«Depopulyatsiya» va «Iqtisodiy rayon» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Depopulyatsiya bu …. tug'ilishning o'limga nisbatan pastligi
Mehnatning geografik taqsimlanishi asosida o‘z ixtisoslashuviga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi hududlar
iqtisodiy rayonlar yuzaga keladi. Iqtisodiy rayon (hudud)lar uchun butun mamlakat miqyosida ixtisoslashuv o‘ziga xos bo‘lib, mahsulot almashinuvi juda keng qamrovda amalga oshadi. Bunday rayonlarning bir necha ixtisoslashgan tarmoqlari bo‘lishi ham mumkin.
Iqtisodiy rayon bu:
Geografik o’rni o’ziga xos;
Mamlakat miqyosida ixtisoslashgan;
Majmuali xo’jalik shakillangan;
Tabiiy boyliklar hamda ishchi kuchi bilan ta’minlanishida boshqa rayonlardan farqlanuvchi hududlardir.
Dunyoning siyosiy xaritasidan Osiyoning aholi soniga ko’ra 5 ta peshqadam davlatlarni ko’rsating. Qit’ada aholi soni eng ko’p bo’lgan davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
Osiyo mintaqasidagi aholisi soni bo’yicha peshqadam bo’lgan davlatlar – Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Pokiston, Bangladesh davlatlaridir.
Yuqorida keltirilgan davlatlarning orasida Xitoy aholi soni bo’yicha nafaqat qit’ada balki dunyoda peshqadam hisoblanadi. Xitoy davlatining poytaxti: Pekin shahri.
Pekin shahrining geografik koordinatasi.
40o (39.91) shimoliy kenglik.
116o (116.41) sharqiy uzoqlik.
– bilet
1. Urbanizatsiya jarayonining mohiyati. Urbanizatsiya darajasiga ko’ra jahon davlatlarining tasnifi.
Urbanizatsiya - (lotincha «urb» - «shahar») - shaharlar, shahar aholisining soni va salmog'ining o'sishi, shahar turmush tarzining tarqalish jarayoni.
Urbanizatsiya darajasi, odatda, jami aholi tarkibida shahar aholisining salmog'i bilan o'lchanadi. Agar 1800-yilda Yer yuzi aholisining 3 % i sha- harlarda istiqomat qilgan bo'lsa, oradan yuz yil o'tib, mazkur ko'rsatkich 14 % ga yetdi. 2000-yilga kelib jahonda urbanizatsiya darajasi 47 % ni tashkil qildi. 2018-yil holatiga ko'ra, dunyo bo'yicha urbanizatsiyaning o'rtacha ko'rsatkichi 55 % ga teng bo'ldi.
Urbanizatsiya darajasi ko'rsatkichlari bo'yicha jahon davlatlarini uch toifaga ajratish mumkin:
Shahar aholisining ulushi 75 % dan yuqori bo'lgan yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar (masalan, AQSH, Yaponiya, Belgiya va b.);
Shahar aholisining ulushi 50 % dan 75 % gacha bo'lgan o'rtacha darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar (masalan, JAR, Peru, Xitoy va b.);
Shahar aholisining ulushi 50 % dan kam bo'lgan past darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar (masalan, Misr, Bangladesh, Moldova va b.)
Mintaqalar orasida eng yuqori urbanizatsiya darajasi Shimoliy Amerikaga tegishli (82 %). Bu ko'rsatkich Lotin Amerikasida 81 %, Yevro¬pada 74 %, Avstraliya va Okeaniyada 68 %, Osiyoda 50 %, Afrikada 43 % ni tashkil etadi. Jahonning barcha mintaqalarida urbanizatsiya darajasi davriy ravishda o'sib bormoqda. Yevropa, Shimoliy Amerika, Avstraliya va Okeaniya hududlarida mazkur ko'rsatkichning o'zgarishi nisbatan sekin yuz bermoqda. Osiyo va Afrikada esa aholining tabiiy o'sishi yuqoriligi, qishloqlardan shaharlarga faol aholi migratsiyasi ta'sirida urbanizatsiya darajasi tez ortib bormoqda.
Urbanizatsiya jarayoni natijasida nafaqat shaharlar va shahar aholisi soni ortadi, balki shahar manzilgohlari maydoni ham kengayishi yuz beradi. Natijada shahar aglomeratsiyalari va megalopolislar vujudga keladi.
Shahar aglomeratsiyasi - turli kattalikdagi shaharlarning ma'muriy, ishlab chiqarish, ijtimoiy aloqalar natijasida birlashuvi hisoblanadi. Mavjud aglomeratsiyalar bir markazli va ko'p markazli bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |