O’quv yili uchun "Umumiy pedagogika" fanidan oraliq nazorat topshiriqlari



Download 51,5 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi51,5 Kb.
#394145
Bog'liq
Ro\'zimova Gulruh umumiy pedagogika 18- bilet


2021-2022 o’quv yili uchun “Umumiy pedagogika” fanidan oraliq nazorat topshiriqlari.

18- bilet



  1. Darsning tuzilishi va turlari.

  2. Qadimgi yunon faylasuflari ta’limoti. (Suqrot, Demokrit, Platon)

  3. Diniy tarbiya.

Javoblar:



  1. Darsning tuzilishi va turlari. Dars- uning turlari va tuzilishining mazmuni hozirgi kundagi ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf- dars tizimi . Dars- o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars- o’quv ishlarining markaziy qismidir . Hozrgi kunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf- dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib borilmoqda:

Dars mashg’uloti asosan 45 minutga mo’ljallanga bo’lib , qat’iy jadval orqali olib boriladi. Har qaysi sinf Yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo’ladi. Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma- xil usullar orqali olib boriladi. Ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilin tashkil etiladi.

Bir soatlik darsga mo’ljallangan dastur materiallarning mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg’ulot turi dars turi deb yuritiladi. Ta’lim tizizmida eng ko’p qo’llaniladigan dars turi quyidagilardan iborat :

Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.

O’tilgan materiallarni mustahkamlash mashqi

Takroriy- umumlashtiruvchi va kirish darslari

O’quvchilarning bilim va malaka, ko’nikmalarni tekshirish va baholash darsi

Aralash dars

Dars- maktab ta’limining asosiy tashkiliy shakli . Dars muayyan miqdordagi doimiy o’quvchilar tarkibi bilan qat’iy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo’naltirilgan didaktik tadbir hisoblanadi. Dars- insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni o’quvchilarga juda ham qisqa vaqtda o’rgatishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.



  1. Qadimgi yunon faylasuflari ta’limoti. (Suqrot, Demokrit, Platon)

Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga yuz tutgandan keyin, bu o’lkani qo’lga kiritish uchun jahonning ko’pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi.

Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g’oyasi Petr 1 dan boshlanib, uning vafotidan so’ng YEkaterina hukumati tomonidan davom ettirildi. Nikolay II taxtga o’tirgach, tezlik bilan Markaziy Osiyoni o’ziga bo’ysundirishga intildi.

Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. CHunki bu davrda sobiq imperiya o’rnida 3 ta xonlik – Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo’qon xonliklari bo’lib, bular o’rtasida nizo kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati o’zining yovuz niyatlarini amalga oshirishga kirishib dastlab Qozog’istonni o’zlariga tobe qildilar. So’ngra Qozog’iston orqali 1864 yilda Turkmaniston, CHimkent, Avliyo otani, 1865 yilda Toshkentni zabt etdilar. 1867 yilda YEttisuv viloyati, 1868 yilda Samarqand, 1876 yilda Farg’ona viloyati Rossiya qo’liga o’tdi.

1876 yil 19 fevralda podsho Aleksandr II Qo’qon xonligi tugatilganligi to’g’risida buyruqqa imzo chekdi. 1885 yilga kelib Markaziy Osiyoning hamma yerlari Russiya tasarrufiga o’tdi va o’lkada Turkiston general gubernatorligi tashkil etiladi.

Markaziy Osiyo mustamlaka davlatiga aylantirilgach, chor hukumati mustamlakachilik siyosatini yurgizdi, bu siyosatga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’olonlarini esa ayovsiz bostirdi. U Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiluvchi turli xalqlarni bir-biriga qarshi qo’yish bilan ular o’rtasida kurashni avj oldirdi.

CHor hukumati xalqimizning milliy madaniyatiga va uning rivojiga tish-tirnog’i bilan qarshilik qildi milliy zulmni kuchaytirdi. Bu zulm birinchi navbatda madaniyat, fan, san’at, ijtimoiy va pedagogik fikr, turmush tarziga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Xalq o’zining milliy merosi, qadriyati va g’ururidan mahrum bo’la boshladi. Turkiston general gubernatori fon Kaufman imperatorga yo’llagan bir maktubida Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ijtimoiy taraqqiyoti uch yuz yil orqaga surib yuborilganini maqtanib yozgan edi. Inqilobdan oldin masjid va madrasalardagi kitoblar, noyob qo’llanmalar yondirib tashlandi, bir qismi Peterburgga olib ketildi. Bunday hatti-harakatlardan g’azablangan Abdurauf Fitrat xalqqa qarata: «Ey ulug’ Turon, arslonlar o’lkasi! Senga ne bo’ldi? Holing qalaydur! Ey Temurlarning, O’g’uzlarning oilalarining shonli bolalari! Qulliq chuqurlariga nedan tushding!» qabilidagi jangovar shiorlari bilan xitob qilgandi.

O’lkada yuz bergan bu voqiliklar ilg’or ziyolilarning faoliyatida ham o’z ifodasini topdi. Ular o’lkada chor ma’murlari qo’llagan jabr-zulmlariga qaramay ilm-fan va madaniyatning umumiy rivojiga o’z hissalarini qo’shdilar. Ular o’zlaridan oldin o’tgan ulug’ mutafakkirlarning insonparvarlik, pedagogik fikr, g’oyalarini davom ettirdilar. Buni Anbar otin, Ahmad donish, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Furqat, Muqimiy, Avaz O’tar, Zavqiy, Saidahmad Siddiqiylarning ijodida ko’rish mumkin.

Turkiston o’lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va pedagogik fikr taraqqiyoti.

XIX asrning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o’qitish eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi.

SHahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, umumiy ta’lim elementlari – yozish va hisoblash yo’llari o’rgatilardi.

SHahar maktablarida o’quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga yetar edi. O’qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o’zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval «Haftiyak», keyin «Qur’on» yod olinar, so’ng «CHor kitob»ga o’tilardi.

«CHor kitob» 4 bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’lim – haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo’limda kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. SHuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va g’azallari o’qitilar edi. Odatda, bunday maktablarning o’quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo’lar edi. Ular o’qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug’ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o’qishni davom ettirardilar.

Oliy diniy maktab bo’lgan madrasada o’rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o’tilardi. Uning o’quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o’zgarib turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar ham o’qitilgan.

Madrasa uch bo’limdan iborat bo’lgan: birinchi bo’limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob – arab tili va qonunchilik o’rgatilar edi. Bu bo’lim talabasi 9-10 yil o’qigan.

Ikkinchi bo’limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom o’qitilgan. Unda 7-8 yil o’qishgan.

Uchinchi bo’limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o’qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug’ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo’lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o’g’il bolalar o’qitilar edi. SHaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari – otinoyilar qizlarni ham o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o’zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.

Musulmon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo’lingan edi.

Quyi maktab – bu maktablarda o’g’il bolalarga savod o’rgatishgan (4 yil).

Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan.

Qorixona - Qur’on yod olingan.

Madrasa.

Maktab internat – o’rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham dunyoviy fanlar o’qitilib, o’rta ma’lumot berilgan.

Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo bo’ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan to’plamlari keltirildi, Toshkentning o’zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo’lga qo’yildi.

Mustamlaka ma’muriyati mashg’ulotlar o’rta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablarining ishiga aralashmas edilar. Ammo maktablarda rus tilini o’qitishni rag’batlantiruvchi choralar ko’rishga ham harakat qilinardi. Natijada, mahalliy yoshlar rus tilini o’rganishga ko’proq e’tibor bera boshladilar. XX asr boshlarida esa madrasalarda rus tilini o’qitish joriy qilinsin, degan ko’rsatmaga binoan 1913-1917 yillarda ba’zi madrasalarda rus tilini o’qitish joriy qilindi.

Eski maktablarda ham ba’zi o’zgarishlar sodir bo’ldi. Rus tuzem maktablari hamda yangi xil maktablarning ta’siri ostida ba’zi eski usul maktablarda birmuncha yangiliklar joriy qilindi, - litografiyada bosilgan alifbelar yordamida tovush metodi asosida savod o’rgatish joriy qilindi, qizlarga o’qishni o’rgatish bilan birga yozishni ham o’rgatishga kirishildi. Bu yangiliklarga ko’ra o’zbek maktablari hayotida katta siljish ro’y berdi.

XX asr boshlariga kelib, Turkiston o’lkasidagi yirik markaziy shaharlarda oliy ta’lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar:

1906 yilga kelib, birgina Samarqand viloyatining o’zida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 o’qituvchi 12740 talabaga saboq bergan.

Umuman olganda Turkiston o’lkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo’lib, ularda 70955 talaba ta’lim olgan.

Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xeva xoni Sayid Muhammad Rahimxon Bahodirxoni soniy – Feruz (1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884 yili o’z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o’qituvchisi va Mirzo. Rahmonquli qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi bilan shug’ullandilar.

Feruz farmoniga muvofiq 1904 yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo’shayev degan Turkiyadan kelgan o’qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.

Husayn Qo’shayev 1906-1907 o’quv yilida xonlikdagi ilg’or ma’rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabini ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, Xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag’ ajratib berdi.

Feruz homiyligidagi bu maktabda Husayn Qo’shayevning turmush o’rtog’i Komila Qo’shayeva qizlarga bilim bera boshladi.

1909 yilga kelib Feruz quli ostidagi madrasalar soni 130 taga yetib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.

Feruz Xeva ziyolilari orasida nufuzli o’rinni egallagan ma’rifatparvar Komil Xorazmiyni Toshkent shahrida gimnaziya va maktablardagi o’qitish usulini o’rganib kelishi maqsadida safarga jo’natadi. Safardan qaytgach Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.

Mazkur maktab o’quv dasturi hamda rejasiga – riyoziyot, tarix, jo’g’rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik fanlarini o’qitish belgilanadi. Mashg’ulot jarayonida SHarq mutafakkirlari – Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy SHeroziy, Mashrab, So’fi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlari ham o’rganildi. SHuningdek, u, vohada san’at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda «Podshohi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi.

«Litografiya» - yunoncha so’z bo’lib «Litos» - tosh va «grafos» yozaman degan ma’noni bildiradi. Bu atama o’zbek tilida toshbosma tarzida qo’llanib kelingan.

Feruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Forobiyning «Nisobus - sibiyon» (Bolalar nasibasi), Alisher Navoyning «Xamsa» asaridan parcha, «Hayrat ul-abror» dostoni, SHermuhammad Munisning «Munis ul ushshoq» devoni, YOqubxo’ja ibn Ibrohimxo’janing «Devoni Xolis» to’plami, Feruzning «Devoni Feruz» va boshqa o’nlab asarlar nashr etilgan.

3.Diniy tarbiya.Arablar o’lkada Islom dini g’oyalarini yoyishda turli usullardan foydalandilar. Ana shunday usullardan biri mazkur dinga e’tiqod qilgan kishilarning jon solig’idan ozod etilishi bo’ldi. Movarounnahr xalqlari o’rtasida Islom ta’limoti asoslarini yoyishda arab istilochilari tomonidan amalga oshirilgan xatti-harakatlarning mohiyati xususida tarixchi Abu Muhammad Narshaxiy o’zining «Buxoro tarixi» nomli kitobida quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Buxoro aholisi har safar (Islom lashkari kelganda) musulmon bo’lar, arablar qaytib ketganida esa ular yana dindan qaytar edilar. qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytib, yana kofir bo’lgan edilar. U to’rtinchi marta (kelganida) Qutayba jang qilib, Buxoro shahrini oldi, ko’p qiyinchiliklardan keyin (bu yerda) Islom dinini yuzaga chiqardi va har turli yo’llar bilan ularga qiyinchiliklar tug’dirib, dillariga musulmonchilikni o’rnashtirdi. Ular esa Islom dinini yuzakigina qabul etib, haqiqatda butparastlik qilar edilar. Qutayba arablar buxoroliklar bilan birga turib, ularning xatti-harakatlaridan xabardor bo’lib tursalar, ular zaruratdan musulmon bo’ladilar, degan maqsadda Buxoro aholisini o’z uylarining yarmini arablarga berishga undab buyruq chiqarishni to’g’ri deb topdi va shu yo’l bilan u musulmonchilikni o’rnatdi hamda shariat hukmlarini bajarishga majbur qildi. qutayba masjidlar bino qildi, kofirlik va otashparastlik asarlarini yo’qotdi. U ko’p jiddu jahd qilib, kimda shariat hukmlarini bajarishda kamchilik sodir bo’lsa, uni jazolar edi. U masjidi jome bino qildi va odamlarga juma namozini o’qishga buyruq berdi”. Islom dini Arabiston yarim orolida uning ko’p asrlik tarixi negizida shakllangan. U o’ziga xos diniy-siyosiy oqim, shuningdek, umuminsoniy taraqqiyotni belgilab berishda muhim ahamiyatga ega ma’naviy omil sanaladi. Ayni vaqtda Islom dini kishilik jamiyatining ibtidoiy davri xususiyatlaridan voqif bo’lish va O’rta asr Uyg’onish davrining ro’y berishi uchun ma’naviy-g’oyaviy poydevor qo’ygan ijtimoiy ehtiyoj sifatida yuzaga keldi. Islom ta’limoti o’zining insonparvar g’oyalari va ularni insonlar ongida chuqur singdira olish imkoniyatlari tufayli o’n to’rt asrdan buyon borliqni ong yordamida mafkuraviy tarzda idrok etishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Islom ta’limotining bu qadar ulkan hududga yoyilishi va umuminsoniy qadriyat sifatida e’tirof etilishida Ollohning rasuli (erdagi vakili) bo’lgan payg’ambar Muhammad Alayhis-salomning o’rni va shaxsiy roli beqiyosdir. Qur’on oyatlarini o’rganish o’zgalik bilan o’zlikning Islomdagi uyg’unlashuvini aniq belgilash, uning asoschisi shaxsini ko’ra olish, his qilish imkonini beradi.







Download 51,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish