Sinf: 7-sinf
II-chorak, 9-10 soat
Texnologik xarita
Mavzu
|
Elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, nuqsonlarni bartaraf etish.
|
Maqsad va vazifalar
|
1.Ta`limiy maqsad: o`quvchilarga Elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, nuqsonlarni bartaraf etish haqida tushuncha berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarga elektr tokidan to`g`ri foydalanish va elektr tokin tejash to`g`risida ta`lim tarbiya berish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarda tikuv mashinasining tarixi va uning rivojlanishi to`g`risidagi bilimlarini kengaytirish.
|
O`quv jarayoni
Mazmuni
|
Elektrmashina elektrodvigatel yordamida harakatlanadi.Har bir universal mashinada asosan beshta ish bajaruvchi mexanizm bo`ladi. Bular:
Ish mexanizmi, ya`ni nina mexanizmi.
Moki mexanizmi
Ip tortgich mexanizmi
Surgich (gazlamani surib turadigan tishcha) mexanizmi
Tepki mexanizmi.
Yordamchi mexanizmlarga quyidagilar kiradi:
Naychaga ip o`raydigan o`ragich;
Ip yo`naltirgichlar;
Ustki ipni taranglovchi rostlagich;
Baxyani mayda va yirik qiluvchi rostlagich;
Elektr mashinani ishga tushirish uchun knopka bosiladi va mashina elektr toki bilan ta`minlanadi. Pedalni asta bosilsa mashina sekin tikadi, qattiq bosilsa tez tikadi.
Elektr mashinasining tezligi kattadir. Bu esa mehnat unumdorligini oshiradi. Elektr mashinada tez va tekis, chiroyli choklar tikiladi. Bu mashina ishchining vaqtini tejaydi.Ana shulardan 525,07 , 1022kl mashinalari bir daqiqada 1400ta baxyani to`rlab tikadi.
|
Oquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: Og`zaki bayon qilish,Klaster , Muammoli vaziyat metodidan foydalanish
Forma: Amaliy mashg`ulot, kichik guruhlarda ishlash
Vosita: Tarqatma materiallar, asbob va moslamalar
Usul: Akt dan foydalanish, tayyor yozma materiallar
Nazorat: savol va javoblar, kuzatish, o`z-o`zini nazorat qilish
Baholash: Rag`batlantirish, besh balli sistema asosida
|
Kutilayotgan natijalar
|
O`qituvchi:
Mavzu qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishiga erishiladi.O`quvchilar faolligini oshiradi. O`quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Bir vaqtning o`zida ko`pchilik o`quvchilar baholanadi.. O`z oldiga qo`ygan madsadlariga erishadi.
O`quvchi:
Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda ishlashni o`rganadi. Nutq rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi. Qisqa vaqt ichida juda ko`p ma`lumotga ega bo`ladi.
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi:
Yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O`z ustida ishlash. Mavzuni hayot bilan bog`lash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O`quvchi:
Matn bilan mustaqil ishlashni o`rganish. O`z fikrini ravon bayon qila olish. Shu mavzu asosida qo`shimcha materiallar topish, ularni o`rganish. O`z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir echimga kelish malakasini hosil qilish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |