O’quv uslubiy majmuasi



Download 7,1 Mb.
bet14/75
Sana25.09.2021
Hajmi7,1 Mb.
#185388
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
Bog'liq
Majmua 2021

Nazorat savollari




  1. Fotoeffekt turlarini tushuntirib bering.

  2. Modda zarrachalarining korpuskulyar - to‘lqin dualizmini tushuntiring.

  3. Absolyut qora va oq jismlar bir - biridan nima bilan farqlanadilar?

  4. Fotoeffekt turlarini tushuntirib bering.

  5. Modda zarrachalarining korpuskulyar - to‘lqin dualizmini tushuntiring.

2-ma’ruza: Atom yadrosining tuzilishi. Radioaktivlik. Radioaktiv yemirilish turlari.

Reja:


1. Atom yadrosining tuzilishi.

2. Rezerford tajribasi.

3. Radioaktivlik.

4. . Radioaktiv emirilish turlari.



Tayanch so’zlar va iboralar: Atom hodisalarini tushuntirishda klassik fizikaning ziddiyalari, XXI - asr boshidagi yangi kashfiyotlar, atomning Tomson modeli, atomning yadro modeli, Rezerford tajribasi, -zarrachalar, yadroning o’lchami, zaryadi va massasi, atomning yadro modelining kamchiligi. Vodorod atomi spektridagi qonuniyatlar, Balpmer formulasi, spektral seriyalar. Atomning Bor nazariyasi, Bor postulotlari, turun orbitalar, elektronning orbitadagi impulps momenti, bosh kvant soni, sochilgan yoki yutilgan yorulik kvanti energiyasi, Frank va Gerslar tajribasi va unda Bor nazariyasining tasdiыlanishi. Bor nazariyasiga kщra vodorod atomi spektri, spektral seriyalar. Ridberg doimiysi, Bor atom nazariyasining kamchiligi. Majburiy va spontan nurlanish.

Atom yadrosi

Tabiatdagi hamma moddalar atomlardan tashkil topgan bo‘lib, ular elektron va atom yadrosidan iboratdir. Atom yadrosining asosiy xarakteristikalari bo‘lib ularning zaryadi, massasi, spini va yadro magnit momenti hisoblanadi. Atom yadrosi proton va neytronlardan iborat bo‘lib, bular yadro nuklonlari deyiladi. Atomlar neytral zarracha ekanligini e’tiborga olsak, ularda nechta proton , ya’ni musbat zarracha bo‘lsa, yadro atrofida xuddi shuncha elektron bo‘lishi kerak.

Yadrodagi nuklonlar - proton (r) musbat va neytron (n) esa neytral, ya’ni zaryadsiz zarrachalardir. Protonning zaryad miqdori elektron zaryadiga teng bo‘lib qp = 1,6·10-19 Kl ga tengdir. Erkin holda proton barqaror musbat zarrachadir. Atom massasini massaning atom birliklarida (m.a.b.) o‘lchash ancha qulaydir. Uglerod atomining 1/12 massasi, massaning atom birligi qilib qabul qilingan.

Protonning massasi



Mp = 1,6726·10-27 kg = 1,0072m.a.b. = 938,7Mev

Bu massa elektron massasidan 1836 marta kattadir (mp = 1836 me). Proton spinga va xususiy magnit momentiga ega . μya - yadroning magnit momenti deyiladi va uning magnetoni Bor magnetonidan 1836,5 marta kichikdir.

Neytron elektr zaryadga ega emas, massasi mn = 1,6749·10-27 kg = 1.0086 m.a.b. ga teng va proton massasidan biroz kattaroqdir. Proton kabi, neytronning spini – ga teng (bu yerda manfiy ishora xususiy mexanik va magnit momentlarining yo‘nalishlari qarama-qarshi ekanligini ko‘rsatadi).

Neytron erkin holatda beqaror (radioaktiv) zarracha bo‘lib, uning yarim yemirilish davri ~12 min ga teng, u o‘z-o‘zidan bo‘linib, parchalanib ketadi:



,

Parchalanish natijasida 1 ta proton, 1 ta elektron va 1ta antineytrino hosil bo‘ladi. Neytrino juda kichik zarracha bo‘lib, neytronga o‘xshash zaryadsizdir.

Yadrodagi protonlar soni +Ze, yadroning zaryadlar sonini ham belgilaydi. Z - Mendeleev davriy tizimida ximiyaviy elementning tartib nomerini yoki yadrosining zaryadlar sonini ko‘rsatadi.

Yadrodagi nuklonlar soni A bilan belgilanadi va yadroning massa soni deb ataladi. Neytronlar soni N = A - Z orqali aniqlanadi.

Yadrolar – simvol bilan ko‘rsatiladi. X – ximiyaviy elementning simolidir.

Yadrolardagi nuklonlarning tarkibiga qarab yadrolar 4 ta guruhga bo‘linadilar.

1. Zaryadlar soni bir xil, neytronlar soni har xil bo‘lgan yadrolar izotoplar deyiladi. Masalan: vodorodning 3 ta izotopi bor – odatdagi vodorod ba’zan protiy deb ataladi (Z = 1, N = 0) . - og‘ir vodorod yoki deyteriy (Z = 1, N = 1), - (Z = 1, N = 2) esa tritiy deb ataladi.

Kislorodning 3 ta izotopi bor , , .

2. Massalar soni bir xil, zaryad va neytronlar soni har xil bo‘lgan yadrolar izobarlar deyiladi. Misol qilib massa soni bir xil bo‘lgan va larni ko‘rsatish mumkin.

3. Neytronlar soni N bir xil, zaryad va massalar soni har xil bo‘lgan yadrolar izotonlar deyiladi. Masalan . bularda neytronlar soni N = 7 tengdir.

4. Zaryad (Z) va massalar (A) sonlari bir xil bo‘lib, yarim yemirilish davrlari har xil bo‘lgan yadrolar izomerlar deyiladi. Masalan: yadrosining 2 ta izomerlari bor, bularning yarim yemirilish davrlari T1=18 min. va 4,4 soat ga tengdir.

Yadro juda kichik zarrachadir. Yadroning radiusi: R = 1.3·10-15 A0,33 m ga teng. Ushbu ifodaga ko‘ra yadroni shar shaklida deb faraz qilib, massasini bilgan holda, zichligini hisoblab ko‘rish mumkin:



,

Bu yerda , mn - neytron massasidir. U holda:



Bu nihoyatda katta qiymat bo‘lib, bunday zichlikni tasavvur qilish juda qiyin. Solishtirish uchun tabiatda uchraydigan ba’zi zichligi eng katta bo‘lgan moddalarni keltiramiz:qo‘rg‘oshin 11,34 kg/m3 , simob 14,9˖103kg/m3 , uran 18,7˖103kg/m3, oltin 19,3˖103kg/m3 , platina 21,45˖103 kg/m3 va iridiy 22,42˖103kg/m3. Tabiatda Z soni 1 dan 92 gacha bo‘lgan elementlar uchraydi (texnitsiy Ts Z = 43 va prometiy Pm Z = 61 lardan tashqari).

Hozirgi vaqtda, tabiatda uchraydigan elementlardan tashqari, jami Z = 117 gacha bo‘lgan elementlar aniqlangan bo‘lib, ularning barchasi sun’iy yo‘l bilan olingan.


Download 7,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish