Dinlarni tasniflash. Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari bo‘lib, dinlarni o‘zlari xos bo‘lgan ilm yo‘naliShi nuqtai nazaridan o‘rganib, turlicha yondaShganlar. SHuning uchun ular o‘rtasida ba’zi ixtiloflar bo‘liShi tabiiydir. Masalan, din tarixi bilan Shug‘ullanuvchi olimlar dinlarning Yuzaga keliSh tarixiga ko‘ra davriy jihatdan yondaShib tadqiq etganlar. BoShqa bir guruh olimlar dinlarni paydo bo‘lgan va tarqalgan mintaqalariga ko‘ra tadqiq etganlar. Ayrim Dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondaShib, dinlarni o‘rganganlar.
Jumladan, Yoakim Vax (Joachim Wach), dinlarni «asoschisi bor dinlar», «an’anaviy (rasm-rusumli) dinlar»ga, Gustav MenShing esa «milliy dinlar», «jahon dinlari» ko‘riniShida ikkiga bo‘ladi. Annemari SHimmel esa dinlarni - ilk-qabilaviy, milliy, jahon dinlari, deb uchga bo‘ladi. SHu bilan birga ba’zi tadqiqotchilar quyidagi tasnifni keltiradilar:
1. Sakramental (diniy marosim va rasm-rusumlarga tayanuvchi) din,
2. Profetik (Payg‘ambarlarga tayanuvchi) din,
3. Mistik (ruhiy olamga yo‘naltirilgan) din.
Islom ulamolari dinlarni, «haq» va «botil» yoki vahiyga tayanuvchi ilohiy dinlar, vahiyga tayanmaydigan tabiiy dinlar kabi ikkiga bo‘liShgan. Ibn Hazm (vaf. 456/1064) va SHahristoniy (vaf. 548/1183) kabi musulmon tadqiqotchilari, haq dinlar uchun «milal», botil dinlar uchun esa «nihal» so‘zlarini iShlatiShni ma’qul deb topiShgan.
Dinlarni tasniflaShda mintaqaviy yondaShuvdan ham keng foydalanilib, uning o‘ziga xos jihati Shundaki, mintaqadagi aynan bir dinni ikkinchi dinga ta’siri va o‘zaro qoriShuvi yoki turli mintaqa dinlarini o‘zaro o‘xShaSh jihatlari yoki farqli tomonlarini o‘rganiShdan iborat. Dinlarni quyidagi omillar asosida tasnifga bo‘liSh mumkin:
1. Qit’alarda tarqaliShiga ko‘ra Afrika, Osiyo, Evropa, Amerika va Avstraliya dinlari tarzida tasniflaSh. Biroq bu unchalik munosib tasnif emas. Chunki, Shunday dinlar ham borki, ular bir necha qit’alarga tarqalgan. Xususan, islom va xristianlik deyarli barcha qit’alarda mavjud. SHuningdek, ba’zi qit’alarda ozchilikni tashkil etuvchi boShqa dinlar vakillari ham bo‘liShi bilan birga deyarli aksar aholi bir dinga e’tiqod qiladi. Masalan, Evropada asosan xristianlik ko‘p tarqalgan, islom dini Amerikaga nisbatan Afrikada ko‘proq tarqalgan. Osiyo qit’asida islom, hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik dinlari aralaSh tarqalgan. Ba’zan bir qit’ada paydo bo‘lgan din boShqa qit’ada keng yoyilgan. Masalan, xristianlik Falastinda vujudga kelgan bo‘lsa-da, asosan Osiyo qit’asidan taShqarida tarqaldi.
2. Jo‘g‘rofiy mintaqasiga ko‘ra SHarq dinlari va G‘arb dinlari tarzida tasniflaSh. Bu dunyoning qutblarga bo‘liniShiga monand siyosiy va madaniy tafovutni aks ettiruvchi keng jo‘g‘rofiy tasnifdir. SHarq dinlariga hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik, daolik va boShqa Uzoq SHarq dinlari kiritiladi.
G‘arb dinlariga Yahudiylik, xristianlik va islom dinlari kiritiladi. Aslida islom dinini G‘arb yoki SHarq dini deb bo‘lmaydi. U jo‘g‘rofiy jihatdan SHarqda Yuzaga kelib, G‘arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Yahudiylik va xristianlik xam aslida SHarq dinlari bo‘lib, YAqin SHarqda vujudga kelgan va G‘arb mamlakatlarida keng yoyilgan.
3. Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko‘ra Mesopotamiya dinlari, Suriya mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onado‘li dinlari, Fors dinlari tarzida tasniflanadi.
4. Dinlarning mamlakatlar hududlariga ko‘ra Falastin dinlari, Arabiston yarim oroli dinlari, Meksika dinlari, hind dinlari, Xitoy dinlari, YApon dinlari tarzida tasniflanadi.
Uzoq SHarq dinlari kabi ba’zi mintaqa dinlarini diniy mavzusiga ko‘ra aniq belgilaSh imkoni bo‘lmagan ko‘p hollarda jo‘g‘rofiy tasnif qulay ilmiy tasnifdir. Masalan, Yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini tavhid (yakkaxudolik, monoteizm) asosida umumlaShtirilsa, Uzoq SHarq dinlarini yagona diniy tuShuncha asosida umumlaShtirib bo‘lmaydi. Bunday holatda muammoning echimi sifatida jo‘g‘rofiy tasnifga murojat qiliSh mumkin.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘liShidan yoki nazariy jihatdan qanchalik etuk bo‘liShidan qat’i nazar, ularni mutlaqlaShtirib bo‘lmaydi. CHunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boShqa qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud:
tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;
etnik jihatga ko‘ra;
e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;
hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va boShqalarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |