O’quv yilini zo’r kayfiyat va shijoat bilan boshladik. O’quv yili boshidanoq o’z oldimga ulkan maqsadlar qo’ydim va bu maqsadlarga erishish uchun ishlarimni rejalashtirib oldim



Download 2,45 Mb.
Sana15.02.2022
Hajmi2,45 Mb.
#450006
Bog'liq
1 yillik goronoga hisobot


Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinflar o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Satimova Mavluda Nazaraliyevnaning 2021—2022-o’quv yili 1-yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan
Hisoboti
Men, Satimova Mavluda Nazaraliyevna, Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 11-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinflar o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, 2021-2022-o’quv davomida maktabda ta’lim berish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda amalga oshirgan ishlar haqida quyidagilarni bayon qilaman:
2021—2022-o’quv yilini zo’r kayfiyat va shijoat bilan boshladik. O’quv yili boshidanoq o’z oldimga ulkan maqsadlar qo’ydim va bu maqsadlarga erishish uchun ishlarimni rejalashtirib oldim. Avvalo ish hujjatlarimni yaratdim, maktab direktoriga tasdiqlatdim.
2021—2022-o’quv yilini 6-sentabrdan boshladik. Maktabimizda 1—4-sinflar jami 21 ta bo’lib, bu sinflarda 23 nafar pedagog faoliyat olib bormoqdalar. Bulardan 3 nafari oliy toifa, 6 nafari 1-toifa, 11 nafari 2-toifa, 2 nafari esa mutahassis o’qituvchilardir. 1—4-sinflarda jami 756 nafar o’g’il-qiz ta’lim-tarbiya oladilar. 1 nafari yakka tartibda ta’lim oldilar. Ayrim o’qituvchilar 1 stavkadan dars soatlari bilan ta’minlangan. Avgust oyida yangi milliy dastur bo’yicha o’qituvchilar qayta o’qitildi.

O'quvchilarga chuqur bilim berishda ko'rgazmali qurollar, multimediya vositalari va tarqatmali materiallarning ahamiyati katta. Shuning uchun maktabdagi o’qituvchilarni ko’rgazmalar va tarqatmalar tayyorlashga undadim. Darslar samarali bo’lishi, o’quvchilar xotirasida yaxshi saqlanishi uchun barcha fanlardan ko’rgazmalar, tarqatmalar tayyorlab qo’yildi va darslarda unumli qo’llandi.
O’quv yili boshida sinf xonasini yangi talablar asosida qaytadan jihozladik. Sinflarda televizor, DVD, fanlardan multimediyalar mavjud bo’lib, ulardan dars o’tish jarayonida unumli foydalanildi.
O’quv yili boshida barcha o’quvchilar darsliklar bilan ta’minlandilar, darsliklarni yaxshi saqladilar. Barcha o’quvchilarda o’quv qurollari yetarli.
Respublikamizda zo’r quvonch bilan nishonlanib kelinayotgan ,,Mustaqillik bayrami’’ va o’quvchilar intiqlik bilan kutuvchi ,,Bilimlar kuni’’ munosabati bilan bir soatlik suhbat va savol-javobdan iborat darslar tashkil etildi. Dars jarayonida yurtimizda mustaqillikka erishgan kunimizdan shu kungacha qo’lga kiritgan ulkan yutuqlar haqida ,,Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!’’ shiori ostida tushuntirish ishlarini olib borildi va shular aks etgan videolavhalarni o’quvchilar bilan ko’rildi. Mustaqillik eng ulug’ ne’mat ekanini, uni asrab-avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini tushuntirildi.

Maktabning 1-sinfiga jami 168 nafar o’g’il-qizlar qabul qilindi. Ularga Prezidentimiz tomonidan berilgan sovg’alar topshirildi.

O’quv yili boshidanoq sinfdagi barcha o’quvchilarni kutubxonaga a’zo qilindi. Ular bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazib, kutubxona fondidagi kitoblardan bahramand bo’ldilar. Sinf xonalarida ham ,,Sinf kutubxonasi’’ tashkil etildi. Sinf kutubxonasini o’quvchilar ishtirokida ko’plab kitoblar bilan boyitildi.

Har bir sinfdagi o’quvchilar ,,Kamalak’’ bolalar tashkiloti a’zosi.


Har bir sinfda sinf faollarini saylandi va ularning bajarishlari kerak bo’lgan vazifalarni belgilab, tushuntirildi.
O’quvchilar uchun fanlardan fan to’garagi tashkil etildi va o’quvchilar bilan muntazam shug’ullanildi.

O’quvchilar ,,Umid nihollari’’ sport musobaqasida ham faol ishtirok etdilar.

Sentabr boshlang’ich ta’lim fan oyligida fanlardan ochiq darslar tashkil etildi.



Oktabr ona tili va adabiyot fan oyligida bir qator ochiq darslar tashkil etildi.
1-oktabr ,,Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ma’naviyat darsida ,,Ustoz—otangdek ulug’’’ mavzusida suhbatlar, tadbirlar o’tkazildi. Ustoz va murabbiylarga hurmat va e’tibor tushunchasini singdirishga harakat qilindi. O’quvchilar she’r va qo’shiqlar ijro etdilar.

21-oktabr ,,Davlat tili to’g’risidagi Qonun’’ qabul qilingan kun munosabati bilan kechalar, suhbatlar o’tkazildi. ,,Kimning xati chiroyli?’’ diktantlar tanlovi o’tkazildi. G’oliblar taqdirlandi.


Noyabr rus tili fan oyligida rus tilidan bir qator ochiq darslar tashkil etildi, kechalar o’tkazildi.

18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan suhbatlar o’tkazildi.
20-noyabr ,,Bola huquqlari Deklaratsiyasi’’ qabul qilingan kun munosabati bilan suhbatlar o’tkazildi.

24-noyabr kuni Namangan shahri miqyosida o’tkazilgan ,,Hur o’lkamning chechaklari’’ tanlovida badiiy chiqish bilan faol ishtirok etildi.



Dekabr milliy g’oya turkumiga kiruvchi fanlar oyligida odobnoma fanidan bir qator ochiq darslar tashkil etildi, kechalar o’tkazildi.

Maktab o’quvchilarini tarbiyalashda milliy qadriyat va an’analarimiz, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona va kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo’lish, mahalla, qarindosh-urug’lar bilan o’zaro samimiy munosabatda bo’lishga undaldi va yo’naltirildi. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida ma’naviyat darslarida tushuntirish ishlarini olib borildi.

1-dekabr ,,Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni’’ munosabati bilan turli zararli odatlar—ichkilikbozlik, giyohvandlik, kashandalik yomon oqibatlarga olib keluvchi odatlar ekanini videolavhalar orqali tushuntirildi.
3-dekabr ,,Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni’’ munosabati bilan o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazildi. Bunga yaqqol misol sifatida maktabimizda tashkil etilgan ,,Inklyuziv ta’lim’’ haqida ham keng tushuncha berildi.

8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbirlari o’tkazildi. O’quvchilar Konstitutsiya moddalaridan yod oldilar.
.
10-dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan suhbatlar, tadbirlar o’tkazildi.
Maktabimizning boshlang’ich ta’lim ustozlari muntazam ravishda o’z ustida ishlab, bilimlarini oshirib kelmoqdalar. Buning uchun maktabimizda barcha sharoitlar yetarli.
2021—2022 - o’quv yili 1-yarim yilligida o’quvchilarining davomati 99 % ni tashkil etdi.
Men 2021—2022-o’quv yili 1-yarim yilligida o’z oldimga qo’ygan maqsadlarim, rejalarimni imkon qadar to’liq bajarishga harakat qildim va bir qator yutuqlarga erishdim. Keyingi yarim yillikda ham bu ishlarimni yanada kuchaytirib bajarib, yuqori yutuqlarga erishmoqchiman.
11-maktab O’IB direktor o’rinbosari: M.N.Satimova
Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish