Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan
savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir.
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash,
tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki
tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam
beradi.
Bolalarning
qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan
maktablar tashkil etilishi mumkin.
13-modda. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim olish maqsadida har kim umumiy o‘rta
ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini
ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo‘yicha
ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda
davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni,
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini
ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha
bir yoki bir necha
ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir.
2018 yil 25 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy
o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5313-son Farmoni qabul qilinib quyidagicha
o’zgartirishlar kiritildi. 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy
umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar
bitiruvchilari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish,
malakali kadrlar tayyorlash
uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini
ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini
amalga oshirish maqsadida:
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus
ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda,
ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida
hamda akademik
litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul
qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik
asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha
bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshiriladi;
kasb-hunar kollejlariga 2017/2018 o‘quv yiliga qadar (ushbu o‘quv yili
qo‘shilgan holda) o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni o‘zlari ta’lim
olayotgan kasb-hunar kollejlarida amaldagi o‘quv dasturlari
asosida belgilangan
tartibda tugatadilar.
Ta’lim to’g’risidagi qonunning 25-moddasida ta’lim ishlarini boshqarishda
president faoliyati va ta’lim tizimiga yangilik kiritish va takomillashtirishga doir
ishlarni amalga oshirish Vazirlar mahkamasiga kiritilishi aytib o’tilgan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 15-moddasida quyidagilar
yozilgan.
15-modda:
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.
Xulosa qiladigan bo’lsak fuqaro D.Tolipovning e’tirozlari o’rinli. Ushbu
vaziyatda Konstitutsiyaning 15-moddasi ikkinchi
qismi ham buzilgan davlat
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va
qonunlarda belgilangan vakolatlardan tashqari hech qanday vakolatlarga ega emas.
Fuqaro D.Tolipovning president qarori va harakatlari ustidan O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga qilgan murojaati to’g’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: