Mavzu: Tabiiy tolali gazlamalar o`simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar , ularning xususiyatlari.Arqoq va tanda iplarning xossalari.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga o`simliklardan olinadigan tolalar , ulardan tayyorlangan gazlamalarning ishlatilishi va xususiyatlari haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarga atrofimizni o`rab turgan ona tabiatni bizlar uchun naqadar foydali ekanligini va uni asrab avaylash zarurligini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarga tolalar va gazlamalarning tarkibi haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Darsning jihozi: tabiiy tolalar, ulardan tayyorlangan gazlamalar va kiyimlardan namunalar, albomlar va boshqa turli ko`rgazmalar.
Darsning turi: nazariy.
Darsda qo`llaniladigan usullar: hikoya, tushuntirish, suhbat, ko`rgazmalilik.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, davomatni aniqlash.
O`tilgan mavzuni takrorlash”Fikrlar hujumi” orqali takrorlash
Sinf o`quvchilari kichik 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo`linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa bo`yicha 10 daqiqa davomida mustaqil ravishda o`zaro “Fikrlar hujumi” o`tkazadi. Shundan so`ng har bir guruh vakili o`z guruhlarining javobini taqdim etishadi.
Kiyimlar qanday gazlamalardan, ya`ni materiallardan tayyorlanadi
Gazlamalar qanday hosil qilinadi
Tolalar haqida nimalarni bilasiz
Yangi mavzuni bayon qilish: O`quvchilar ! biz bugungi darsimizdan boshlab gazlamalarga ishlov berish texnologiyasiga oid mashg`ulotlarni o`tamiz. Unda biz gazlamalarning olinishi va ulardan turli kiyimlar tayyorlanishi, kiyimlarni tuzatish va saqlash, shuningdek pazandachilikka oid ayrim ishlarni o`rganamiz. Ma`lumki, har bir inson o`ziga xos kiyim kiyadi. Kiyimlar bizni tabiatning turli ta`sirlardan himoya qiladi. Shu bilan birga kiyim insonning madaniyatini, ma`naviyatini ko`rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kiyimlar odatda gazlamalardan tikiladi. Barcha gazlamalar tollaradan to`qiladi. Yuqorida aytilgandek inson hayotida gazlamalar va utikilgan kiyimlar muhim ahamiyati kasb etadi. Chunki kiyimlar insonni issiq va sovuqdan, kuchki yorug`likdan himoya qilib, organism haroratining mo`tadil bo`lishiga yordam beradi.Gazlamalar tabiiy va sun`iy tolalardan to`qilgan bo`ladi. Tabiiy tolalardan to`qilgan gazlamalar ikki guruhga bo`linadi. A) o`simliklardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar. B) hayvonlardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar.O`simliklardan olingan tolalarga paxta hamda zig`ir kiradi.Paxta o`simligi issiq o`lkalarda asosan Amerika Qo`shma Shtatalari, Hitoy, Hindiston, Braziliya va O`zbekistonda yetishtiriladi. Paxta tolasi ingichka va o`rta tolali bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |