Xorazmiy ( 1825 – 1897 yillar ) o’zi kashf etgan “ Tanbur chizig’I ” nomli o’ziga xos nota yo’lini kashf etgan .
    Yangi mavzu. Xorazm maqomlarining aytim yo’li .
    Xorazm maqomlarining ashula bo’limi “ Aytim yo’li ” deb ataladi . Xorazm maqomlarida ayniqsa “ Saraxbor “ atamasi umuman uchramaydi . Uning o’rniga maqomlarning nomi “ Maqomi rost , Maqomi buzruk va h.k ” ishlatiladi . Xorazm “ Navo ” maqomi aytim yo’li .
    1. Maqomi Navo 2. Tarona 3. Suvora 4. Talqin 5. Faryod 6 Naqsh 7. Oraz
    8 . Ufar
    Yangi mavzuni mustahkamlash
    O’quvchilarga yangi mavzu bo’yicha savollar beriladi .
    Yakuniy qism : 66-betni o’qib kelish.
    Sana : 19 . 12. 2013 y
    Fan nomi : musiqa madaniyati
    Sinf : 7 .

    Dars mavzusi : Nazorat ishi -2


    Dars maqsadi :

    • “Farg’ona – Toshkent va Xorazm vohalarining musiqiy uslublari ”mavzusi bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini aniqlash.

    • “Farg’ona – Toshkent va Xorazm vohalarining musiqiy uslublari ”mavzusi bo’yicha test sinovi.

    Dars vaqti: 45 daqiqa
    Dars jihozi :
    Qashqar rubobi,
    Musiqa darsligi.
    A-4 qog’ozlari
    Tarqatma materiallar.
    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism.
    A.Salomlashish.
    B.Sinf davomatini aniqlash.
    S. Sinf ozodaligiga e’tibor berish.
    Yangi mavzu: Nazorat ishi -2

    • Dars maqsadi : “Farg’ona – Toshkent va Xorazm vohalarining musiqiy uslublari ”mavzusi bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini aniqlash.

    • “Farg’ona – Toshkent va Xorazm vohalarining musiqiy uslublari ”mavzusi bo’yicha test sinovi.

    • Ishning o’quvchilar bilan bajarishga belgilangan vaqti : 45 daqiqa

    Nazorat ishi o’tkazish shakli : test sinovi.
    Ishda tekshirish lozim bo’ladigan bilim, ko’nikma va malakalarning soni : 12.
    Nazorat ishining standart bali : 5
    Uyga vazifa: Takrorlash
    Sana 18 .01 2014
    Fan nomi : Musiqa madaniyati
    Sinf : 7
    Dars mavzusi : Musiqa madaniyati haqida umumiy tushuncha .
    Dars maqsadi :
    -O’quvchilarga Musiqa madaniyati haqida umumiy tushuncha mavzusi haqida bilim berish .

    • O’quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

    O’quvchilarni musiqa san’atiga hurmat ruhida tarbiyalsh.
    Dars vaqti : 40 daqiqa .
    Dars jihozi :
    Qashqar rubobi,
    Musiqa darsligi.
    A-4 qog’ozlari
    Texnik vositalar

    T/R

    Darsning borishi

    Belgilangan vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    Uyga vazifani so’rash va baholash

    7 daqiqa

    3

    Uyga vazifani mustahkamlash

    5 daqiqa

    4

    Yangi mavzu ustida ishlash

    15daqiqa

    5

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    7 daqiqa

    6

    Yakuniy qism

    3 daqiqa

    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism.
    A.Salomlashish.
    B.Sinf davomatini aniqlash.
    S. Sinf ozodaligiga e’tibor berish.
    Uyga vazifani so’rash va baholash. 2- chorakda o’tilgan mavzular bo’yicha takrorlash.
    Uyga vazifani mustahkamlash . 2- chorakda o’tilgan mavzular bo’yicha o’qituvchi mustahkamlash .
    2-chorakda o’tilgan mavzular savol-javob tariqasida mustahkamlanadi .
    Yangi mavzu : Musiqa madaniyati haqida umumiy tushuncha .
    Musiqa madaniyati kishilik jamiyati ma’naviy hayotida muhim o’rin tutadi .
    Chunki musiqa inson qalbida go’zal uyqularni uyg’otadi .
    Shu bilan birga musiqa , yoqimli ovoz , yuksak ta’sir kuchiga ega bo’lib , uni eshitish bilan inson ichki alamlardan xoli bo’ladi .
    Musiqa og’ir mehnatdan keyin dam olishning eng yaxshi vositasidir . Musiqaning ta’sir kuchini hatto shundan bilsa ham bo’ladiki , yig’lab turgan bola ona allasini eshitib, tinchlanadi va uxlab qoladi .
    Jamoa bo’lib kuylash .” Keng Turkiston ” qo’shig’i.
    P. Mo’min she’ri, N. Norxo’jayev m.usiqasi.
    O’quvchilar bilan ovozni sozlash uchun mashqlar bajariladi .
    O’quvchilar bilan qo’shiq birgalikda o’rganiladi .
    Uyga vazifa 81-betni o’qib kelish .
    Sana : 4.04
    Fan nomi : musiqa
    Sinf : 7
    Dars maqsadi :

    • O’quvchilarga atoqli o’zbek san’atkorlari haqida bilim berish .

    • O’quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

    • O’quvchilarda ustoz san’atkorlarga bo’lgan mehrni shakllantirish.

    Dars vaqti : 45 daqiqa .
    Dars jihozi :
    Qashqar rubobi,
    Musiqa darsligi.
    A-4 qog’ozlari
    Darsning borishi :
    Tashkiliy qism.

    1. Salomlashish.

    2. Sinf davomatini aniqlash.

    S. Sinf ozodaligiga e’tibor berish.
    Uyga vazifani so’rab baholash.
    o’tilgan “ Umumiy tushuncha ” mavzusini so’rab baholash.
    Yangi mavzu: atoqli o’zbek san’atkorlari.
    O’zbekiston o’z davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab uning musiqa san’ati rivojida katta o’zgarishlar ro’y bera boshladi . Bunda , eng , avvalo , buyuk ajdodlarimizdan bebaho ma’naviy meros qolgan mumtoz musiqa ( maqom, ashula, katta ashula , suvora va
    boshqalar ) asarlarini xalqimiz orasida keng targ’ib qilish ishlari juda muhim o’rin tutmoqda. Albatta bu kabi ijodiy ishlarni amalgam oshirishda atoqli san’atkor – ijrochilarning xizmatlari beqiyosdir. Jumladan , otaxon san’atkorlardan – O’zbekiston xalq artisti Turg’un Alimatov maqomlarda mujassam ma’naviy go’zallikni tanburu – satoda , g’ijjagu- dutorda badiiy jonlantirib, xalqimiz olqishiga sazovor bo’lib, kelmoqda. Ozbekiston xalq artistlari G’anijon Toshmatov , Gulomjon Hojiqulov , Abduhoshim Ismoilov , O’lmas Rasulov kabi mahoratli sozandalar ham o’zlarining betakror g’ijjak nolalari , o’ziga xos ijro sayqallari bilan mumtoz musiqa hamda zamondosh bastakorlarning asarlarini bezaklashga musharraf bo’ldi.
    O’zbekiston xalq hofizlari Orifxon Hotamov , Fattohxon Mamadaliyev , Ochilxon Otaxonov , Muhammadjon Karimov , Quvondiq Iskandarov , Hasan Rajabiy , Mahmud Tojiboyev , O’zbekiston xalq artistlari Otajon Xudoyshukurov, Munojat Yo’lchiyeva va Maryam Sattorovalar maqom ashula yo’llari , Yevropa hamda bastakorlar asarlarini go’zal tarzda ijro etishga erishdilar.
    Uyga vazifa : 121-122- betlarni o’qib kelish.



    Download 259,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish