O’quvchilar PISA dasturida yolg’on ishlatishlari mumkinmi?
PISA - dunyodagi eng ilg’or xalqaro, yuqori sifatli va yuqori samarali ta’limni baholash dasturi xisoblanadi va shuning uchun PISA ma’lumotlarining 100% to’g’ri va haqiqiy ekanligi juda muhimdir. SHu maqsadda, IHTT o’quvchining qobiliyatlarini, o’zi haqidagi ma’lumotlar va faoliyatini aniq aks ettirishi hamda har qanday aldov shakllarini ishlatmasligi uchun barcha darajalarda juda qattiq shartlarni qo’llaydi. Nima uchun Xitoy Xalq Respublikasining barcha a’zolari PISAda ishtirok etmaydilar? So’nggi yillarda milliy vazirlik PISA dasturini Xitoyning bir necha viloyatlarida to’liqroq ishtirok etishga tayyorlash maqsadida sinovlarni o’tkazmoqda. SHanxay PISA 2009dan buyon ishtirok etib keladi.
Pekin hamda TSzyansu va Guandun provintsiyalari esa PISA 2015 tadqiqotlarida ishtirok etdilar.
PISA tadqiqoti darslari mamlakatlarning ta’lim tizimi rivoji uchun qanday yordam bergan? PISAda ishtirok etgan mamlakatlar bo’yicha IHTTning 2012 yilgi so’rovnomasida respondentlarning aksariyati yuqori darajadagi davlatlar yoki rivojlanayotgan tizimlarning ta’lim siyosati o’zlarining faoliyatini amalga oshirish jarayonlarida samarali ta’sir ko’rsatganini ta’kidladilar. Yana ko’plab mamlakatlar PISA milliy yoki federal baholash strategiyasining yangi tarkibiy qismlarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatganini aytib o’tishadi. Dasturlarni o’rnatish va standartlarga nisbatan ko’plab mamlakatlar PISA tizimining ta’sirini quyidagilarga qaratdi: milliy o’quv dasturlarini PISA me’yorlari va baholashlari bilan taqqoslash; milliy standartlarni shakllantirish; ularning ta’lim tizimiga ta’siri; PISAga o’xshash vakolatlarni o’quv dasturlariga kiritish; milliy talablarga javob beruvchi standartlarni belgilashga qaratilgan.
PISA natijalari o’quvchilarning boshqa odamlar bilan muloqot o’rnata olish qobiliyatlarini baholay oladimi? PISA 2015 tadqiqot doirasida o’quvchilar bilimini baholash doirasida inson resurslaridan foydalanmagan holda kompyuterga asoslangan baholash tizimi asosida amalga oshirildi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning qobiliyatlarini izchillik bilan o’lchash imkonini berdi, chunki sinfdoshlar o’rtasidagi oldindan mavjud shaxslararo munosabatlar o’quvchilarning ishlashiga hech qanday ta’sir ko’rsatmadi. Ushbu o’rganish inson-kompyuter baholashdagi o’quvchilarning natijalari ular o’zaro boshqa insonlar bilan qanday muloqotga kirishini ko’rsatadi deb xulosa qiladi. Xususan, o’quvchilarning turli guruhlar bilan hamkorlikda ishlashi ishonchli tarzda taqqoslanishi mumkin.
PISA dasturi bo’yicha matematika fanidan test topshiriqlaridan namunalar
Olmalar
Fermer olma daraxtlarini kvadrat shakldagi maydonda o’stiradi. U olma daraxtlarini shamoldan himoya qilish uchun mevazor atrofiga ignabargli daraxtlarni ekadi. Quyidagi tasvirda shu holat aks ettirilgan. Bu yerda olma darxtlari qatorlari uchun olmalar va ignabargli daraxtlar shakli berilgan.
Savol - 1. Jadvalni to’ldiring.
№
|
Olma daraxtlari soni
|
Ignabargli daraxtlar soni
|
1
|
1
|
8
|
2
|
4
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |