O`quvchilar bilimini tekshirish va baholash tamoyillari


Ma`lumotni qabul qilish, o`zlashtirish, qayta ishlashda o`quvchining



Download 96,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.08.2022
Hajmi96,06 Kb.
#847099
1   2
Bog'liq
V6cwMPlYNCtdfRsEW5UozZuPoTr2Dy7tKaql0aUX

 
Ma`lumotni qabul qilish, o`zlashtirish, qayta ishlashda o`quvchining
intellektual imkonini hisobga olish: 

verbal-lingvistik, so`z va til bilan bog`liq (yozma va og`zaki) qobiliyati; 

mavzuiy-mantiqiy, deduktiv fikrlash, son va abstrakt belgilar bilan bog`liq; 

shaxsning o`z ichki refleksini qamrab olgan xususiyati, ma`naviy 
mavjudotni, o`zining “men”ligi ichki holatini anglashi; 

insonlararo munosabatlar, asosan muomala bilan bog`liq; 

fazoviy idrok, ob`ektiv ko`rib, u haqda aqliy zohiriy tasavvur hosil qilish 
xususiyati; 

fizik harakat va tanani boshqarish, jumladan harakatlarni nazorat qiluvchi 
miya mexanizmi bilan aloqador bo`lgan jismoniy-kinetik xususiyat; 

o`z ichiga ohangdorlik namunalarini jamlagan, uning ritmini his
etishi bilan bog`liq musiqiy-ritmik xususiyat. 
 O`quvchilarga berilgan uy vazifalarini tekshirish va baholashda quyidagi 
amallarni bajarish maqsadga muofiqdir: 
1. 
har bir vazifalar guruhini “Dars yakunida tinglovchilar quyidagilarni bajara 
olishlari lozim ...” - deb boshlang; 
2. 
vazifalarni alohida raqamlang; 
3. 
beriladigan vazifalarni quyidagi fe`llardan boshlang: sanab o`ting, eslang, 
so`zlab bering, ko`rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo.; 
4. 
har bir vazifani tinglovchi so`zi bilan qo`ying (o`qituvchi atamasida emas); 
5. 
topshiriqlar xilma-xilligidan qat`iy nazar faqat BITTA natijani ko`zlasin; 
6. 
dars bosqichlarini shunday rejalashtiringki, toki u o`qituvchining o`tadigan 
dars bosqichlarini emas, balki “tinglovchining o`zini keyinchalik qanday tutishi 
kerakligiga ishora qilsin”; 
7. 
muammolarni shunday qo`yingki, uning yechimini mezonlash va qanday 
qilib maqsadga erishilganligini aniqlash mumkin bo`lsin; 


8. 
ular buni qila oladilarmi? – degan savol topshiriq berishdan oldin ishlatiladi 
(kerakli test topshiriqlarini tuzishda). 
Bilim, ko`nikma va malakalarni baholash mezonlari. 
O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt 
bahstalab mavzu bo`lib kelgan. Shu bois u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. 
Biroq mavjud harashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o`quvchilarning bilim, 
ko`nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalari, 
shuningdek, sinf (guruh)dagi o`quvchilarning o`zlashtirish darajasiga tayangan 
holda belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda 
o`quvchilarning og`zaki javob berishlari, ko`nikma va malakalariga alohida-
alohida yondashiladi. Masalan,tarbiya darsidan baholash mezonlariga 
o`quvchilarning og`zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda 
mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida 
aniqlashtiramiz: og`zaki javob berish jarayonida «4» baho qo`yiladi, quyidagi 
holatlar namoyon bo`lsa: 
1) 
o`rganilayotgan mavzu yuzasidan to`g`ri javoblar berilsa; 
2) 
material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; 
3) 
o`qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega 
bo`lmagan xatolar yo`l qo`yilsa yoki to`liq bo`lmagan javob aytilsa. 
yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo`yiladi, quyidagi holatlar namoyon 
bo`lsa: 
1) 
masalani yechishda va izohlashda muhim xato bo`lmasa; 
2) 
topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo`lmagan bir-ikki 
xatoga yo`l qo`yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo`lsa. 
Amalda bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo`yiladi, quyidagi holatlar 
namoyon bo`lsa:
1) 
ishni to`liq, muhim xatolarsiz bajarsa, biroq natija chihara olmasa; 
2) 
ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo`lmagan xatolarga 
yo`l qo`yilsa. 


Bildirilgan fikrlarga tayangan holda shunday xulosa chiharish mumkin: 
o`quvchilarning bilimlari uchun besh balli tizimda baholar quyidagi holatlarda 
qo`yiladi: 
1. 
«5» baho: a) o`quvchi materialni to`liq o`zlashtirib olgan bo`lsa; b) 
o`rganilgan mavzu bo`yicha asosiy ma`lumotlarning mohiyatini ochib bera olsa; v) 
egallangan bilimlarni amalda qo`llay olsa; g) o`rganilgan mavzuni bayon qilishda, 
o`zma ishlarda xatolarga qo`l qo`ymasdan, ma`lumotlarni tushuntirib bera olsa 
qo`yiladi. 
2. 
«4» baho: a) o`quvchi o`rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) 
o`qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni 
amaliyotda qo`llay olsa; g) og`zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo`l 
qo`ymasdan, o`qituvchining qo`shimcha savollari bilan xatolarini to`g`rilay olsa 
hamda yozma ishda uncha jiddiy bo`lmagan xatoga yo`l qo`ysa; 
3. 
«3» baho: a) o`quvchi o`rganilgan mavzuni o`zlashtirgan, lekin mustaqil 
tushuntirish berishda o`qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) 
savollarning mantiqiy tuzuilishini o`zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) 
yozma ishda xatolari bor bo`lsa. 
4. 
«2» baho: o`quvchi o`rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq 
mavzuni o`zlashtirmagan, yozma ishda qo`pol xatolarga yo`l qo`ysa. 
O`quvchilarning bilimini nazorat qilishning turlari mavjud bo`lib, keyingi 
yillarda jahon tajribasida nostandart testlar tuzish ya`ni dasturidan samarali 
foydalanilmoqda.Ushbu testlarning darajalari va turlari mavjud bo`lib, o`qituvchi 
va psixologlar uchun ta`lim va tarbiya jarayonini tashkil qilishda qo`llaniladigan
quyida ko`rsatilgan nostandart testni tavsiya qilish mumkin. 

Download 96,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish