15-seminar mashg’uloti
Mavzu: Qobiliyatlar haqida tushuncha.
Maqsad: Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Qobiliyatlar haqida tushuncha, qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi, qobiliyatlaming tuzilishi. qobiliyat turlari, qobiliyat va irsiyat, qobiliyatlarning rivojlanishi haqida ilmiy bilimlarni shaklliantirish. Layoqat va qobiliyat.
Qobiliyatlar tuzilishi, turlari. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari va ularning roli haqida qisqacha xulosa. Amaliy tavsiyalar.
Tayanch tushunchalar-Qobiliyat.Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi.
Qobiliyatlarning turlari:umumiy va maxsus qobiliyatlar.
Qobiliyat va qiziqishlar.Talant, Layoqat.
Qobiliyat va irsiyat ..Iqtidorli bolalarni tanlash muammosi.
Qobiliyatlar va yoshlarning kasb tanlash muammolari.
1.Qobiliyatlar haqida tushuncha, qobiliyatlarning sifati va miqdor tavsifi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda, shunda ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo`lmagan faoliyatdagina namoyon bo`ladi.
Qobiliyatlar bilim, malaka va ko`nikmalarning o`zida ko`rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo`ladi, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, mazkur faoliyat uchun muxim bo`lgan bilimlar va ko`nikmalarni egallash jarayoni turli teng sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, oson va mustaxkam amalga oshirilishida namoyon bo`ladi.
Xuddi ana shu o`rinda yuzaga chiqadigan farqlar bizga qobiliyatlar haqida gapirish xuquqini beradi.
SHunday qilib, qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti xisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko`nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo`ladigan individual – psixologik xususiyatdir.
Qobiliyatlar individual – psixologik xususiyatlar sifatida, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi.
O`z-o`zidan ma’lumki, kishilar bir-biri bilan teng emas. Ana shuning uchun ham qobiliyatlar haqida gap ketganda bu farqlarni xarakterlab o`tish kerak. Bu farqlar sifatli va mikdoriy bo`lishlari mumkin.
Qobiliyatlarning sifat jixatdan xarakteristikasi insonga mexnat faoliyatining kaysi soxasida (konstruktorlik, pedagoglik, iqtisodchilik, sport va boshqalarda) osonlik bilan o`zini topa oladi, katta yutuklarga va muvaffakiyatlarga erishadi degan savolga javob topish imkoniyatini beradi. Bu bilan qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi ularning mikdoriy xarakteristikasiga o`zviy bog`liqdir.
Qobiliyat va talantlarning tabiiy shartlari.
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb aytiladi. Iste’dod bu kishiga qandaydir murakkab mexnat faoliyatini muvaffakiyatli, mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobilyatlar majmuasidir.
Qobiliyatlar kabi iste’dod ham faqat ijodiyotda yuksak maxoratga va anchagina muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatidan iboratdir.
Urish yillarida sarkardalik iste’dodlari jushkin rivojlanadi, tinchlik davrida injenerlik, konstruktorlik va shu kabi iste’dodlar rivojlanadi. Masalan, xozir O`zbekistonni dunyodagi eng ilgor, eng obruli davlatlardan biriga aylantirish asosiy vazifa bo`lib turibdi.
Mustaqillik davrining ana shu extiyoji ajoyib quruvchilar, muxandislar, nakkoshlar, xunarmandlarning o`sib chiqishiga yul ochdi. Ayniksa sprot soxasidagi muvaffakiyatlarimiz beqiyosdir. Mana, o`zbek kurashi bo`yicha birinchi o`rinda, boks bo`yicha yuqori o`rinlardan birida turibmiz. Bularning hammasi davr taqozasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |