O’quv uslubiy majmuasi


Quyosh, Oy, planetalar va yulduzlarning ko`rinma harakatlari



Download 7,1 Mb.
bet23/75
Sana25.09.2021
Hajmi7,1 Mb.
#185388
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
Bog'liq
Majmua 2021

Quyosh, Oy, planetalar va yulduzlarning ko`rinma harakatlari
Agar tunda ma’lum bir joydan turib, bir necha soat davomida tinimsiz yulduzlar kuzatilsa, butun osmon sferasining yulduzlari kuzatuvchidan o`tuvchi faraziy o`q atrofida aylanishini ko`rish mumkin. Bunday aylanish davomida ixtiyoriy yoritgich, o`z vaziyatini gorizont tomonlariga nisbatan o`zgartiradi va ularning aylanish davri bir sutkani tashkil qiladi. Shuning uchun yoritgichlarning bunday harakati ularning sutkalik ko`rinma harakati deyiladi, boshqacha aytganda, bunday aylanish, Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi tufayli sodir bo`ladi.

Agar yoritgichlarning sutkalik harakatlari, Yerning shimoliy qutbiga juda yaqin bo`lmagan – o`rta geografik kengliklardan turib kuzatilsa, janub tomonga qarab turgan kuzatuvchiga yoritgichlar, chapdan o`ngga, ya’ni soat strelkasi yo`nalishida harakatlanayotgandek ko`rinadi. Bunda ma’lum yoritgich, sharq tomonda, har doim ma’lum bir nuqtadan ko`tarilib, g`arbda esa aniq bir nuqtada botadi. Uning gorizontdan maksimal balandligi ham (janub tomon yo`nalishida) kunlar o`tishi bilan o`zgarmaydi.

Agar kuzatuvchi shimol tomonga qarasa, bir qism yulduzlar sharqdan chiqib g`arbga botayotgani holda boshqa bir qismi ma’lum qo`zg`almas nuqta atrofida kontsentrik aylanalar chizishini ko`rish mumkin (2 - rasm). Bu qo`zg`almas nuqta – olamning Shimoliy qutbi deb yuritiladi. Olamning shimoliy qutbi, Kichik Ayiq yulduz turkumining (Katta Ayiq – Yetti qaroqchiga qo`shni yulduz turkumi) eng yorug` yulduzi -  si yaqinidan (orasi taxminan 1) joy olgan bo`lib, Kichik Ayiqning bu yulduzi Qutb yulduzi deb ataladi.

2 – rasm.Olam qutbi atrofida yulduzlarning sutkalik ko`rinma aylanishi


Quyosh va Oyning sutkalik ko`rinma harakatlari ham sharqdan g`arbga tomon kuzatilib, yulduzlardan farqli o`laroq, ularning chiqish va botish nuqtalari hamda maksimal balandliklari (janub tomonda) kun sayin o`zgarib boradi. Xususan Quyosh Navro`zda, ya’ni 21 martda, aniq Sharq nuqtasidan ko`tarilib, aniq G`arbda botgani xolda, bundan keyin uning chiqish va botish nuqtalari shimol tomonga siljib boradi va bu hol 22 iyungacha davom etadi. So`ngra bu nuqtalar, aksincha, gorizontning janub tomoniga siljiy boshlaydi. Shuningdek bu davrda, Quyoshning tush paytdagi balandligi ham pasaya borib, kunduzi qisqarishga, tun esa aksincha, uzayishga boshlaydi.

Planetamizning yo`ldoshi – Oy ham sutkalik ko`rinma harakatda ishtirok qilib, sharqdan g`arbga yulduzlar bilan birga siljib boradi. Biroq ko`p uzoq vaqt talab etmaydigan kuzatishlardanoq, Oyni yulduzlarga nisbatan osmonning sutkalik harakatiga qarama-qarshi yo`nalishda ham siljib borishini sezish mumkin. Bu uning haqiqiy harakati bo`lib, Oy, yulduzlarni oralab g`arbdan sharqqa tomon har sutkada taxminan 13 gradusdan siljib boradi va 27,32 sutkada Yer atrofini bir to`la aylanib chiqadi.

Quyoshni bir necha oy davomida sistemali kuzatilishi, Oy kabi Quyosh ham, yulduzlarga nisbatan g`arbdan sharqqa siljib borishini ma’lum qiladi. Quyoshning bunday ko`rinma harakati tufayli sutkalik siljishi, Oynikiga nisbatan juda kichik bo`lib, atigi 1 gradusga yaqin yoyni tashkil qiladi va bir yilda bir marta to`la aylanib chiqadi.

Quyosh va Oyning osmonni bir to`la aylanib chiqadigan yo`llari bir-biriga juda yaqin bo`lib, ular kesib o`tadigan yulduz turkumlari zodiak yulduz turkumlar (grekcha “zoo”- hayvonlar degani) deyiladi. Mazkur yulduz turkumlari 12 ta bo`lib, ular Hut, Hamal, Savr, Javzo, Asad, Sumbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jaddi va Dalv degan nomlar bilan ataladi. Bulardan birinchi uchtasini Quyosh bahor oylarida, navbatdagi uchtasini yozgi oylarda, qolganlarini esa, mos ravishda, kuzgi va qishki oylarda kesib o`tadi. Shubhasiz, Quyosh o`tayotgan yulduz turkumining yulduzlari Quyoshga yaqin burchak oralikda joylashganidan bu davrda ular ko`rinmaydi va, faqat yarim yil o`tgach, yarim kechada aynan shu yulduzlar, gorizontdan janub tomonda eng katta balandlikda ko`rinadilar.

Juda qadim zamonlardayoq kishilar, zodiak yulduz turkumlari sohasida, tashqi ko`rinishi jihatidan yulduzlarga o`xshash, biroq yulduzlardan farq qilib, ularga nisbatan vaziyatlarini o`zgartirib boruvchi beshta yoritgichni kuzatdilar. Yulduzlardan farqlanuvchi bunday xususiyatlari evaziga, ularga “adashgan yulduzlar”– planetalar (yoki sayyoralar) deb nom berdilar. Qadim rimda adashgan bu yulduzlar, rim xudolarining nomlari bilan: Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn deb atala boshladilar.

Teleskop ixtiro qilingandan so`ng 1781 yilda yettinchi planeta Uran va 1846 yilda sakkizinchi planeta Neptun topildi.

Sayyoralarning ko`rinma harakatlari ham zodiak yulduz turkumlari chegaralarida kuzatilib, harakat yo`nalishlari, Quyosh va Oyniki kabi g`arbdan sharqqa bo`ladi.


Download 7,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish