Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar.
№
|
Mustaqil ish mavzulari nomi
|
soat
|
1
|
Allomalar din to‘g‘risida.
|
1
|
2
|
Dinning ijtimoiy vazifalari (kompensatorlik, integratorlik , regulyatorlik, kommunikativ, legitimlovchilik).
|
1
|
3
|
Ilk diniy tasavvurlar.
|
1
|
4
|
Qadimgi YUnon va Misr xudolari.
|
1
|
5
|
Qadimgi Misr ehromlari.
|
1
|
6
|
YAxudiylik dinining xususiyatlari.
|
1
|
7
|
Xinduiylikdagi uchlik (trimurti) xudolari.
|
1
|
8
|
Zardushtiylikning vujudga keliShi.
|
1
|
9
|
“Avesto”- Zardushtiylikning muqaddas manbasi.
|
1
|
10
|
Meditatsiya - buddaviylikning muhim qoidalari.
|
1
|
11
|
Buddaviylikdagi to‘rt haqiqat.
|
1
|
12
|
Iso Masih (Iisus Xristos) hayotiga doir ma’lumotlar. Xristianlik manbalari.
|
1
|
13
|
Xristianlikdagi oqimlar.
|
1
|
14
|
Islomning vujudga keliShi va tarqaliShi.
|
2
|
15
|
Islomdagi mazhablar
|
2
|
16
|
Islom-ma’rifat dini.
|
2
|
17
|
Buddaviylikdagi to‘rt haqiqat.
|
1
|
18
|
Qur’on sharq xalqlarining diniy, ilmiy va ma’naviy merosi sifatida.
|
2
|
19
|
Xadislarda milliy va diniy qadriyatlarning aks etishi.
|
1
|
20
|
Tasavvuf falsafasi.
|
1
|
Jami
|
|
28
|
IV. Glossariy.
ADJI – To‘rt tomoni teng bo‘lgan salb bo‘lib, tangrichilik dinining ramzi hisoblanadi. U barcha narsa asliga qaytiShining ifodasi bo‘lgan.
AGNI – Er xudolarining eng ulug‘i (quyoSh, chaqmoq, olov) hisoblangan olov xudosi. Agni haqidagi afsonalar Hindistondan taShqarida vujudga kelgan. U odamlar qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan va biror qurbonlik uning vositasisiz xudolarga etib bormaydi, deb hisoblangan.
ALLOH - (arab. «al-iloh» – ilohiy kuch, turkiy xalqlarda, xususan, o‘zbeklarda – Tangri, fors-toj. – Xudo), Alloh – islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; xudoning nomi. Odatda, Allohga taolo (ulug‘, oliy), taboraka va taolo, jalla jaloluhu, karim, buzurg, parvardigori olam kabi sifatlar qo‘Shib aytiladi.
AMERETAT – Zardushtiylikda baxt, abadiylik ma’budi, Axura Mazda tarafdori.
AMESHA SPENTA (abadiy muqaddas) – Zardushtiylikda Axura Mazda yaratgan 7 maxluqdan biri. BoShqa fikrga ko‘ra, AmeSha Spenta – Axura Mazdaning timsoli.
ANXRA–MAYNYU (Yunoncha, Axriman) – Zardushtiylikda yomonlik, yovuzlik, buzg‘unchilik ibtidosi, zulmat egasi bo‘lib, ezgulik va yorug‘lik sohibi Axura Mazda va uning tarafdorlariga qarShi boSh ko‘targan ma’bud.
APOSTOL (Yunoncha, «elchi») – xristian ta’limotiga binoan Isoning eng yaqin yordamchilarining unvoni. Ularning asosiylari 12 ta: Pyotr (Simon Ionin), Andrey, Ioann, Iakov Zevedeev, Filipp, Varfolomey, Matfey, Foma, Iakov Alfeev, Faddey, Simon Kananit, Iuda Iskariot (Isoni sotgan havoriy), Matfiy (Iudadan so‘ng uning o‘rnini egallagan). Bulardan tashqari yana 70 nafar havoriy mavjud bo‘lgani xristian adabiyotlarida qayd etiladi.
AQIDA – (arabcha, biron narsani bir-biriga bog‘laSh) aqoid ilmining maShhur nomlaridan biri.
AQIDAPARASTLIK - ishilar ongi va qalbiga ma’lum mafkuraviy tazyiqlar asosida singdirilib, e’tiqod darajasiga ko‘tarilgan dunyoqaraSh Shakllaridan biri. A. o‘z xususiyatini ikkita Shaklda namoyon qiladi: Aqidaning dunyoviy Shakli (ateizm, kommunizm); aqidaning diniy Shakli, (vahho biylik, Hizb ut–tahrir, Hizbulloh, “Al-qoyida” va b. aqidalarni zamon va makondan ajratgan holda anglab, ularni (o‘zgartirib bo‘lmas) tuShunchalar deb biluvchilar aqidaparastlar deb Yuritiladi.
AQIQA – (arabcha, «qorin sochi») tug‘ilgan chaqaloqning sochini oliSh va tavalludi munosabati bilan so‘yiladigan qo‘yga aytiladi.
AQLIY DALIL – mutakallimlarning naqlga asoslanib bergan o‘z ra’ylari. Fikriy qaraShlari asosida biron aqidaviy masalaga bergan javoblari. Aqliy dalil asosan mantiq bilan bog‘liq hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |