O‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun geografiya fanidan bosqichli imtihon materiallari va ularning javoblari



Download 0,7 Mb.
bet38/54
Sana04.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#635405
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Bog'liq
2021 2022 o quv yili 9 sinf Geografiya IMTIXON JAVOBLARI NAMUNA-конвертиро

AFG'ONISTON


Afg'oniston Islom Respublikasi Janubi- g'arbiy, Markaziy va Janubiy Osiyo tutashgan hududda joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish imkoniyati yo'q. Iqtisodiy geografik o'rni Osiyo qit'asining turli qismlarini bog'lovchi transport magistrallari qurilsa, ancha yaxshilanadi. Boshqaruv shakli prezidentlik respublikasi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Afg'oniston hududining katta qismi, ayniqsa, markazi va sharqi baland tog'lar bilan band, shimoliy va janubi-g'arbiy hududlarini tog'oldi tekisliklari egallaydi.
Afg'onistonda kuchli zilzilalar tez-tez ro'y berib turadi. Afg'oniston turli mineral resurslarga (ko'mir, neft, temir, mis, marganes va b.) boy, ammo ular juda kam qazib olinadi. Afg'onistonga subtropik quruq kontinental iqlim xos. Baland tog'lardagi muzliklardan ko'plab daryolar boshlanib, ayrimlari to'laligicha sug'orishga sarflanadi.
Aholisi. Afg'oniston aholisi tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan davlatlar toifasiga kiradi (yillik tabiiy ko'payish darajasi 2,5 % dan yuqori). Aholi, asosan, tog'oldi tekisliklarida va tog' oralig'idagi vodiylarda yashaydi. Shahar joylarida aholining 1/4 qismi yashaydi, xolos. Eng katta shahri - mamlakat poytaxti Kobulning aholisi 3 mln. atrofida. Hirot hamda Mozori-Sharif nisbatan yirik shaharlar hisoblanadi.
Aholining etnik tarkibi ancha murakkab bo'lib, pushtunlar, tojiklar, o'zbeklar, xazorliklar, balujlar, turkmanlardan iborat. O'zbekistonga chegaradosh shimoliy hududlarida 2 mln. o'zbeklar istiqomat qiladi.
Iqtisodiyoti. Afg'oniston iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan agrar davlat. Iqtisodiy rivojlanishida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan ko'rsatilayotgan moliyaviy yordam katta ahamiyatga ega.
Qishloq xo'jaligining asosini sug'orma dehqonchilik tashkil etadi. Umuman olganda, dehqonchilikda boshoqli ekinlar, paxta, meva va uzum yetishtirish muhim rol o'ynaydi. Chorvachilik tarmoqlaridan qo'ychilik (jumladan, qorako'lchilik) va echkichilik yetakchi ahamiyatga ega. Qorako'l teri tayyorlashda Afg'oniston jahon bo'yicha 1-o'rinda turadi. Sanoat ishlab chiqarishi sust darajada rivojlangan. Sanoat korxonalari jahon hamjamiyati tomonidan moliyaviy yordam asosida qurilmoqda.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish